operativ
xotira
(
RAM
—
Random Access Memory, operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo,
OZU
) deb ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu xotiraning oʻlchami dastur va
oʻyinlarning ishlash tezligiga katta taʻsir koʻrsatadi. Bu xotira turi oʻzi nima?. Bu xotira
turi vaqtinchalik axborotni oʻzida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab operativ
xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki operativ
xotiraning hajmi qancha katta boʻlsa, bir paytning oʻzida bir necha dasturlarni yuklab,
ish olib borishingiz mumkin boʻladi (misol uchun ashula eshitib, oʻyin oʻynash
mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab operativ xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan
chiqib ketib, yana shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq
amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab operativ xotiraga murojaat qiladi, agar u
yerda mavjud boʻlsa, oʻsha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni
boshlaydi.
Hozirgi zamonaviy oʻyinlar operativ xotiraning katta boʻlishini talab qiladi.
Agar operativ xotira talab darajasida boʻlmasa oʻyin oʻynash jarayoni sekinlashadi.
Shu sababli diskda sotib olingan oʻyin talablarini bir koʻzdan kechirish lozim. Operativ
xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda shu
xarakteristikalarga qaraladi. Operativ xotira hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota
miqdori. Operativ xotira hajmi megabaytlarda oʻlchanadi(lekin koʻpchilik
gegobaytlarga ham oʻtib ketishdi) 128, 256, 512, 1024, 2048…
Dastlab yuklangan dasturlar shu hajmda saqlanadi. Agar hajm toʻlib qolsa,
birinchi yuklangan maʻlumotlar oʻchiriladi. Operativ xotira chastotasi ishlash tezligini
aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers
(MGS) chastotali operativ xotira 100MB maʻlumotni 10 sekunda yuklasa, 1000MGS
li operativ xotira bu jarayonni 5 sekuntda amalga oshiradi.
Operativ xotira koʻrinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi
boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2,
DDR3 turlarga boʻlinadi. Soni kattasi yangirogʻi hisoblanadi. DDR1 eskiroq
hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud boʻlib, kam
boʻlgani sababli qimmatroqdir.Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir.DDR2
keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha.DDR3
zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi
1800 MGS gacha.
Kompyuter xotirasida dasturlar va qayta ishlanayotgan maʻlumotlar saqlanadi.
Xotiraning xar xil turlari va qurilmalari mavjud boʻlib, ularning asosiy xarakteristikasi
axborot sigʻimi va tez ishlashidir. Shaxsiy kompyuterninig xamma xotiralari tashkil
qilinishi xususiyatlariga va ishlatilishiga koʻra ichki va tashqi turlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |