4-ma’ruza. Mavzu: Amaliy dasturiy ta’minot. Oficce dasturlarining yangi versiyalaridan foydalanish. Nashriyot tizimida qо‘llanilarigan dasturlar va ularning imkoniyatlari. Bug‘alteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qо‘llaniladigan dasturlar



Download 98,78 Kb.
bet4/4
Sana23.06.2022
Hajmi98,78 Kb.
#694711
1   2   3   4
Bog'liq
4ma\'ruzaKTdocx

Ishlab chiqarilgan sana

Nomlanishi/versiya

Tarkibi

19.11.1990

Office 1.0

Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0

04.03.1991

Office 1.5

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0

08.07.1991

Office 1.6

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0, Mail
2.1

30.08.1992

Office 3.0, Office 92

CD-ROM versiya : Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail

17.01.1994

Office 4.0

Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0.

2-iyun, 1994

Office 4.3

Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0, Mail
3.2, Access 2.0.

3-iyul, 1994

NT 4.2 uchun Office




30.08.1995

Office 95 (7.0)

Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar

30.12.1996

Office 97 (8.0)

Word 97 va boshqalar

20-iyun, 1998

Office 97 Powered by Word 98 (8.5)

Word 98 olishning yagona usuli.

27.01.1999


Office 2000 (9.0)



Word 2000 va boshqalar; Windows 95 ko'tara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan to'xtatildi.

31.05.2001

Office XP (10.0)

Word 2002 va boshqalar

17.11.2003

Office 2003 (11.0)

Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari Windows XP ko'rinishida namoyon bo'ldi.

30.01.2007

Office 2007 (12.0)

Word 2007 va boshqalar;

12.05.2010


Office 2010 (14.0)



Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun so'nggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishi shu yilning 11- yanvar kuni to'xtatildi.

01.10.2013

Office 2013 (15.0)

Word 2013 va boshqalar

22.09.2015

Office 2016 (16.0)

Word 2016 va boshqalar

Microsoft Office 2019 (kod nomi — Office 17) — Microsoft Office 2016-dan keyingi Microsoft Office paketining versiyasi. ushbu Microsoft Office yangilanishi 2018 yil 24 sentyabr kuni Windows 10 va macOS uchun taqdim etildi. mahsulot besh yillik asosiy qo'llab-quvvatlashni oldi, keyin taxminan ikki yil uzaytirildi va uch yil to'lanadi (korporativ tashkilotlar uchun)



Microsoft Office 2021-Microsoft Office 2019-dan keyingi Microsoft Office paketining versiyasi. Chiqarish 2021 yil 5 oktyabrda , Windows 11 bilan birgabo'lib o'tdi. Dastlab, ushbu versiya Microsoft Office 2022 deb nomlangan.
Microsoft 365 (avval Microsoft Office 365) — "dasturiy ta'minot-as-a-Service"sxemasiga muvofiq obuna asosida tarqatiladigan veb-xizmatlar to'plamini birlashtirgan Microsoft kompaniyasidan dasturiy mahsulot. To'plam Microsoft Office platformasi, biznes-klass elektron pochtasi, aloqa va hujjatlarni boshqarish uchun funksionallik asosida turli dasturlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi. 2020 yil 21 aprelda Microsoft 365 shaxsiy va Microsoft 365 deb nomlangan yangi versiya avvalgi Microsoft Office 365 o'rniga uyda foydalanish uchun chiqarildi
Nashriyot tizimlari. PageMaker dasturi

Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo‘la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.bunda bo‘lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.


Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o‘rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo‘lib, turli chop qilish tezligiga ega bo‘ladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma maxsulotlar kkda tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko‘rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo‘ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo‘lish, matn bo‘laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o‘xshash ushbu sohada ko‘plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin.
Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo‘lgan LATEX taxrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operatsion sistemasining to‘liq versiyasi bo‘lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini tegishli belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Shundan so‘ng ro‘yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko‘proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o‘zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo‘limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to‘liq versiyasi bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nushasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Windows muhiti operatsion sistemaning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun operatsion sistemaning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga chop qshgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilagndan so‘ng, asl nusha maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi:
•Taxrirlangan qo‘lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;
•Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;
•Original maket (asl nusha) ni tayyorlash.
Ko‘rsatilgan rejani amalga oshirishda va ar bir sahifaning umumiy ko‘rinishini tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo‘lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish masalasini hal qilish lozim bo‘ladi. Ana shundan so‘ng, Page Maker dasturi yordamida asl nusha maketi tayyorlanadi. Agarda qo‘lyozma xajmi ma’lum bo‘lsa, sahifaning katta- kichikligini, suratlar va chizmalar egallaydigan joylarni, har bir sahifadagi ustunlar sonini va matning bosib chiqarish ko‘rinishini aniqlashimiz va sarlavhalarni turli ko‘rinishlarda ko‘rib chiqishiimz mumkin. Dasturda 17 xil ko‘rinishda to‘g‘ri chiziq, aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak belgilarini chizishimiz mumkin.
Page Maker dasturi uchun boshlang‘ich matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda matn yozish va shu kabi bir qancha amallarni bajarish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlashtirish uchun maxsus tuzilgan dasturlardir. Ushbu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy matnni tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni yana qaytadan o‘zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas.
Page Maker dasturi yordamida qo‘lyozmani kiritish, tahrirlash, qo‘lyozmani o‘qib chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni bajarish mumkin.
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o‘ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin u quyidagilarni qabul qiladi:
• Shriftlar(garnitura va kegl), interlinyash, bosh harf va kichik harflar, qo‘shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;
• Matn muxaririda o‘rnatilgan char chegara o‘zgarishsiz qoladi. Page Maker dasturi matn satrini ustun kengligida ajratadi;
• Matnning chap va o‘ng chegaralari Page Maker dasturi o‘rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matnlar faylida chap chegara 1 dyuym qilib belgilangan bo‘lsa, u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidang 1 dyuym joy qoldiradi;
• Enter va Return klavishlarining bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul qilinadi;
• Tabulyatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Rage Maker dasturida ustunning bitta satridagi tabulyatsiya simvollarining soni yigirmatadan oshmasligi kerak.
Siz ishlatgan shrift o‘rnatilgan printerda bo‘lmagan taqdirda ham Page Maker dasturi o‘sha shriftni eslab qoladi. Matnni chop qilishda o‘sha shriftga ko‘rinishi yaqin bo‘lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printerni almashtirib, kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin. Matnlarni ko‘pincha Page Maker dasturining o‘zida formatlash qulay hisoblanadi.
Ba’zi maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo‘lmasa siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to‘plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klavishasini bosib turgan holda nol raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali amalga oshiriladi. Maxsus simvollarga savdo markasining beligsi, mualliflik xuquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash simvollari, ochilgan va yopilgan qo‘shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifboning o‘ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar ishlatilayotgan matn muxaririda bu belgilar bo‘lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original maketni tayyorlagan paytda ularni Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin.
Savol va topshiriqlar:

  1. Amaliy dasturlar paketlari tarifi?

  2. Matn protsessorlari tushunchasi nima?

  3. Amaliy dasturlar paketining ishlash prinsipi?

Download 98,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish