3 – bosqich. Taqdimot
- Guruh a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini
ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot etadilar.
- Boshqalar ushbu material qismini o‘zlashtirilganligini
aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiru savollarini beradilar.
Joriy baxolar amaliy, labaratoriya va seminar mashg‘ulotlari uchun qo‘yiladi. Oraliq baxolar
nazariy bilim uchun malum bir yoki bir necha mavzular tugallangandan keyin qo‘yiladi. YAkuniy
baxolar yanni to‘liq o‘tib bo‘lgandan keyin ko‘yiladi. Baholash 100 % yoki 100 ballik tizimdan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
Konchilik korxonalarida o‘tiladigan amaliyotlar quyida keltiriladigan tartibda tashkil qilinadi.
Amaliyotni o‘tkazish uchun har bir o‘quv yilining boshida konchilik korxonalari bilan ikki nusxada
ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
SHartnomada talim yunalishining yoki mutahassisligining shifri va nomlanishi, amaliyotning
turi va muddati, hamda talabalarning soni ko‘rsatiladi. SHu bilan birga shartnoma tuzayotgan tomonlar
va ularning majburiyatlari hamda umumiy qoidalar keltiriladi. SHartnoma ikki tomonlama imzolanib
muhrlanadiyu
Ushbu shartnomaga asosan amaliyotlarni o‘tash uchun ToshDTU bo‘yicha buyruq chiqariladi.
Buyruqda guruhlar, amaliyot turi, talabalarning ismi, shariflari va soni, amaliyotlar o‘tiladigan
konchilik korxonalari, tayyorlangan amaliyot rahbarlari va rahbarlik muddatlari keltiriladi.
Amaliyot boshlanishidan oldin talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tib sog‘liklari to‘g‘risida
malumotnoma oladilar. YAna talabalarga amaliyotni o‘tish to‘g‘risida yo‘l – yo‘riq berish suxbati
o‘tkaziladi, bunda xayot faoliyati xavsizligiga amal qilish lozimligiga katta ahamiyat beriladi.
Talabalarga amaliyotga borib ishga joylashishi, amaliyotni o‘tish va xisobot yo‘zish uchun amaliyotga
yo‘llanma, kundalik hamda amaliyot o‘tish dasturi bu uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Amaliyot rahbari
talabalarni konchilik korhonalariga amaliyotga olib borib ishga joylashtiradilar, amaliyot o‘tilishini
nazorat qiladilar, maslahatlar beradilar, muammolar kelib chiqsa hal qilishga yordam beradilar. SHu
bilan birga amaliyotga rahbarlik qilish uchun kon korhonasi tomonidan tegishli buyruq bilan masul
shaxs tayinlanadi. Bu rahbar talabalarning amaliyotdagi faoliyatlarini nazorat qiladilar, ish
o‘rgatadilar, maslahatlar beradilar, xisobga malumotlar to‘plashda kelib chiqadigan muammolarni xal
qilishda yordam beradilar. Amaliyotlarning boshlanishida talabalarga xayot faoliyati xavsizligi
bo‘yicha darslar o‘tiladi va ular sinovdan o‘tadilar. Amaliyotda talabalar berilgan topshiriqlarni
bajarish bilan birga OTMda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, kundalikni to‘ldirib
boradilar va dasturga muvofiq xisobot uchun malumotlar to‘playdilar. Amaliyotning oxirida xisobotni
rasmiylashtiradilar. Korxonadagi amaliyot razbari xisobotni ko‘rib chiqib qabul qiladi. Xisobotni va
to‘ldirilgan kundalikni imzolaydi va bularga korxonaning muxri bosiladi. Talabalar amaliyotdan
fakultetga belgilangan vaqtga qaytaradilar. Kafedraga machsus tuzilgan hayat azolari talabalardan
amaliyoti xisobotini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar. O‘tilgan amaliyot bo‘yicha kafedrada hisobot
tuziladi va ToshDTU ning amaliyot bo‘limiga topshiriladi.
Kurs ishi va loyixasini bajarish uchun tegishli fan o‘qituvchisi kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlangan topshiriq beradi. Talaba kafedraga tuzilgan kurs ishi yoki loyixasi izox yozuvi va
chizmalardan iborat bo‘ladi va belgilangan jalval bo‘yicha tegishla bilimlari tayyorlanib boradi.
Tegishli fan o‘qituvchisi raxbar hisoblanadi va belgilangan vaqtlarda maslahatlar beradi va ishning
bajarilishini nazorat qiladi. Maxsus tuzilgan hayat azolari talabalarning ishlarini qabul qiladilar va
baxo qo‘yadilar.
Bituruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash uchun talabalar
mavzular tanlaydilar. Bu mavzular va raxbarlar ToshDTU bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu ishlarni bajarish uchun raxbar tomonidan kafedrada tasdiqlangan topshiriq beriladi.
Topshiriqqa muvofiq ishni bajarish dasturi tuzib beriladi. Ishlarni bajarish uchun talabalarga alohida
honalar ajratiladi. Bu honaga ishlarni bajarish jadvallar va boshqa kerakli malumotlar osib qo‘yiladi.
Topshiriq va dastur asosida talabalar jadvalga muvofiq ishlarni tayyorlab boradtlar. Bahbarlar
talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladilar, tegishli maslahatlar beradilar. Kafedra majlislarida
belgilangan vaqtlarda talabalar tomonidan bajarilgan ishlar hajmlari ishlab chiqiladi.
Bituruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgandan keyin, talab qilinadigan
shaklda zasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlarga rahbar taqriz yozadi. SHu bilan birga tegishli
mutuxassislardan tashqi taqriz xam olinadi.
Bu ishlarni himoya qilish uchun Davlat attestatsiya xayatlari azolari oldida bajargan ishlarini
himoya qiladilar va baho oladilar.
Kaedra tomonidan bituruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarning ximoyalari
bo‘yicha xisobot yoziladi va o‘quv bo‘limiga topshiriladi.
ToshDTUning ichki tartib qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus talim
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasining odob-axloq qoidalariga muvofiq
keladi.
Ushbu odob – axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Talim to‘g‘risida”gi, “YOshlarga oid davlat siyosatining
asoslari to‘g‘risida”gi va “Ahborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar,
“YOshlar yili”, “barkamol avlod yili davlat dasturlari”, oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining
tegishli buyruqlari, OTMning ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umumetirof etilgan manaviy va
ahloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu qoidalar ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi talimga oid qonun xujjatlarida
fuqarolarga talim, tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilashga hamda har
kimning bilimi omildan iborat konstitutsiyaviy huquqini taminlashga, talim oluvchilarni manaviy –
ahloqiy tarbiyalashning va marifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va
joriy jtishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funksiyasi talim va tariya berishdan iborat ekanligi
nazarda tutilgan.
Ushbu qoidalar11 – bo‘limdan topgan bo‘lib;
1 – bo‘lim. Umumiy qoidalar 6 – banddan iborat .
2 – bo‘lim. Maqsad va vazifalar 2 – banddan iborat.
3 – bo‘lim. Jamoa azolarining odob – ahloqiga oid umumiy qoidalar 13 – banddan iborat.
4 – bshlim. Professor o‘qituvchilar va talabalarning talim – tarbiya munosabatlari
8 – banddan iborat.
5 – bo‘lim. Professor o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari 2 – banddan iborat.
6 – bo‘lim. Talabalarning o‘zaro munosabatlari 2 – banddan iborat.
7 – bo‘lim. Professor – o‘qituvchilarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari 8 – banddan iborat.
8 – bo‘lim. Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari 8 – banddan iborat.
9 – bo‘lim. Professor – o‘qituvchi va talabalar odob – ahloqida man jtilgan holatlar 15 – banddan
iborat.
10 – bo‘lim. Mamuriyat, professor – o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasidagi
odob – ahloqqa oid munosabatdar 6 – banddan iborat.
11 – bo‘lim. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi 2 – banddan iborat
Talabalarning huquq va majburiyatlari Talabalarning huquqlari. Bilim olish huquqi, talim –
tarbiya olish huquqi, OTMning auditoriyalaridan, labaratoriyalaridan, axborot – resurs markazlari va
ularning bo‘limlaridan, sport inshotlaridan foydalanish huquqi, ilmiy – uslubiy ishlarda qatnashish
huquqi, ilmiy – amaliy anjumanlarda qatnashish xuquqi, stipendiya olish huquqi, jamoat ishlarida
qatnashish huquqi, ziddiyat va muammoli vaziyatlar kelib chiqqanda amaldagi qonun doirasida
o‘zining huquqini talab qilishi, sport musobaqalarida qatnashish huquqi.
Talabalarning majburiyatlari. Talabalar darslarga qatnashishlari, kechikib kelmasliklari, sabasiz
darslarni qoldirmasliklari lozim. O‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishlari, amaliy,labaratoriya ishlarini o‘z
vaqtida bajarishlari, joriy va oraliq nazorat baholarini o‘z vaqtida olishlari kerak.
Talabalarning tashqi ko‘rinishlari, kiyinishlari, odob – ag‘loq intizomlari OTMning odob –
ahloq qoidalari talabalarga muvofiq bo‘lishi kerak.
OTM odob – ahloq qoidalaridan
- binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor o‘qituvchilar va
xodimlarni, erkaklar esa ayollarni oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
- professor – o‘qituvchi auiditoriyaga kirganda barcha talabalar o‘rinlaridan turib
salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim.
- talaba o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlarida halaqit bersa, professor –
o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni habardor qilib va uning ruxsati bilan bunday
talabani mashg‘ulotlardan chetlashishi mumkin.
- talabada professor – o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish
zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni yani:
- professor – o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida,
mustaqil ishlarni, reyting nazoratni topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda
shug‘ilanishini ;
- o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan professor – o‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va
familyasini aniq bilishi shart.
- talaba oldindan kelishilmagan holda professor – o‘qituvchining xuzuriga kelsa, umumiy yoki
o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor – o‘qituvchidan
hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.
- talabalarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va etibor, do‘stlik,
hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
- talabalar munosabatlarida inson qadr – qimmatiga hurmatsizlik qilish, shahsiyatini kamsitish,
o‘zining intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish,
o‘zgalarga manaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qatiyan man etiladi.
Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari.
a) OTM hududida;
- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;
- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
- ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
- zquv mashg‘ulotlari vaqtida hududda besabab yurmaslik;
- OTM mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
- mutasaddtlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;
- maishiy tinchlikka rioya qilish;
- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar istemol qilinishi hamda
tarqitilishiga qarshi kurashish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar
haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida habar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lish alohida qayd
etiladi.
b) auditoriyada;
- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qoyish;
- dars vaqtida gapirmaslik;
- jixozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmalik;
- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik;
v) umumiy ovqatlanish joylarida;
- taomlarni olishda navbat taribiga rioya qilish;
- tirbantlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- umumiy ovqatlanish shahobchasida belgilargan tartib – qoidalarga rioya qilish;
g) axborot resurs markazida;
- ARM hodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga extiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga halaqit bermaslik;
- kog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib – qoidalariga rioya qilish;
d) talabalar turar joylarida;
- mavjud jixozlarni asrash, ularga zarar etkazmaslik;
- elektr – energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
- sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
- talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari” ga qatiy rioya qilish;
s) sport majmualarida
- sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
- sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
- mashg‘ulotlardan keyin spotr inventarlarini belgilargan joylarga qayta topshirish;
- spotr majmuasining belgilangan tartib – qoidalariga rioya qilish;
j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida;
- o‘rindiq va boshqa jixozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
- ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashtdan oldin sabasiz
chiqib ketmaslik;
- uxlab o‘tirmaslik, bir – biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
SHuningdek
- turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot
hosil qilishga intilish;
- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni
chuqur anglash;
- OTM manfati, uning shani va shonli ananalari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish,
ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
Talabalarga
- professor – o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mash0ulotlar vaqtida asossiz gapirish;
- professor – o‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
- yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professos – o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday
hatti – harakatlar qilish;
- yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib – tamoyillarni bajarish
vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
- boshqa shahslar tomonidan tayyorlanadigan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan
topshirish;
- mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish va kechikib kelish;
- mashg‘ulot vaqtida professor – o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
- boshqa talabaning say – harakatlariga qasddan ztyon yetkazish;
- moddiy jihatdan yaxshi taminlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z –ko‘z qilish qatiyan man
etiladi.
Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari. Kafedra “Komolot” xarakati, kasaba uyushmasi
tashkiloti tomonlaridan tashkil qilinadi. Talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ko‘rik – tanlovlarda,
ilmiy anjumanlarda, sport musobaqalarida, obodonchilik ishlarida va hasharlarda qatnashadilar.
Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari mutaxssislarni tayyorlashning sifatini oshirish uchun
qo‘llaniladigan yuqori ahamiyatli vositalardan biri hisoblanadi. Talabalarning ilmiy ishlariga jalb
qilish, ularning ijodiy va faoliyat imkoniyatlaridan xalq xo‘jaligidagi dolzarb masalalarini echishda
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlarida ilmiy va texnikaviy
masalalarni mustaqil ravishda echishda qo‘llaniladigan uslub va vositalarni, ilmiy jamoalarda ishlash
kshnikmalarini o‘rganish, asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlashni tashkil qilish usullari bilan tanishtirish
asosiy maqsad hisoblanadi.
Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari. O‘quv jarayonining davomi va uni chuqurlashtirish
xisoblanib, bevosita kafedralarda, muammo va soha labaratoriyalarida, talabalarning konstruktorlik,
texnologik to‘garaklarida tashkil qilinadi. Talabalarning va professor – o‘qituvchilarning talim –
tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz - shogird” milliy ananalariga asoslanadi.
Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga OTMning professor o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. YAna
rahbarlik qilish uchun ilmiy tekshirish muassasalari xodimlari ham jalb qilinishi mumkin.
Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari o‘quv jarayoniga kiritiladigan va o‘qishdan tashqari
amalga oshiriladigan ilmiy – tadqiqot ishlaridan tashkil topadi. O‘quv jarayonidagi ITI quydagilarni
ko‘zda tutadi; ilmiy izlanish elementlari bor labaratoriya ishlari, kurs va bitiruv malakaviy ishlari
topshiriqlarini bajarish, o‘quv va malakaviy amaliyot vaqtida ilmiy – tadqiqot xarakeriga ega bo‘lgan
noananaviy topshiriqlarni bajarish, “ilmiy tadqiqot asoslari” fani bo‘yicha uslubiyatning nazariy
asoslari, ilmiy – tadqiqot masalalarini qo‘yish, tashkil qilish va bajarishni, ilmiy tajribalarni rejalash
va tashkil qilish, ilmiy ko‘rsatkichlarni qayta ishlash va xokazolarni o‘rganish.
O‘qishdan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlari quydagi shakllarda tashkil
qilinadi: talabalarning ilmiy tshgaraklarida ishlar qilish, talabalarning davlat granti yoki xo‘jalik hisobi
bo‘yicha bajariladigan ishlarda qatnashishi, korxonalar bilan tuziladigan ijodiy hamkorlik ishlarida,
talabalar konstruktorlik byurolarida qatnashishdir.
Talabalarning ilmiy to‘garaklari kafedralarda tashkil qilinadi. To‘garakda talabalar o‘zimizda
chiqarilgan xorijiy maxsus adabiyotlarni taxlil qiladilar va o‘rganilgan adabiyotlar bo‘yicha
annatsiyalar va referatlaryozadilar, ilmiy tajribalar shtkazish olingan natijalarni qayta ishlash
ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, ko‘rgazmali vostalarni, labaratoriya stendlarini va boshqa texnik
vositalarni loyihalash va yasashda qatnashadilar yoki o‘zlari bajaradilar. Tegishli mavzular bo‘yicha
axborotlar tayyorlab to‘garak yig‘imlarida, kafedraning ilmiy seminarlarida qatnashadilar. Bu ishlarni
bajarish bo‘yicha topshiriqlarda ijodiy va ilmiy izlanish elementlari ko‘zda tutilishi kerak.
Talabalarni odatda kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchilar safiga qabul qilinadilar.
Talabalar konstruktorlik byurolari OTM yoki kafedralarda tashkil qilinadi va o‘zining faoliyatini
jamoada, tashkiliy va ijodiy ishlar bo‘yicha talabalarning ko‘nikmalar egallashiga yo‘naltiradi,
shuningdek kafedraga, labaratoriyaga, korxonalarga, ilmiy tashkilotlarga, ilmiy tekshirish va loyixa
konstruktorlik ishlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatishga yonaltiriladi.
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishi xisobot taqdimoti va ilmiy anjumanlarda
axborotlar berish bilan yakunlanishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |