Demak (0;1) dagi haqiqiy sonlar to`plami diskret bo’la olmas ekan. Biz ushbu kursda asosan diskret to`plamlar bilan shug’ullanamiz. Nazariy jihatdan bizni o’rab turgan olam o’lchamlari yuqoridan ham, quyidan ham cheklanmagan desakda, amaliy jihatdan imorat g’ishtlardan, ximiyaviy elementlar atomlardan tuzilganligini bilamiz. Shuning uchun ham deb uzluksiz modelga o’tish doimo ham samarali bo’lavermas ekan. Masalan, axborot texnologiyalarida raqamli tizimga o’tish bunga yorqin dalil bo’ladi.
Hech kimga sir emas, hozir barcha axborotlar u kitob bo’ladimi, kino filim bo’ladimi, qo’shiq bo’ladimi, yoki kimnidur dil so’zlari bo’ladimi barchasi raqamlashtirilib, biror fleshkagami yoki kompyuter xotirasiga yozib qo’yiiladi. Kerak paytda uni ekran orqali ko’rishimiz va eshitishimiz mumkin. Bunda kompyuter, telefon, televizor tarkibiga kiruvchi signal protsessori efirdan kelayotgan analogli signallarni raqamli ko’rinishdan yana tabiiy signal ko’rinishga qaytaradi va biz ovozni eshitamiz, tasvirni ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |