4– ma`ruza mavzu: “Avtomobilsozlik va traktorosozlik” yo‘nalishi o‘quv rejasidagi umummuxandislik fanlari. Reja



Download 0,73 Mb.
Sana08.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#643366
Bog'liq
4-ma`ruza-3


4– MA`RUZA
Mavzu: “Avtomobilsozlik va traktorosozlik” yo‘nalishi o‘quv rejasidagi umummuxandislik fanlari.
Reja:

1. “Avtomobilsozlik va traktorosozlik” yo‘nalishi o‘quv rejasidagi umummuxandislik fanlari.


2. Sxemalar va chizmalarni o‘qish bo`yicha umumiy tushunchalar.
3. Sxematik tasvirlar.

Fan-texnika jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda texnika taraqqiyotini chizmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chizma buyumning tekislikdagi yetarli ko‘rinishiga ega bo‘lgan tasviridir.


Jismning shaklini va o‘lchamlarini ko‘rsatadigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi.
Chizmalarsiz biror buyumni yoki uning detallarini, qurilish ishlarini aniq bajarib bo‘lmaydi. «Muhandislik grafikasi» fani texnikaviy chizmalarni to‘g‘ri tuzish usullarini o‘rgatadi.
Chizmachilik fan va texnikaning «texnikaviy tili» hisoblanib, u barcha konstruktorlar, muhandis-texnik xodimlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi mutaxassis va ishchilar uchun yagonadir.
Chizmalarni tuza bilish va o ‘qiy olish tasvirlar yasash usulini, turli pozitsion, metrik masalalar yechishni va chizma geometriya hamda texnikaviy chizmachilikda qabul qilingan bir qator shartliliklarni bilishga asoslanadi. Fazoviy tasavvur deganda insonning ayrim jismlar shakli, o ‘lchamlari proporsiyasini, rangni, sirt fakturasini va turli buyumlarning, jumladan, bino, inshoot va mashinalarning ayrim sifatlarini fikran ko‘z oldiga keltirish xususiyati tushuniladi.
Texnik chizmachilik — chizma geometriya va proyeksion chizmachilik nazariyalariga asoslanadi. Mashinasozlik chizmalarida proyeksiyalar o ‘qi, bog‘lanish chiziqlari bo‘lmaydi va ko‘rinmas konturlarni ifodalovchi shtrix chiziqlar juda kam bo‘ladi. Mashinasozlik chizmalarida buyum tasviridan tashqari, buyumni tayyorlash (yasash) uchun zarur bo‘ladigan hamma ma’lumotlar, masalan, o ‘lchamlari, texnikaviy talablar, sirtlarning g‘adir budurligi va boshqalar ham beriladi. Texnik chizmachilikni o ‘rganishdan asosiy maqsad — chizmalarda qo‘llaniladigan soddalashtirishlar bilan to‘la tanishib chiqish, mashina detallarining ish chizmalarini va yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qishga o‘rganishdir. Shu bilan bir vaqtda chizmalarni tuzishga oid standartlarni o‘rganish va mashinasozlikda ko‘p ishlatiladigan standart detallar bilan tanishib chiqish zarurdir.
Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning ma’lum o‘lcham va sifatga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida Davlat standartlari belgilangan (qisqacha ГОСТ). Bundan tashqari, standartlarning quyidagi turlari mavjud:
1. OCT — xalq xo‘jaligi tarmoqlari standarti.
2. PCT — respublika standartlari.
3. C Tn — korxona standartlari.
Standartlar texnika taraqqiyotining o‘sishida, ijtimoiy mehnat unumi va xalqning turmush farovonligi yuksalishida, mahsulotlar sifatini yaxshilashda, davlatlar o ‘rtasidagi hamdo‘stlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. U barcha korxonalar, loyihalash tashkilotlari va o ‘quv yurtlari uchun qonun hisoblanadi. 1926-yildan boshlab barcha korxonalar mahsulotlarini standartlashtirish maqsadida muhandislik grafikasi kursiga standartlar tatbiq qilingan. 1928-yilning oxirida birinchi marta mashinasozlik chizmalari qoida va normalarining yagona sistemasi ishlab chiqildi va nashr qilindi.
Chizmalar uchun davlat standarti OCT 350-358. Shu vaqtdan boshlab barcha standartlar ustida ishlash to‘xtamay davom etmoqda. 1934, 1939, 1946, 1952, 1959, 1965, 1966 va 1968-yillarda chizmalar standarti qayta ko‘rib chiqildi. Standartlarning muhandislik grafikasiga tatbiq qilinishi chizmalarga bir xil talablar qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Standartlar chizmalar chizishni tezlatish, o‘qilishini osonlashtirish, yangiliklar kiritish, konstruktorlarning takliflarini kiritish maqsadida o ‘zgartirib boriladi. 1971-yilda konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi (ECKД) joriy qilindi. Standartlar barcha loyihalash tashkilotlari, sanoat va qurilish korxonalari hamda o‘quv yurtlari uchun majburiy bo‘lib, uni buzish va unga amal qilmaslik qat’iy man etiladi.

Konstruktorlik hujjatlari deb grafikaviy (masalan, chizma, sxema) va matnli (masalan, spetsifikatsiya, texnikaviy shart-sharoitlar) hujjatlarga aytiladi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi, uni tuzish yoki tayyorlash, shuningdek, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.


ГОСТ 2. 102-68 da sanoatning hamma tarmoqlari buyumlaridagi konstruktorlik hujjatlar mazmuniga qarab quyidagicha nomlar bilan aytiladi:
1. Detal chizmasi — detalning tasviri va detalni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
2. Yig‘ish chizmasi — yig‘ma birlikning tasviri va bu birlikni yig‘ish (tayyorlash) hamda nazorat qilish uchun boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat, shuningdek, yig‘ish chizmalari qatoriga gidromontaj, pnevmomontajva elektromontaj chizmalari ham kiritiladi.
3. Umumiy ko ‘rinish chizmasi — buyumning konstruksiyasini, uning asosiy tarkibiy qismlarining o ‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlovchi hujjat.
4. Gabarit chizma — buyumning kontur (soddalashtirilgan) tasviri va uning gabarit o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari keltirilgan hujjat.
5. Montaj chizmasi — buyumning kontur (soddalashtirilgan) tasviri, shuningdek, uning ishlash joyiga o‘rnatish (montaj qilish) uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjat. Montaj tuzilgan fundament chizmalari ham kiritiladi.
6. Sxema — buyumning tarkibiy qismlari va ularning o ‘zaro bog‘lanishi shartli ta’sir yoki belgi ko‘rinishida ifodalangan hujjat.
7. Spetsifikatsiya — yig‘ma birlik, komplekt tarkibini aniqlovchi hujjat.
8. Jadval — vazifasiga qarab tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. Masalan, jadvallar bir-biridan faqat o ‘lchamlari, materiallarning markasi, qoplamasi va shunga o‘xshashlar bilan farq qiladigan detallar uchun tuziladi. Konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqarilishiga qarab loyiha va ish hujjatlariga bo‘linadi.
Loyiha hujjatlariga — texnikaviy takliflar, eskizlar va loyihalar kiradi.
Ish hujjatlariga — buyumlar va ularning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish, nazorat qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ish hujjatlari kiradi.
Konstruktorlik hujjatlarini bajarilishi va xarakterligiga qarab ular ГОСТ 2. 102-68 ga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Originallar — istalgan materiallardan bajarilgan hujjatlar, ular asl nusxalari tayyorlash uchun m o‘ljallangan bo‘ladi.
2. Asl nusxalar — ko‘plab nusxa ko‘chirish imkonini beradigan materialdan bajarilgan va mas’ul shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjat, asl nusxa sifatida original fotonusxa yoki bosmaxonada nashr qilingan va hujjatni chiqarish uchun mas’uliyatli shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
3. Dublikat — asl nusxalardan olingan nusxalar, ular asl nusxalar bilan bir xillikni saqlab asl nusxalarni qayta tiklash va nusxalar ko‘chirish imkonini beradigan istalgan materialda bajarilgan hujjat.
4. Nusxalar — asl nusxa (yoki dublikat) bilan bir xillikni saqlab bajarilgan hujjat bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab chiqarishda ishlatish va ta’mirlashda bevosita foydalanish uchun mo‘ljallaniladi.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun m o‘ljallangan hujjatlarni konstruktorlik eskiz hujjatlari ko‘rinishida bajarish mumkin. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish detallari chizmasi, saqlash usullarini va O‘z KHYT standartlari talablariga rioya qilib o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan holda bajarishi lozim.
Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko‘pchiligida mexanikaviy, pnevmatik hamda elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig‘ish chizmalariga va umumiy ko‘rinishlar chizmalariga qarab o‘rganish juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar, ya’ni sxemalar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog‘lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko‘rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi ( 0 ‘zDSt 2.721-98). Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi.
Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular, asosan, to ‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada chizilishi ham mumkin. Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushuntirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushuntirishlar иerilishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ish birliklari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Bularga nasos, podshipnik, mufta va boshqalar kiradi.
Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tomonidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli uruhlarda belgilangan.
1. Sxema elementi — sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va ma’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transformator, kompressor, mufta kabilar.
2. Moslama — yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, apparat, mexanizm biror buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin.
3. Funksional guruh — yagona konstruksiyaga kirmasa-da, buyumda m a’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi.
4. Funksional qism — ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi.
5. Funksional zanjir — ma’lum yo‘nalishda ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt.
6. O ‘zaro bog‘lanish chizig‘i — buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi.
7. O ‘rnatish — energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan obyektning shartli nomi.
Sxemalarning turi va k o ‘rinishlari ( 0 ‘zDSt 2.701). Standart barcha sanoat tarmoqlari bo‘yicha sxema turlari va ko‘rinishlarini chizish uchun tasdiqlagan. Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o‘zaro bog‘lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi: EL — elektr, G — gidravlik, P — pnevmatik, K — kinematik, O — optik, V — vakuumlik, G — gazli, R — radio, E — buyumni tarkibiy qismlarga bo‘luvchi, S — kombinatsiyalashtirilgan sxema kabi turlarga bo‘linadi. 1 — strukturali, 2 — funksional, 3 — prinsipial, elektr sxemalar uchun to ‘liq, 4 — birlashtirish (montaj) elektr sxemalari 70uchun, 5 — ulash, 6 — umumiy, 7 — joylashtirish va 0 — yig‘ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, prinsipial elektr sxemasi, gidravlik prinsipial sxema va boshqalar.
1. Strukturali sxema — buyum qismining asosiy funksiyasini, o‘zaro bog‘lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlarini to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarda tasvirlash qabul qilingan bo‘lib, ularga sxema elementlarining raqami, belgisi, turi yoziladi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
2. Funksional sxemada — buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.
3. Prinsipial sxemada — buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlarning barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra, sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘la ma’lumot beradi.
4. Birlashtirish (montaj) sxemasi — buyum qismlari orasidagi o‘zaro birlashishlar ko‘rsatiladi. Unda shunday birlashishlarni amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.
5. Ulash sxemasida buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birlashish (ulanish) joyi ko‘rsatiladi.
6. Umumiy sxemada kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida qanday montaj qilish haqida ma’lumot beradi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan
to‘g‘ri tasvirlanadi.
7. Joylashtirish sxemasida buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan qanday joylashtirilganligi ko‘rsatiladi.
8. Birlashtirilgan sxemada biror maqsadni ko‘zlab, ikki-uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), biriktirish va ulash sxemalari. Bunday biriktirishlar sxema turi va ko‘rinish hujjati bilan aniqlanishi lozim. Masalan, elektr prinsipial sxemasi va ulash sxemasi.
9. Kombinatsiyalashtirilgan sxemada buyum tarkibiga turli elementlarning ko‘rinishlari kiritilishi munosabati bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir qanchasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo‘ladi, masalan, elektr-gidravlik prinsipial sxema.
10. Turli k o ‘rinish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi.Sxemalarning shifri, ularni o‘qish, bajarishga qo‘yiladigan talablar ularda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilar standartlarda ko‘rsatilgan. Ish jarayonida standartlarning talabiga qat’iy rioya qilish talab etiladi.
Sxemaning shifri standartga muvofiq uning turini ko‘rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema — P1, kinematik funksional sxema — K2 va h.k.
Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o‘qish oson bo‘lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari, grafik belgilarni bog‘lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kesishadigan bo‘lishi hamda parallel bog‘lovchi chiziqlar orasidagi masofa 3 mm.dan kam bo‘lmasligi lozim.
Elektr sxemalarda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilarning o‘lchamlari standartda berilgani holda boshqa turdagi sxemalar elementlarining o‘lchamlari nisbati ularning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim.Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat raqam belgilari qo‘yiladi. Har bir elementning tartib raqami harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig‘i tokchasiga qo‘yiladi. Tokcha ostiga, kerak bo‘lganda, element to‘g‘risida tushuntirish yoziladi. Sxemalar harakatga keltiriladigan joydan boshlab o‘qiladi. O‘qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishini o‘qish qiyinlik qilsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o‘qish tavsiya etiladi.
Sxema elementlarining shartli grafik belgilari bog‘lanish chiziqlarining yo‘g‘onligida chiziladi. Bog‘lanish chizig‘i yo‘g‘onligi 0,2—1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar bir xil tanlangan yo‘g‘onlikda chizilishi shart. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan qabul qilingan vaziyatda chizilishi lozim. Lekin ba’zi maqsadlarni ko‘zlab, ularni 90° ga burib yoki 180° ga ag‘darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli-raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45° ga burib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.Sanoat va qurilishning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishga mo‘ljallangan.






Detal chizmasi




Yig‘ish chizmasi



Umumiy ko ‘rinish chizmasi


Gabarit chizma





Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish