4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja


Qaerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo‘lsa, hokimlar esa



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Qaerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo‘lsa, hokimlar esa 
qonunga amal qilsa, o‘sha davlat gullab yashnaydi. 
Agar davlat qonunlar 
ustidan yaroqsiz hokimiyatni o‘rnatib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda qonun hech 
qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi deb 
ta’kidlaydi. 
Platondan 30ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib 
qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: “Apologiya” 
(
Suqrotni himoya qilish
), “Kriton” (
qonunni hurmat qilish haqida
), “Laxet” 
(
mardlik haqida
), “Menon” (
notiqlik san’ati mohiyati haqida
), “Bazm” (
eros 
haqida
), “Fedr” (
eydoslar haqidagi ta’limot
), “Fedon” (
adolat haqida
), 
“Davlat” (adola
t haqida
), “Teetet” (
bilim haqida
), “Timey” (
kosmologiya
), 
“Qonunlar”, “Siyosatdon”, “Fileb” va boshqalar. Platonning asarlari asrlar 
davomida G‘arbda, SHarqda ma’lum va mashhur bo‘lgan, ko‘p tillarga 
tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan. Abu Nasr Forobiy “Platon 
qonunlar mohiyati haqida” asarida madaniyat va ma’naviyatga doir ko‘p 
masalalarni chuqur sharhlaydi. 
Aristotel 
(mil.av 384-322) ijodi o‘z zamonidagi deyarli barcha bilim 


sohalarini qamrab oladi. U «ilk falsafa»ga oid (
«Metafizika») 
asarida 
Platonning g‘oyalar nazariyasini tanqid qildi. «Platon g‘oyalari abadiy», 
moddiy mavjudodlar o‘tkinchi deb yozgan edi. Aristotel esa mavjudodlar va 
ularning g‘oyalari ajralmasdir, deydi. Dahriy sho‘rolar zaminida bu ikki 
donishmand biri idealist, biri materialist deb, qarama-qarshi qo‘yildi. Hozirgi 
fan idealizm va materializm o‘zaro zid emas, bir birini to‘ldiradi, deydi. 
Aristotel bilish haqidagi ta’limotida «dialektik» bilish bilan 
«apodiktik» bilishni bir-biridan farqlaydi. «Dialektik» bilish — tajriba 
samarasi bo‘lmish «fikr»ni, «apodiktik» bilish esa ishonchli bilimni vujudga 
keltiradi. Ammo Aristotel tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb 
hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun- qoidalari bevosita 
nazariy aql vositasidagina idrok etiladi. 
Aristotel “Organon” tarkibiga kiruvchi 8 fan: “Ritorika”, “Poetika”, 
“Germenevtika”, “Birinchi Analitika”, “Ikkinchi Analitika”, “Sofistika”, 
“Topika”, “Mantiq” ilmlarining asoschisidir. Aristotel «Analitika» deb 
nomlagan mantiqiy isbotlangan mazkur fan tafakkurning tushuncha, 
muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va 
uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, 
vaqt, makon, sifat, miqdor, harakat kabi bir qancha kategoriyalardan iborat. 
Mantiq «ilk falsafa» («metafizika») bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy 
tasnif tizimini tashkil etadi. 
Aristotel jahonda ilm tarixida ilk bor axloq fani - etikaga asos soldi. 
Aristotel aql-zakovatdan ko‘ra ko‘ngildagi ne’matlarni-vijdon, burch, 
bag‘rikenglik, kamtarinlik, mehnatsevarlik xislatlarni barcha ne’matlardan 
ustun qo‘yadi, ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat 
esa hamisha ham aql hukmiga bo‘ysunavermaydi, binobarin kundalik 
ishlarda ham aql, ham hayotiy tajriba, fazilatlarni ishga solib, o‘rta yo‘lni 
tanlagan ma’qul. 
Aristotel ijtimoiy qarashlarida «inson - ijtimoiy mahluqdir» degan 
g‘oyaga asoslanadi, ya’ni oila, jamiyat, davlat - inson hayoti va faoliyatining 
asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Aristotel oilaviy va ijtimoiy 
tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi deb biladi. Aristotel davlat 
masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart–sharoit vujudga kelishini 
kutib o‘tirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya 
asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy, 
aqliy va axloqiy tarbiyasi haqida qayg‘urishi lozim, deb hisoblaydi. 
Aristotelning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy kamolot 
yotadi: tarbiyadan maqsad - ruhning oliy jihatlari bo‘lmish aql-zakovat va 
fazilatlarni egallashdir. Tarbiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liq uch jihati - 
jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya - ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya’ni 
kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari - tabiiy qobiliyat, 
ko‘nikma va aql-idrokdan iborat, tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi 
zarur. 
Aristoteldan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng 
mashhurlari: «Politiya», «G‘oyalar haqida», «Farovonlik haqida», «Birinchi 


analitika», «Ikkinchi analitika», «Kategoriyalar», «Fizika», «Metafizika», 
«Jon haqida», «Nikomax axloqi», «Evdem axloqi», «Axloqi kabir», «Siyosat», 
«Ekonomika», «Etika», «Poetika», «Ritorika» va boshqalar. 
Aristotel - barcha zamonlar olimlari Ustozi avval deb bilgan buyuk 
alloma. Uning qomusiy asarlari SHarq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz 
qoldirgan. VII-VIII asrlardan boshlab, ayniqsa Xorun ar-Rashid va Ma’mun 
ibn Xorun ar-Rashid davrida Arab xalifaligi hududida Aristotel asarlari 
tarjima etilib o‘rganilgan, ularga yuzlab izoh va sharhlar bitildi. Bu sohada 
O‘rta Osiyoning ulug‘ olimlari faollik ko‘rsatgan. Abu Nasr Forobiy 
Aristotelning «Metafizika», «Jon haqida», «Etika», «Kategoriyalar», 
«Topika», «Analitika» va boshqa asarlariga ilmiy sharxlar yozib, «SHarq 
Arastusi» degan unvonga sazovor bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino o‘z ustozlarining 
ilg‘or g‘oyalarini yanada rivojlantirib, Aristotel va Abu Nasr Forobiydan 
keyin «Uchinchi muallim» deb ataldi. Abu Ali ibn Sino bilan Abu Rayhon 
Beruniy o‘rtasida Aristotelning «Osmon haqida» va «Fizika» asarlari 
to‘g‘risidagi munozarasi vatanimizda Aristotel merosiga qiziqish kuchli 
bo‘lganidan dalolat beradi. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish