Bosh miyaning qattiq pardasi vena bo‘shliqlari uning ikki bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘lib,
ular orqali bosh miyadan vena qoni ichki bo‘yinturuq venaga oqadi. Vena bo‘shliqlari devori
qattiq tortilgani, hamda har doim ochiq va klapanlari bo‘lmagani uchun har qanday sharoitda
ham qon erkin oqadi. Bosh miya qattiq pardasida quyidagi vena bo‘shliqlari bor:
•
1.Eng katta va keng ko‘ndalang vena bo‘shlig‘i (sinus transversus).
•
2.Bosh miya o‘rog‘ining yuqori chekkasi bo‘ylab joylashgan yuqorigi sagittal vena bo‘shlig‘i
(sinus sagittalis superior).
•
3.Bosh miya o‘rog‘ining pastki chekkasi bo‘ylab joylashgan pastki sagittal vena bo‘shlig‘i
(sinus sagittalis inferior).
•
4.To‘g‘ri vena boshlig‘i (sinus rectus) yuqori va pastki sagittal vena bo‘shliqlarining orqa
uchlarini qo‘shib turadi.
•
5.Ensa vena bo‘shlig‘i (sinus occipitalis) ko‘ndalang va sigmasimon sinuslarni qo‘shib turadi.
•
6.Sigmasimon vena bo‘shlig‘i (sinus sigmoideus) o‘z nomidagi egatda yotib ichki bo‘yinturuq
venaga o‘tib ketadi.
•
7.G‘ovak vena bo‘shlig‘i (sinus cavernosus) turk egarining yon tomonida yotadi.
•
8.Yuqorigi va pastki tosh vena bo‘shliqlari (sinus petrosus superior et inferior) chakka suyagi
piramidasining yuqori va pastki chekkalari bo‘ylab yotadi. Ba’zi sohalarda qattiq parda
sinuslari emissar venalar (v.v.emissariae) vositasida boshning tashqi venalari bilan, diploik
venalar (v.diploicae) kalla qopqog‘i g‘ovak moddasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.
•
Muskullar, bo‘g‘imlar tarkibida joylashgan
retseptorlarga propritseptiv (o‘z-o‘zini
sezish) tuyg‘u yo‘li deb yuritiladi. Bu yo‘l
ham uch neyron zanjiridan iborat.
•
Birinchi neyron orqa miya tugunchalarida
joylashadi, ularning periferik o‘simtasi
muskul va bo‘g‘imlarda retseptor hosil
qilib tugallansa, markaziy o‘simtasi orqa
miyaning orqa tizimchalari – funiculus
posterior da joylashadi. Shuningdek, bu
yerda nozik tutam (fasciculus gracilis)
medial hamda ponasimon tutam
(fasciculus cuneatus) lateral joylashgan.
Birinchi neyronlarning aksonlari uzunchoq
miyada ana shu tutamlar tarkibida
bo‘rtmalar – yadrolargacha (nucleus
gracilis va nucleus cuneatus) davom etadi.
Bu yo‘lni qisqacha tractus gangliobulbaris
deb aytish mumkin.
•
Ikkinchi neyron yuqorida aytilgan
yadrolarda joylashgan bo‘lib, ularning
aksonlari qovuzloq kesishmasi –
decussatio lemniscorum ni, so‘ngra
medial qovuzloq – lemniscus medialis ni
hosil qilib, ko‘ruv do‘mbog‘ining lateral
yadrolarida tugallanadi. Bu yo‘l tractus
bulbothalamicus deb ataladi.
•
Uchinchi neyron ko‘ruv do‘mbog‘ida
joylashgan, uning aksonlari ichki kapsula
tolalari tarkibida bosh miya po‘stlog‘ining
oldingi markaziy pushtasiga borib
tugallanadi. U bosh miya po‘stlog‘ining
harakat analizatori markazidir. Shunday
qilib, bu chuqur sezgilarni o‘tkazuvchi
yo‘lga tugun–piyozcha–ko‘ruv do‘mbog‘i
– miya po‘stlog‘i (tractus gangliobul-
bothalmocorticalis) yo‘li deb aytish
mumkin.
•
Zamonaviy o‘qitish jarayoni o‘quvchiga axborot berishning yangi shakl
va usullarini qo‘llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga
karatilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada
o‘quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.
•
O‘quv o`quv jarayonida bosimning pedagogik va gigienik jihatlarini
o‘rganish, toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va
maktab o‘qituvchilari oldida to‘rgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
•
Odam organizmining barcha to‘zima va organlaridagi hayotiy
jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Odam tug`ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy
faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar
o‘rganishi miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarinint funksional holatiga
bog‘liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga ko‘ra susayishi mumkin.
Birinchidan, miya to‘qimasidagi tug`ma kamchiliklar, tug‘ilgandan keyin har-
xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi;
ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigienik talablariga rioya
kilmaslik natijasida miyaning zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalliklari
paydo bo‘lishi.
•
Instinktlarning oddiy shartsiz
reflekslardan farqi shundaki, ular
bir nechta reflektor harakatlardan
iborat bo‘ladi. Instinktning asosini
va uning birinchi bosqichini
organizmning ichki biologik ehtiyoji
tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik
jinsiy qo‘zg‘alish, qurqish) ma’lum
intilishni (motivatsion) shakllaydi va
unga erishish uchun organizm bir
qator stereotip (doim bir xil
bo‘lgan) xatti-harakatlarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |