2. Ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi.
(P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib,
o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi.
(J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab
turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).
3. Sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt YUlduzning dugonalari
o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).
4. Bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: U qator o‘sgan
chinorlar kavagidan bittadan ettita xum olib ularga beribdi. (S.Ahmad). Turmushning
yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur»).
5. Sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra
paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov).
6. Taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan
mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar
negadir hiring-
hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov).
7. Frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi.
(F.Musajonov).
Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon?
qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar
bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan:
Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun
olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga
yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov).
YOshligingda odat qilsang, qariguncha
ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er
atangan, qirqida SHer atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida
aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga
chiqdik. (O.YOqubov).
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: SHunday diqqat bo‘lgan
kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad).
Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi.
(J.Abdullaxonov).
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: YAngi yilgacha
yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i
tushgunga qadar
barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon allamahalgacha
uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi.
(J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov).
O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, qaerda?
qaerdan? qaerga? qaergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda
ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan
shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi.
(S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik).
Osmoni falakka burgut
qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad).
O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil:
1. Ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qaerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U o‘rin
ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan
ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi turibdi. (P.Qodirov).
YUqorida ... bola shatirlashni eshitgan zahoti bu tomonga qarab chopgan edi. (P.Qodirov).
Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida
o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov).
2. Ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng so‘nggi
chegarani bildirib, qaerga? qaergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U Tolibjonga
ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). Ishkomlar tunnel
singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar
Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xolla,-
eshikkacha kuzatib
qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov).
3. Ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qaerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi:
Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir hoshiya tortib
kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . (J.Abdullaxonov).
Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga
qaradi. (J.Abdullaxonov).
Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima uchun? nima
sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi ko‘makchilari
yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan:
U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq ko‘rinayotganini ham seza
boshladi. (J.Abdullaxonov). Samolyot yomg‘irdan qorayib yotgan beton yo‘lkadan shiddat
bilan yugurgilab bordi. (O‘.Hoshimov). Muvaffaqiyatsizliklardan ranjishlar yo‘llariga
g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang
ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov).
Hozirgina savdosi yaxshi
bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. (S.Ahmad).
Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun?
nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi so‘zlari,
shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi.
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z birikmasi
bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil bosaman.
(P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. (S.Ahmad). ... Votti kennoyi
andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. (J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha?
necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz
so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos
qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular
dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab
etishadi. (A.Qahhor). Elkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi.
(J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta»,
«karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Etti o‘lchab, bir kes.
(Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq
ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan:
Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov).