4-ma'ruza. Mantiqiy fikrlash usullari



Download 169,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi169,06 Kb.
#211623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza.-Mantiqiy-fikrlash-usullari

3. Konkret fikrlash usuli. 

 

Insonning  xotira  mexanizmi  yaxshi  ishlashi  uchun  axborotning 



strukturasi  biror  matrisaga  yoki  assosatsiyaga  bog'langan  bo'lishi  zarur. 

Yuqoridagi usullar matrisali va assosatsiyali fikrlash usullari unchalik katta 

bo'lmagan parchalar bilan ishlashda yaxshi samara beradi.  

Yirik  matnlarni  yod  olish  jarayoni  biroz  murakkabroq  kechadi. 

Birinchidan, katta hajmdagi matnni yod olish uchun juda ko'p matritsalar 

zarur. Ikkinchidan, yirik matn uzun mantiqiy zanjirga ega bo'lib, xotirada 

yaxshi  saqlanmaydi.  Uchinchidan,  matnni  chuqur  bilib  olish  uchun  uni 

yaxlit ko'ra bilish zarur. 

Yirik matnli axborotlar ikki xil mazmunga ega bo'lishi mumkin - konkret 

va abstrakt. Konkret mazmunli matnni o'qiganimizda tasavvurimizda uni 

ko'rishimiz,  eshitishimiz,  ushlab  sezishimiz  va  boshqa  sezgilardan 

foydalanishimiz  mumkin  bo'ladi.  Abstrakt  matnda  shunday  narsalar 

bo'ladiki, ularni na ko'rib, na eshitib va na boshqa sezgilar orqali his qilib 

bo'ladi. 

Konkret  mazmundagi  matnlarni  esda  saqlash  uchun  uning  syujeti 

dinamik tarzda o'zgarib turishi va ma'lum sezgilar bilan bog'lanishi lozim. 

Ko'pchilik  uchun  matnli  axborot  zerikarli  hisoblanadi.  Ular  bunday 

axborotni ko'rganda ko'z yugurtirib, tez-tez varaqlab otib ketishadi. 

Uzun  matn  o'qilganda  TX  registri  to'lib  qoladi  va  kitobxon  umumiy, 

yaxlit tasvirni ko'rolmaydi. Uning nigohi faqat ayrim obrazlarga qaratilgan 

bo'ladi.  Buni  xuddi  qorong'ida  mashinada  ketayotganda  yo'lning  faqat 

faralar bilan yoritilgan qismini ko'rishga o'xshatish mumkin. Agar matnni 

o'qiyotganda  yaxlit  tasvirni  hamda  mayda  detallarni  ham  ko'rgan  holda 

nigohimizni o'zgartira olsak, bunday o'quv materiali esda yaxshi saqlanib 

qo'ladi. 

Bizga  ma'lumki,  xotira  apparatida  nutq  muhim  ahamiyatga  ega.  O'z 

fikrimizni  erkin  bayon  qilish,  ichki  ekranimizdagi,  tasavvurimizdagi 

obrazlarni  ovoz  chiqarib  gapirisha  olishimiz  juda  zarur.  Chunki,  inson 

gapirganida  xotira  mashqi  eng  avjiga  chiqadi,  inson  miyasida  axborotni 

ishlash jarayonlari sur'ati keskin oshib ketadi.  

Matnni qayta o'qishda miya bunchalik darajada faol bo'lmaydi. Matnni 

ichdan qayta-qayta o'qiganda material faqat tushunib olinadi, lekin bu esda 

saqlab qolindi degani emas. 

 


Download 169,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish