4-mavzu Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish



Download 3,6 Mb.
bet20/22
Sana08.02.2022
Hajmi3,6 Mb.
#437618
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
интеграция

maishiy kompetentlilik (oila tarmog‘i). SHaxsning o‘zi va oila ahzolarining salomatligi, oiladagi turmush tarzi, burchlari va vazifalari hamda boshqa oilaviy masalalarni bilishi;

  • madaniy va dam olish kompetentliligi (madaniy tarmoq). Odamning bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, o‘z shaxsini madaniy-mahnaviy jihatdan rivojlantirishga doir faoliyati nazarda tutiladi.

    Bugungi o‘qitish tizimi o‘z ishini har bir o‘quvchining maktab davridayoq yuqorida sanab o‘tilgan kompetentlilik xususiyatlariga ega bo‘lishini ko‘zda tutgan holda faoliyat ko‘rsatishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
    SHaxs tomonidan kompetentlilikning muayyan darajasiga erishish davomida shakllanadigan bilim va amaliy tajribalar orasida mustaqil va tanqidiy tafakkurga egalik, mustaqil ishlay bilish, o‘z faoliyatini uyushtira olish, o‘z-o‘zini nazorat qila bilish, odamlar bilan ishlay olish, erishiladigan natijalarni oldindan ko‘ra bilish, qabul qilgan qarorining oqibatlarini chamalay olish, narsa-hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini ilg‘ay bilish, muammoni topish, uning echimini shakllantirish va hal etish singari jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
    Bevosita adabiyot o‘qituvchisining kompetentliligi dasturda o‘rganish uchun taqdim etilgan badiiy asarlardagi o‘quvchilar ruhiyatining sog‘lomlashuviga ijobiy tahsir ko‘rsata oladigan, ularni mahnaviy kamolot sari etaklaydigan, tuyg‘ularini noziklashtiradigan jihatlarni ilg‘ay bilishi, ulardan dars jarayonida har bir o‘quvchiga mos ravishda foydalana olishini nazarda tutadi.
    O‘qituvchi kasbiy kompetentligini Abdunabi Boyqo‘ziev qalamiga mansub “Neki yozdim” shehr tahlili misolida quyidagicha ko‘rish mumkin3:
    Neki yozdim,
    Ko‘nglimni yozdim,
    Ko‘ngillarni ko‘nglimga yozdim.
    Kel, ko‘nglingni o‘qi ko‘nglimdan,
    Neki bo‘lsa ko‘ngildan yozdim.
    Muhlisining ko‘nglini o‘qiy bilgan va undagi hislarni tuygan shoir ko‘nglidan to‘kilgan bu satrlar zamiridan har qanday shehrxon, jumladan, o‘qituvchi va o‘quvchi ham o‘zining ruhiyatiga xush yoqadigan nimalarnidir ilg‘aydi. SHehrxonda shoir bilan o‘zi orasidagi o‘xshashlikdan yoqimli kayfiyat paydo bo‘ladi. CHunki satrlarda ifodalangan rostlar ko‘ngildan chiqqani uchun bevosita ko‘ngilga etib boradi.
    Kompetentli adabiyot o‘qituvchisi shehr mutolaasi asnosida ko‘nglidan kechgan hislarni so‘z yoki savol-topshiriqqa aylantira biladi, shu jihatlarga o‘quvchilar ehtiborini qaratib, ularni ko‘ngillaridan kechgan hislarga nom topishga yo‘naltira oladi. Masalan: «1. SHoirning «Neki yozdim, Ko‘nglimni yozdim» deganini siz qanday tushundingiz? 2. Sizningcha, «Ko‘ngilni yozish» nima degani? 3. «Ko‘ngillarni ko‘ngilga yozish»ni qanday tushundingiz? 4. O‘quvchi shoirning ko‘nglidan, o‘z ko‘nglini o‘qiy oldimi? 5. Bu nimalarda ko‘rinadi? 6. Bu olti misrali shehrda asosiy obraz qaysi? 7. Nega shoir olti qatorli shehrda «ko‘ngil» so‘zini olti marta qo‘llagan?» va hk. Ko‘rinadiki, shaklan kichkinagina bo‘lgan bu shehrning mohiyatiga kirish o‘qituvchi va o‘quvchidan bir qadar ham aqlan, ham ruhan zo‘riqishni taqozo etadi. Badiiy matnlar ustida shunday ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilarining mahnaviy kamoloti yo‘lida to‘g‘ri ish olib borayotgan bo‘ladi.
    SHu shoirning “Hech yo‘q” deb atalgan yana bir shehrini olib ko‘raylik:
    Qandayin tushingga kirdim, bilmadim,
    Nahot baxt gulining bo‘lsa armoni.
    Demak, tushlaringga bejiz kirmadim,
    Demak, senga hanuz zorman, armonim.


    Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi,
    Bo‘zsuv bo‘ylarida bo‘zlashlar – xayol.
    Umrning bu yog‘i bir ohli undir,
    Endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol.


    Qani, u damlarga qaytolsak, qani,
    Xato qildim, xato qildim, diloyim.
    Bag‘ringni bir umr band etdi g‘anim,
    Hech yo‘q tushlaringga kirib turoyin…


    Hech yo‘q tushlaringda… ko‘rib turoyin.
    SHehrni ifodali o‘qib berganidan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarning ehtiborini tortishni istagan o‘rinlarini savol yoki topshiriqqa aylantirib, ularga murojaat qiladi: «1. Mahshuqa ko‘rgan tushning tahbiri, sizningcha qanday?» Birinchi bandning keyingi ikki misrasida ilgari surilgan holat, odatda, boshqacharoq talqin qilinadi. Yahni, mahshuqa oshiqni tush ko‘ryaptimi, demak u haqda o‘ylagan yoki shuurining bir chekkasida u bilan bog‘liq nimalargadir ehtibor qaratgan. Aslida, tushning ilmiy tahrifi ham shu. «2. Unda nega shehr qahramonida buning aksi ko‘rinadi: “Demak, senga hanuz zorman, armonim” – bu satrlar kimga tegishli: oshiqqami yoki mahshuqagami?» Oshiq o‘zining mahshuqa tushiga kirishini o‘zgacha talqin qilyapti. Uning bu tushga bergan tahbiri hamma boshqa oshiqlar ko‘nglidan o‘tishi mumkin bo‘lgan holatning aksi. Yahni, armonga aylanib bo‘lgan mahshuqaning tushiga kirish, og‘riqlari unutilmagan qadim muhabbatga intilish faqat oshiqning o‘zigagina daxldor. Bu holatga mahshuqaning hech qanday aloqasi yo‘q. SHehrda mahshuqa tuyg‘ulari haqida birorta ham so‘z ishlatilmagan. «3. Mazkur shehr qahramoni bo‘lgan oshiqning boshqa oshiqlardan farqli jihatlari haqida o‘ylab ko‘ring. Buni, sizningcha, nimalarda ko‘rish mumkin?» Mahlumki, oshiqlar mahshuqasini tushida ko‘rishni orzu qiladi va bu tabiiy hol. SHehr qahramoni esa boshqa oshiqlarga o‘xshamagani holda hech qanday armoni yo‘q. CHunki u “baxt guli” – mahshuqasi bilan uning tushlarida ko‘rishib turadi. Mahshuqasi o‘z hayotiy tashvishlari bilan ovora. U oshiqning tuyg‘ularidan bexabar. SHuning uchun ham oshiq uni «baxt guli», «baxt timsoli» deb biladi. «4. SHehrning ikkinchi bandidagi: «Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi»ni qanday sharhlash mumkin, sizningcha?». «5. Umrning bu yog‘i bir ohli undir, Endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol»dan nimalarni angladingiz? Sizningcha, bu iztiroblar kimga tegishli?». «6.Uchinchi bandning so‘nggi satri: “Hech yo‘q tushlaringga … kirib turoyin” bilan alohida satrga yozilgan oxirgi misra: “Hech yo‘q tushlaringda … ko‘rib turoyin”»ga ehtiboringizni qarating. Har ikki satrning mohiyatiga kiring. O‘xshash va farqli tomonlarini aniqlang».
    Bu satrlar o‘quvchining ko‘ngliga mayin hislar solib, ruhiyatida inja tuyg‘ular uyg‘otadi. SHehrxon ko‘nglida oshiqqa nisbatan hamdardlik paydo bo‘ladi. Agar muallif “tushlarimda ko‘rib turayin” deganda bunday natijaga erisholmagan bo‘lardi. SHehr shu ikki satrda amalga oshirilgan fonetik o‘zgarishlar sabab shehrxonni o‘ziga bog‘lab oladi.
    O‘quvchilarini shu tariqa ishlashga, badiiy so‘zning mohiyatiga kirishga, so‘zni his qilib, undan tahsirlanishga va tuyganlarini so‘z bilan ifodalab berishga o‘rgata olgan o‘qituvchining o‘zi ham, u tarbiyalayotgan o‘quvchilari ham kompetentli shaxslar sanaladi.

    Download 3,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish