4 - MA’RUZA
To‘g‘ri va teskari zanjirli fikrlash.
REJA:
4.1. To‘g‘ri zanjirli fikrlash
4.2. Teskari zanjirli xulosa chiqarish bilan
umumlashtirilgan ishlash algoritmi
Таянч сўз ва иборалар.
Тўғри занжирли фикрлаш, бошланғич ҳолатни аниқлаш, мантиқий чиқариш, ўзгарувчилар рўйхати, мантиқий хулоса, тескари занжирли фикрлаш, стек, натижавий хулоса, қоида, текшириш.
4.1. To‘g‘ri zanjirli fikrlash
To‘g‘ri zanjirli fikr yurituvchi sistemaning ishlashi umumiy algoritmini quydagiga keltirish mumkin:
Boshlang‘ich holatni aniqlash.
Shart o‘zgaruvchisini mantiqiy chiqarish navbatiga joylashtirish, uning qiymatini ITa - o‘zgaruvchilar ro‘yxatiga kiritish.
O‘zgaruvchilar ro‘yxatiga qarab ro‘yxatdan shunday o‘zgaruvchi topilsinki, uning nomi mantiqiy xulosa chiqaruvchi o‘zgaruvchilar navbatining boshida turgan bo‘lsin. Agar o‘zgaruvchi, topilsa 6 qadam o‘tilsin.
Topilgan qoidaning (agar topilgan bo‘lsa) initsiallashtirilmagan o‘zgaruvchilarning shartli qismiga qiymat yuklansin. O‘zgaruvchilar nomi shartli o‘zgaruvchilar ro‘yxatida joylashgan. Qoidaning hamma shartlari tekshirilsin, va ularning chin qiymatida U HOLDA qismiga murojaat etilsin.
Муаммо
Тўғри ва тескари занжирли фикр юритишнинг программали йўлга қўйилишининг қандай фарқи бор?
Qoidaning U HOLDA qismiga kiruvchi qismidagi o‘zgaruvchiga qiymat yuklansin, va uni mantiqiy xulosa chiqaruvchi o‘zgaruvchilar navbatining oxiriga joylashtirilsin.
Mantiqiy xulosa chiqaruvchi o‘zgaruvchilar navbatining boshida turuvchi o‘zgaruvchi o‘chirib tashlansin, agarda u qandaydir shartli qismida boshqa o‘chirmasa .
Mantiqiy xulosa chiqaruvchi o‘zgaruvchilar navbati bo‘shashi bilan, fikr yuritishlar protsessi tugatilsin. Agarda navbatda o‘zgaruvchilar bo‘lsa, 3- qadamga qaytilsin.
Teskari zanjirli xulosa chiqarish bilan umumlashtirilgan ishlash algoritmi
Bunday sistema quyidagi qadamlarni bajarishi lozim:
Mantiqiy xulosa chiqarish o‘zgaruvchisini aniqlash.
Mantiqiy xulosa chiqarish ro‘yxatidan shu o‘zgaruvchining birinchi kirishini topilsin. Agar o‘zgaruvchi topilsa, mantiqiy xulosa chiqarish stekiga mos qoidaning nomeri joylashtirilsin va shart raqami 1 ga teng qilib o‘rnatilsin. Agar o‘zgaruvchi topilmasa, foydalanuvchiga javobni topishning ilojisi yo‘qligi haqida xabar berilsin.
Berilgan qoidaning hamma o‘zgaruvchilariga qiymat o‘zlashtirilsin.
Agar ro‘yxati qandaydir shart o‘zgaruvchisiga qiymat yuklanmaganligi va uni mantiqiy xulosa chiqarish o‘zgaruvchilari orasida yo‘qligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda uning qiymatini foydalanuvchidan so‘rab olish kerak.
Agar qandaydir shart o‘zgaruvchisi mantiqiy xulosa chiqarish o‘zgaruvchilariga kirsa, mantiqiy xulosa chiqaruvga kiruvchi qoida nomerini stekga yozilsin va 3- qadamga qaytilsin.
Agar qoidadan o‘zgaruvchi qiymatini aniqlab bo‘lmasa stekdan unga tegishli elementni o‘chirib tashlansin, mantiqiy xulosa chiqarish ro‘yxatida shu mantiqiy xulosa chiqarishli qoidani izlash davom etdirilsin.
Agar shunday qoida topilsa, 3- qadamga o‘tilsin.
Agar o‘zgaruvchi mantiqiy xulosa chiqarishning kolgan hech qaysi qoidalarida topilmasa, u holda foydalanuvchi javob olishning iloji yo‘qligi aytilsin. Agar oldingi xulosa chiqarish mavjud bo‘lsa, 6- qadamga borilsin.
Stek boshida joylashtirilgan qoidadan o‘zgaruvchi qiymat aniqlansin; stekdan qoida o‘chirilsin. Agar yana mantiqiy xulosa chiqarish o‘zgaruvchilari bo‘lsa, shart qiymati raqami kupaytirilsin va qolgan o‘zgaruvchilarni tekshirish uchun 3- qadamga qaytilsin. Agar mantiqiy xulosa chiqarish o‘zgaruvchilari boshqa bo‘lmasa, foydalanuvchiga natijaviy xulosa chiqarilsin.
Rasm. 4.1. To‘g‘ri zanjirli fikrlash.
Nazorat savollari.
1. IT ni tashkil etish uchun qanday dasturlash tallari ishlatiladi?
2. ITni tashkil qilish tillarining xossalarini sanab bering.
3. To‘g‘ri va teskari zanjirli fikr yuritishning programmali yulga quyilishining qanday farqi bor?
4. To‘g‘ri zanjirli fikrlash algoritmini tushuntiring.
5. Teskari zanjirli fikrlash algoritmini tushuntiring.
6. AGAR …… U HOLDA shartini tushuntiring.
7. Stekni ma’nosi nimani anglatadi?
8. Mantiqiy xulosa qanday chiqariladi?
9. To‘g‘ri va teskari zanjirli fikrlashlarni sun’iy intellekt masalasini yechishda ishlatilishi.
10.Foydalanuvchining “do‘stona interfeys” tushunchasini nima bilan
aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |