5. Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilǵor
texnologiyalari va usullari.
Konsalting, axborot-maslahat xizmati kórsatish yóllari: óqitish, malaka oshirish, qayta óqitish;
tadqiqotlar olib borish;
maslahatlar berish;
bilimlarni tarqatish;
joriy etishga sharoit yaratish va kómaklashish.
Ma`lumotni etkazish, uzatish, tarǵibot va tashviqot qilishusullari:
axborot etkazish va maslahat berish kunlari: ertalab, masalan, har haftaning seshanba kuni ertalab soat 7:00 da markaz ofisida yoki ikki haftada bir marta, tanlangan fermer xójaligi xududidagi dala shiyponida yoki "Namunali dala uchastkasi"da;
tanlovlar, kóriklar va namoyishlar tashkil etish. Ushbu yónalishdagi tadbirlarni tuman Fermerlar Kengashi va qishloq fuqarolari yiǵini bilan hamklrlikda ótkazish maqsadga muvofiq.
ma`lumot va xizmatlardan foydalanish, innovacion ǵoya va ilǵor tajribani joriy etishni aks ettiruvchi seminar-treninglar, interaktiv óquvlar, onlay-internet aloqasini tashkil etish;
radio va televedinie orqali eshittirish va kórsatuvlar tashkil etish, gazeta, jurnal, axborotnoma va byulletenlarda materiallar chop etish;
"Fermerlar dala maktabi"ni ("Namunali dala uchastkasi"ni) tashkil etish;
internet veb-saytlarida xabarlar joylashtirish, elektron pochta va uyali telefonlarga davriy va tezkor hamda tavsiyaviy xarakterdagi ma`lumotlar yuborish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish mavzulari hamda xójalik faoliyatini tashkil etish, boshqarish, hisob-kitobini yuritish, ta`minot, resurs va kerdit olish muammolari bilan boǵliq bólgan masalalar bóyicha davra suhbatlari, "onlayn-internet" muloqotlari tashkil etish;
xójalik faoliyati bilan boǵliq dolzarb masalalar va ular echimi bóyicha ókuv-uslubiy va amaliy qóllanmalar tayyorlash, ularni disklarda tarqatish;
fermer xójaligida erga ishlov berish, er va suvdan resurstejamkor innovacion usul va zamonaviy agrotexnologiya- lardan foydalanish bóyicha davra suhbatlari, óquvlar tashkil etish va boshqalar.
Fermer va dehqon xójaligi rahbarlari hamda qishloq tadbir- korlarining axborot-konsalting va axborot-maslahatlarga bólgan talabidan kelib chiqqan holda har bir yónalish bóyicha ma`lumotlarni quyidagi toifalar bóyicha takdim etish maqsadga muvofiq:
kórsatma beruvchi ma`lumot va axborotlar;
tóldiruvchi ma`lumot va axborotlar;
bilim va kónikmani oshiruvchi ma`lumot va axborotlar;
kómak beruvchi ma`lumot va axborotlar;
axborot almashinuvi maqsadidagi ma`lumot va axborotlar.
Taxlillar markazlarda axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari kórsatish jarayonida foydalanilayotgan ma`lumotlarga bólgan talab tuzilishiga quyidagi omil va holatlar ta`sir etishini kórsatmoqdaki, iste`molchilarga xizmat kórsatish va axborot- ma`lumotlarni etkazish yoki uzatishda ushbu omillar va holatlarga alohida e`tibor qaratish tavsiya qilinadi:
fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma`lumotlarga bólgan talabi ularning moddiy imkoniyati darajasiga mos kelishi (bu masalaga sub`ektiv va ob`ektiv xarakterdagi omillar ta`sirining yuqori-ligi);
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda umuman, ma`lumotlarga talabi bólgan fermer va qishloq tadbirkorlarining ma`lumoti va bilim darajasi;
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bólgan fermer va qishloq tadbirkorlarining faoliyat turi va ishlab chiqarish yónalishi;
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bólgan fermer va qishloq tadbirkorlarining daromadi hamda markazlar taklif etayotgan xizmatlar bahosi;
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bólgan fermer va qishloq tad- birkorlarida komp`yuter vositasining mavjudligi, ularning internet tarmogiga ulanganligi va undan foydalanish darajasi;
takdim etilayotgan axborot va ma`lumotlarning yangiligi, zamonaviyligi va miqdori hamda hajmi;
axborot va ma`lumotlarni etkazish usuli va vositasi;
axborot va ma`lumotlarni yangilash davriyligi va mud-
dati;
axborot va ma`lumot xizmatlari kórsatish tur va xillari va boshqalar.
Qishloq hududlarida fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting xizmatlariga bólgan talabini quyidagi usullar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq:
1-usul. Axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bólgan talab fermer va dexqon xójaliklari, shuningdek, boshqa tadbirkorlik sub`ektlari órtasida maxsus sórov (anketa), uchrashuv, kórgazma, namoyish, tanlov va kóriklar ótkazib, xizmatlar turi, yónalishi va kólamini órganish orqali aniqlash.
2-usul. Axborot-konsalting markazi xodimlari tomonidan kelgusi yil uchun hududda faoliyat yuritayotgan fermer va qishloq tadbirkorlaridan buyurtmamalar yiǵish usuli orqali aniqlash.
3-usul. Hisobot yilida xududda haqiqatda kórsatilgan xizmatlar har bir turining hajmidan kelib chiqqan holda yoki har bir xizmat turi bóyicha ótgan yil rejasining bajarilishini órganish asosida talabni aniqlash.
Tadqiqotlar kórsatishicha, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mavjud axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda uchta katta yónalishda faoliyat kórsatmoqca:
1-yónalish. Turli xil yónalishlarda fermer va dehqon xója- liklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub`ektlariga maslahatlar berish bilan shuǵullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, ósimliklarni himoya qilish, ilgor agrotex- nologiyalar, naslchilik ishlari, irrigaciya va melioraciya bóyicha va boshqalar.
2-yónalish. Moliyaviy, buxgalteriya va huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat kórsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bóyicha tólovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam kórsatish yónalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes-rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investiciya uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
3-yónalish. Qishloq xójaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste`molchilarni turli xildagi ma`lumotlar va axborotlar bilan ta`minlash yónalishlarida faoliyat kórsatayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xójaligi mahsulotlari narxlari, moddiy- texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilgor texnologiya va biostimulyatorlar, iqlim ózgarishi, ob-havo va boshqalar tóǵrisidagi ma`lumotlar.
Axborot-konsalting markazlari faoliyatining barqaror bólishiga quyidagi omillar ta`sir etmoqda:
- ichki omillar: ishlab chiqarish va xizmat kórsatish xususiyati bilan boǵliq omillar;
tashqi omillar: tóǵridan-tóǵri ta`sir etuvchi omillar, ya`ni axborot-maslahat olish-etkazish usuli, shakli, bu borada joriy etilgan tartib-qoida, ular davriyligi va muddatlari;
ob`ektiv va sub`ektiv omillar: moliyaviy, pul, kredit, soliq tizimi qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish (xizmat kórsatish)dagi ózgarishlar, axborot-maslahat xizmati kórsatishda mehnat va xizmatlarga haq tólash tizimi hamda uni tashkil qilish shakllari; kadrlar malakasi, bilimi, ma`lumot va texnik ta`minot bazasi, aylanma kapitalining mavjudligi va boshqalar.
6. Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funkciyasi va xizmatlar yónalishi quyidagilardan iborat bóladi:
óqitish, qayta óqitish, kasbiy mahorat va malakasini oshirish;
ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar kórsatish;
axborot ta`minoti xizmatlari kórsatish;
maslahat xizmatlari kórsatish;
innovaciya va ilǵor tajriba, ish uslubi, texnologiya va ishlab chiqarish(xizmat kórsatish) borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-ózlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat kórsatish;
reklama va tarǵibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat kórsatish;
kórgazmalar, kóriklar, namoyishlar va tanlovlar tashkil etish;
on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bóyicha anjumanlarini tashkil etish;
xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investiciya faoliyatining me`yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma`lumotlarni takdim qilish;
xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar órtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish va boshqalar.
7. Istiqbolda axborot-konsalting markazida xizmat turlarini kengaytirish va xizmatlardan foydalanuvchilar sonini kópaytirish asosida markaz daromadini oshirish maqsadida tashkiliy jihatdan quyidagilar tavsiya etiladi:
manfaatdor tashkilot va idoralar bilan viloyat, mintaqa va mezo darajada "Innovacion xizmatlar kórgazmasi"ni tashkil etish;
hududlarda mahalliy sharoitlarda innovacion ǵoya, ilgor tajriba va fan yangiliklarini amaliyotda qóllab kelayotgan ilgor va yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishgan fermer xójaliklari bazasida davra suhbatlari va taqdimotlar tashkil etish;
tanlab olingan hududlarda ilǵor tajriba va innovacion ishlanmalarni joriy etgan fermer xójaligi dalasida "Fermerlar dala maktabi"ni tashkil etish;
tanlab olingan hududlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer va dexdon xójaliklari, xususiy korxona chorvachilik fermasi bazasida "Chorvador maktabi"ni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy óquv yurtlari bilan hamkorlik shartnomasi asosida davlat grantlariga loyihalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |