4-MA’RUZA. TADQIQOTLARNING NAZARIY VA EMPIRIK USULLARI
Reja:
1.
Ilmiy tadqiqotlarda empirik usullar. Kuzatish, taqqoslash, o‘lchash, tajriba,
so‘rov, anketalash, testlar, suhbat, intervyulash, sotsiometrik usullar.
2.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotning analitik usullarini shakllari. Tasnifiy tahlil,
munosabatlar tahlili, kazual (tasodifiy) tahlil, tarkibiy tizimli tahlil.
3.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotning sintezi shakllari. Induktiv va deduktiv
usullar, modellashtirish, formallashtirish, qiyosiy-tarixiy, matematik usullar
Empirik uslublar
empirik ma’lumotni yig‘ish vositasi va empirik bilimlarni
yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Empirik materiallar va bilimlarning ko‘pligi
quyidagilarga bog‘liq: birinchi navbatda, tadqiqotchini o‘rab
turgan empirik
muhitga, u faqat bir-biridan farqli turli xildagi yagona hodisalar bilan shug‘ullanadi,
ularni tushunish empirik bilimning dastlabki materialini tashkil qiladi. Ya’ni, ilmiy
tadqiqot ob’ekti turli hodisalar yoki hodisalar to‘plamlari bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, turli-tumanlik, yuqorida aytib o‘tilganidek, tadqiqot ob’ektining turli
tadqiqotchilar uchun turli xil bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq. Tadqiqot predmeti
bilan ham xuddi shunday: o‘rganilayotgan hodisa (empirik ob’ekt) tadqiqotchi
uchun faqatgina o‘zining alohida tomonlari va xususiyatlarining to‘plami
sifatida
ochiladi, bu esa u yoki bu tadqiqotchiga tadqiqot predmeti sifatida u yoki bu hodisani
tanlashga imkon beradi. Bu yana bir bor ob’ektning bir xil bo‘lishiga qaramasdan,
empirik bilimning tarkibining turlicha bo‘lishini ko‘rsatadi. Uchinchidan, ko‘pgina
olim-pedagoglar empirik usullarni yaratishda ijodiy yondashish va tasavvur etish
zarurligini ta’kidlaydilar, bu ham xilma-xillikka olib keladi.
SHunday qilib, empirik materiallarning xilma-xilligi,
tadqiqot uchun
ajratilgan empirik tomonlarining xilma-xilligi va tadqiqot usulini yaratishning
xilma-xilligi - bularning barchasi empirik usullar bilan olingan natijalarning xilma-
xilligini keltirib chiqaradi.
Empirik usullarga: kuzatuv, taqqoslash, o‘lchash, tajriba, so‘rov, anketalash,
testlar, suhbat, itervьyulash, sotsiometrik usullar kiradi.
Kuzatuv
insonning sezgi organlari va uning moddiy faoliyatiga asoslanadigan
faol bilish jarayonidir. Bu, odatda, boshqa empirik uslublar tarkibidagi
elementlardan biri sifatida ishtirok etadigan eng oddiy usuldir.
Kundalik hayotda va ilm-fanda kuzatuvlar sub’ektlarning irodasi, his-
tuyg‘ulari va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan natijalarga olib kelishi kerak.
Keyinchalik nazariy va amaliy harakatlarning asosi bo‘lish uchun ushbu kuzatishlar
bizga real mavjud narsalar va hodisalarning ob’ektiv xususiyatlari va munosabatlari
to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak.
Samarali bilish usuli bo‘lish uchun kuzatuv bir
qator talablarni qondirishi
lozim, ularning eng asosiylari quyidagilar: 1) rejalilik, 2) maqsadga muvofiqlik, 3)
faollik, 4) tizimlilik.
Kuzatuv bilim vositasi sifatida borliq haqidagi birlamchi ma’lumotni
jamlovchi empirik fikrlar shaklida beradi.
Taqqoslash
- bilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir. "Har bir narsa
taqqoslashda bilinadi" degan fikr bejiz emas. Taqqoslash bizga mavjud narsalar va
hodisalarning o‘xshashligi va farqini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslash
natijasida, ikkita yoki bir nechta ob’ektga xos bo‘lgan umumiylik aniqlanadi.
Ma’lumki,
hodisalardagi umumiylikni, takrorlanishlarni aniqlash qonuniyatlar va
qonunlarni bilish yo‘lidagi bir qadamdir.
Taqqoslash samarali bo‘lishi uchun, u ikki asosiy talabni qondirishi kerak.
Birinchi talab: taqqoslanishi kerak bo‘lgan hodisalar o‘rtasida ma’lum bir ob’ektiv
umumiylik mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchi talab: ob’ektlarni bilish uchun ularni
taqqoslash eng muhim, ahamiyatli jihatlariga ko‘ra (aniq bir bilish vazifasi bo‘yicha)
amalga oshirilishi kerak.
Taqqoslash yordamida ob’ekt haqida ma’lumot
ikki xil usulda olinishi
mumkin. Birinchidan, bu taqqoslashning bevosita natijasi sifatida ko‘rsatilishi
mumkin. Ikkinchidan, ko‘pincha birlamchi ma’lumotlarni
olish taqqoslashning
asosiy maqsadi bo‘lmaydi, uning maqsadi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash
natijasida ikkilamchi yoki xosilaviy ma’lumotni olishdir. Bunday qayta ishlashning
eng keng tarqalgan va eng muhim yo‘li - bu o‘xshashlik bo‘yicha xulosa qilishdir.