4-mashg`ulot mavzusi: Ilmi qofiya Reja



Download 276,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.08.2021
Hajmi276,33 Kb.
#153446
  1   2   3
Bog'liq
4-mashg`ulot sirtqi



4-mashg`ulot mavzusi: Ilmi qofiya 

Reja: 

 

 

1. Qofiya va u haqidagi ilmiy asarlar.  

2.Mumtoz qofiya turlari.  

3.  Qofiyaning  tuzilishiga  ko`ra  turlari.  Mutlaq  va 

muqayyad qofiya. 

4. Qofiyaning lirik janrdagi ahamiyati. 

 

 

 



 

 

 



 

   


Qofiya (arab. — ergashish, izidan borish) — sheʼriy misralarning 

muayyan oʻrnida ohangdosh soʻz yoki soʻz birikmalarining izchil 

takrorlanib kelishi. Q. sheʼrning mazmuni, janri, shakli va 

kompozitsiyasida muhim oʻrin egallaydi. Q. hosil qiluvchi soʻzlarning 

ohangdoshligi oʻzak bilan oʻzak yoki qoʻshimcha bilan qoʻshimcha 

oʻrtasidagi uygʻunlik tufayli yuzaga keladi. 

Q. sheʼr ritmi va musiqiyligini taʼminlaydi. U ritmiklik va 

ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu 

vazifalardan biri Q.ning sheʼr gʻoyaviy mazmuni bilan bogʻliqligidir. Shu 

bois u sheʼr mazmunini goʻzal va taʼsirchan ifodalashga xizmat qiladi. 

Q.da odatda sheʼr gʻoyasini tashuvchi soʻzlarni misraning sheʼrxon 

diqqatini oʻziga tortadigan oʻrniga joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan 




birga Q. badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa sheʼr 

gʻoyasining taʼsirchan va jozibali ifodalanishiga koʻmak beradi. Q.ning 

yana bir vazifasi sheʼr qurilishida kompo-zitsion uyushtiruvchilikdan 

iborat, chunki u misralarni uygʻunlik, ohang-dorlik bilan birbiriga ulaydi

bogʻlaydi, bayt yoki band kabi sheʼriy birliklarni tashkil etadi. Q.ning 

vazifalaridan yana biri shundaki, u sheʼr intonatsiyasini (ohangdorligini) 

yuzaga keltiradi. Sheʼrning poetik mazmuni, undagi soʻzlar ohang-

dorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bogʻliqlikda oʻzining 

intonatsion vazifasini bajaradi. Q. ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday 

Q.lar sheʼrda radif boʻlmagan hollarda misralar soʻngi (chegarasi)ni 

taʼkidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda yetakchi vazifani ado 

etadi. 


Turkiy xalqlar ogʻzaki ijodida Q.ning oddiy soʻz takroridan tortib 

mukammal mustaqil turlarigacha boʻlgan shakllari uchraydi. Umuman, 

oʻzbek ogʻzaki va yozma adabiyotida Q.ning vujudga kelishida sajʼ 

muhim oʻrin tutadi. Bunga turkiy xalqlarning koʻplab ogʻzaki ijod 

turlarida, urxun-yenisey yodnomalarida, 11-asrda Mahmud Koshgʻariy 

tomonidan yaratilgan "Devonu lugʻotit turk" asarida uchrovchi sheʼriy 

parchalardagi Q.lar misol boʻla oladi. 

Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar sheʼriyatiga ham aruz sheʼriy 

tizimi kirib keladi. 9—10-asrlarda esa arab, fors va boshqa xalqlar 

sheʼriyatida mumtoz Q. nazariyasi yaratiladi. Bu nazariya monorim 

qofiya yoki tovushlar uyg`unligiga asoslanadi.  Ushbu nazariyaga koʻra, 

Q. yagona tovush (harf) takroriga asoslanadi va bu harf raviy (arab. — 

qofiyadagi undosh tovush) deb ataladi. Raviy soʻz oʻzagi, yasama 

soʻzlarda negiz oxiridagi undosh, choʻziq unli, baʼzan esa qisqa 

unlilarning aynan takrorlanishi tufayli yuzaga keladi. Mas, "gul-bul-bul" 

soʻzlaridagi "l", "tortar-ortar" soʻzlaridagi oxirgi "r", "vafo-jafo" 

soʻzlaridagi "o", "bahona-zamona" soʻzlaridagi oxirgi "a" tovush-harflari 

raviy hisoblanadi. Mazkur nazariya talablariga koʻra, raviysiz Q. vujudga 

kelmaydi. 

 

2) Mumtoz qofiya qofiyalanuvchi soʻzlar tarkibiga qarab raviydan oldin 



va raviydan keyin 4 tadan Q. unsuri ishtirok etishi mumkin. Raviydan 

oddin keluvchi unsurlar: qayd — raviydan oldin kelgan harakatsiz 

undosh tovush ("balandqand" soʻzlaridagi "n" tovushi); ridf — undosh 

raviydan oldin kelgan choʻziq unli ("sha-har-sahar" soʻzlarida "r" 




raviydan oldingi "a" unlisi); taʼsis — raviydan oldin kelgan bir harakatli 

undoshdan ilgari keluvchi choʻziq unli ("homil-qotil" soʻzlaridagi "o" 

tovushi); daxil — raviy bilan taʼsis orasida keluvchi harakatli undosh 

("zoyil-qoyil" soʻzlaridagi "y" undoshi). Raviydan keyin keluvchi Q. 

unsurlari ham 4 ta: vasl — raviyga vositali yoki vositasiz tirkalgan 

tovushlar ("ulfatim-suhbatim" soʻzlaridagi "m" undoshi va "bulogʻi-

qulogʻi" soʻzlaridagi "i" unlisi); xuruj — vasldan soʻng takrorlanuvchi 

harakatsiz undosh yoki choʻziq unli; mazid — xurujdan keyin keluvchi 

undosh yoki choʻziq unli; noira —maziddan soʻng kelgan undosh va 

choʻziq unlilar. 

20-asr boshlaridan oʻzbek sheʼriyatida barmoq tizimi yetakchilik qila 

boshladi. Natijada Q. tarkibini nozik hamda asosli tahlil qilishga imkon 

beruvchi mumtoz Q. nazariyasiga muro-jaat etish asta-sekin kamaydi. 

Bu holat Q. haqida yangi — polirifma nazariyasini keltirib chiqardi. 

Ushbu nazariyaga koʻra, qofiya tirgak tovushga asoslanadi.  Tirgak 

tovush esa raviy singari injiq emas. Q.lanuvchi soʻzlar tarkibidagi talaffuz 

usuli va oʻrni jihatdan bir-biriga yaqin barcha tovushlar tirgak tovush 

boʻla oladi. polirifma nazariyasiga koʻra, Q.ning toʻliq (toʻq), notoʻliq 

(och), sodda, murakkab, ochiq, yopiq, taxminiy kabi shakllari mavjud. 

Q.lanuvchi soʻzlarning uygʻunligi, miqdori, mazmuni, oʻrni va fonetik 

tarkibiga qarab, Q.ning zulqofiyatayn (qoʻsh Q.lilik), tarseʼli (baytning 

har 2 misrasidagi barcha soʻzlarning oʻzaro ohangdosh, vazndosh boʻlib 

kelishi), tasviriy, kinoyaviy, kontrast, meta-forik, tajnisln kabi turlari 

farqlanadi va ularning har biri oʻzbek sheʼriyatida ham muhim evfonik

semantik vazifa bajaradi. Sheʼriy misraning boshlanishi yoki oʻrtasida, 

oxi-rida kelishiga qarab esa Q.ning anaforik, ichki va epiforik turlari 

farqlanadi. 

Umuman, Q. odatda sheʼriy mis-ralar oxirida kelib, ularni ohangdoshlik, 

uygʻunlik va mazmuniy yax-litlik asosida birlashtiradi. bugungi kunda 

oʻzbek sheʼriyatida sar-bast tizimining ham koʻproq mavqe egallab 

borayotganligi bu xildagi poetik asarlarda Q.ning tutgan oʻrni, tabiati va 

gʻoyaviy-badiiy vazifalarini alohida oʻrganishni taqozo etmoqda. 

 

3) 


Ma’lumki, qofiya she’riy asarlarda badiiyatning asosiy qirralaridan 

biri 


hisoblаnib qolgan. Zero, she’riy asarlarning salohiyati ularda qo’llangan 

g’oyalar 




mazmun-mohiyati, timsollar qiyofasini ochishdagi ahаmiyati, 

qofiyalarning 

ma’naviy teranligi, ohangdorligi va jozibadorligi bilan belgilangan. 

Qofiyaning 

xilma – xil turlaridan va san’atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan 

mahorat 


bilan foydalanish asarning o’qimishililigini va ta’sirchanligini 

ta’minlaydi. 

Qofiya – arabcha so‘z bo‘lib, “ergashuvchi, izidan boruvchi” degan 

ma’nolarni anglatib, o‘zaro ohangdosh so‘zlarning she’r misralarida 

tizimli bo‘lib kelishidir. O‘zbek adabiyotshunosligida qofiya bo‘yicha bir 

qator ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu ishlar ichida eng 

ahamiyatlisi filologiya fanlari doktori To‘xta Boboyevning “She’r ilmi 

ta’limi” risolasidir. Unda she’r ilmi asoslari, xususan, qofiya mukammal 

tarzda tasniflab, misollar yordamida ilmiy asoslab berilgan. Qofiya 

tarkibida o‘zak va qo‘shimchalarning ishtirokiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 1. 

Muqayyad qofiya (o‘zak qofiya) – bunda qofiya so‘z faqat o‘zakdan 

iborat bo‘ladi, ya’ni raviydan so‘ng qo‘shimcha kelmaydi. 2. Mutlaq 

qofiya – bunda qofiya so‘z o‘zak (negiz) va qo‘shimchalardan tashkil 

topadi. Bundan tashqari har bir qofiya tipi tarkibidagi tovushlar (ta’sis, 

ridf, qayd, daxil; vasl, xuruj, mazid, noyira) taqozosiga ko‘ra ham bir 

necha turga bo‘linadi. Bunday hodisa qofiya ilmida qofiya turlari 

deyiladi. Muqayyad va mutlaq qofiya tiplarining har biri tarkibida bir 

qancha qofiya turlari mavjud bo‘lib, ularning adadini aniq belgilab 

berish mushkul masala. Biz bu borada T.Boboyev va 

A.Hojiahmedovlarning ilmiy yondashuvlariga tayanamiz. Mumtoz qofiya 

tarkibini 9 ta tovush tashkil qilib, 4 tasi (ta’sis, ridf, 8 daxil, qayd) 

raviydan oldin (o‘zak qofiya unsurlari), 4 tasi (vasl, xuruj, mazid, noyira) 

raviydan so‘ng (qo‘shimchali qofiya unsurlari) keladi. Raviyning o‘zi esa 

qofiyaning o‘q tomiri hisoblanadi. Qofiya turlari esa ana shu 

elementlarning o‘zaro ma’lum tartibda mujassamidan yuzaga keladi. 


Download 276,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish