2. Burg’ilash minorasidan foydalanish, yiǵish va qismlarga ajratish. Burg’ilash minorasidan foydalanish jarayonida quyidagilarga e’tibor beriladi:
1) minoraning to‘g‘ri yig‘ilganligi;
2) bolt va tayanchlarining mustahkamligi;
3) kronblok tagi to‘sini va kronbloklarning mustahkamligi;
4) minora oyog‘i va detallarining deformatsiyalanganligi;
5) minora oyog‘ining to‘g‘ri chiziqliligi va tutashgan joylarining oralig‘i;
6) payvand choklarining holati;
7) minora muvozanati, geometrik xolatining buzilishi;
8) minora poydevorlarning texnik holati;
9) minoraning markazi va diagonali bo‘yicha oyoqlari orasidagi masofa;
10) maydon va zinalarining joylashishi va mustahkamligi;
13) tortqichlarining texnik holati.
Minoralarni yig‘ishning eng qulay usuli yuqoridan pastga qarab yig‘ish hisoblanadi. Bu usulda minoralarni yig‘ishdan oldin minora poydevoriga ko‘targich (Kershenbaum ko‘targichi) o‘rnatiladi.
Burg’ilash ishlari tugatilgandan keyin, talab qilinsa minoralarni qismlarga ajratiladi. Bunda minoraning yon korpusidan tirgak sifatida foydalaniladi. Minoraning oyoqlarini tushirish uchun minora oyog‘i zamini quduq og‘zidan navbatma-navbat, asta-sekin minoraning ustki qismi yonbag‘ir tomiga yotganga qadar suriladi. Keyin oyoqlar mahkamlangan bolt-shkvaren chiqarib olinadi. Oyoqlar esa alohida-alohida qilib ajratiladi.
Burg’ilash minoralarini ta’mirlash – har ikki oyda bir marta muntazam ravishda ta’mirlab turishga mo‘ljallangan tadbirlar majmui.
Burg’ilash minoralarini quyidagi holatlarda ta’mirlanadi:
a) mustahkamlovchi quvurlar birikmasini quduqga tushirishdan oldin;
b) tutish ishlaridan oldin va keyin;
v) kuchli shamoldan keyin;
g) burg’ilash minorasini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishdan oldin va keyin;
d) neft va gaz qatlamini ochilishi namoyon bo‘lganda.
Burg’ilash mexanizmlari, burg’ilash jarayonlari, tushirish va ko‘tarish operatsiyalarining bir meyorda ishlashi uchun burg’ilash minorasining ichki va tashqi atroflari elektr toki bilan yoritiladi.
Agar burg’ilash jarayonida ichki yoquv dvigateli qo‘llanilsa unda elektr yoritish qurilmasidan, geologik qidiruv quduqlarini burg’ilash jarayonida esa quvvati 0,5 dan 1,5 kVt bo‘lgan dinamo mashinalardan foydalinadi.
Yilning sovuq fasllarida ishchilarning normal ishlashlarini ta’minlash maqsadida quduq atrofi brezent yoki maxsus taxtalar bilan o‘raladi. Isitish uchun yog‘och, torf, ko‘mir hamda gaz va elektr energiyasidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarni, yuvish qorishmalarini, surkov moylarini, yoqilg‘i xomashyolarni isitishda maxsus agregatlar qo‘llaniladi.
Tеkshirish uchun savollar 1.Burg‘ilash minorasi tarkibiga qanday jihozlar kiradi?
2.Burg‘ilash minorasidan foydalanish jarayonida nimalarga e’tibor berish
kerak?
3.Burg‘ilash minoralarni yig‘ish, qismlarga ajratish va ta’mirlash deganda
nimani tushunasiz?
4.Burg‘ilash minoralarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
5. Burg’ilash minorasidan foydalanishda nimalargae’tibor beriladi?.