Tamaki mozaikasi virusining tuzilishi:
1-virion; 2-virionning ultrastrukturasi; 3-oqsil subbirligi; 4-RNK; 5-virionning bir qavatida joylashgan subbirliklar
Virus zarrasining har bir spiral xalqasida 16-34 ta (93-rasm, 5) subbirlik mavjud bo‘lib butun virus zarrasi bo‘ylab bir xildagi subbirliklardan tuzilgandir. Subbirliklarni “o‘xshashlik davri” spiralni uch aylanishida takrorlanadi va unda 49 ta subbirlik bor. Bu “o‘xshashlik davri”ni uzunligi 69 A ga teng, bir 1 A ga 0.710 subbirlik to‘g‘ri keladi. Demak TMV zarrasida 3000 x 0,710 = 2130 ta subbirlik mavjud. Virus oqsilini analizi uni 158 ta aminokislota qoldig‘idan tashkil 211 topganligini, molekulyar massasi 17530 teng ekan. Spiral aylanasida 49 ta nukleotid 16-34 ta subbirlikga to‘g‘ri kelsa, oqsilni har bir molekulasi 3 nukleotid qoldig‘i bilan bog‘langandir. Subbirliklarni joylanishi shunday mustahkamki ular orasida joylashgan RNK ribonukleazalardan to‘la muhofazalangandir. Subbirliklar ellipssimon bo‘lib ularni o‘lchami 70x20x23 A(93-rasm, 3). Virus o‘qidan 40 A uzoqlikda virus oqsilida virus RNK si joylashishi uchun 8A lik chuqurcha mavjud bo‘lib, u RNK ni tashqi faktorlardan to‘la himoya qiladi.
Virus zarrachasining 95% oqsil, 5%ni esa nuklein kislotasi tashqil qiladi. Ammo, nuklein kislota miqdor jihatidan kam bo‘lsada, virus zarrachalarining xususiyati unga bog‘liq. Agar virus zarrachalaridan nuklein kislotalarini kimyoviy yo‘l bilan ajratib olib, uni sog‘lom tamaki bargiga yuqtirilsa, sog‘ tamakida xuddi butun virus zarrasi yuqtirilgandek, kasallik alomatlari ko‘rinadi. Sog‘lom tamaki bargiga virus oqsili yuqtirilsa, hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmaydi. Shunga qaramay kasallantirish jarayonida oqsil ham ma’lum rol o‘ynaydi. U nuklein kislotani tashqi muhitdan muhofaza qilish bilan bir qatorda kasallantiradigan hujayra bilan virus orasidagi munosabotlarda muhim ahamiyatga ega.
2. Murakkab viruslarning tuzilishi (Gripp virusining sxematik ko‘rinishi misolida). Virionning oqsil pardasi (94-rasm, 5) ko‘pincha kapsid, ichidagi nuklein kislotasi (98-rasm,4) bilan birga nukleokapsida, deb ataladi. Kapsidni tashkil qiluvchi elementlar kapsomer deyiladi. Kapsomerlar bir xil polipeptid zanjirchalaridan tuzilgan agregatlardir. Nuklekapsida simmetrik tuzilgan ichki nukleoproteid zanjiri bo‘lib, u o‘z navbatida bir yoki bir necha oqsil parda bilan o‘ralgan. Virion "peplos" deb ataluvchi qavat bilan birga yetilib, hujayra membranasidan o‘tish davrida o‘raladi. Chechak, uchuq va miksoviruslarda peplos qavati bor. Peplosni tashkil etuvchi elementlar peplomerlar deb atalib, ular hujayraga xos oqsildan tuzilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |