(“Onajonim”)
Bugun ayrim bolalarning non tanlab xarxasha qilishlari, sal suvi qochgan nonni esa tashlab yuborilishi, isrof qilinishiga koʻp guvoh boʻlamiz. Bu holat haqida achinib gapiramiz. Tursunboy Adashboyev esa bu noxush holatni sheʼrga koʻchirib, oʻquvchi xayolini yana urushning ogʻir kunlariga tortadi:
Suli asli otning yemi,
Ishlatilmas boʻlakka…
Ha, shunday. Ammo qahatchilik yillari hatto sulidan ham non yopib yeyilgan. Qaynoq suvga qoqi solib, “olmachoy”, “sabzichoy”lar damlab ichilgan. Bir burda non esa arzanda…
Nabiramning non tanlashi,
Malol kelgach, soʻnggi dam,
Bolalikdan ushbu lavha
Oʻtdi koʻzim oʻngidan…
Do'stlaringiz bilan baham: |