6. Dizel yonilg`isining bug`lanuvchanligi
Dizel yonilg`isi optimal bug`lanuvchanlikka ega bo`lishi lozim. Yonilg`ini havo bilan aralashishi uchun yonilg`i bug`lanishi lozim. Yonilg`i-havo aralashmasi yonish kamerasidagi zaryad aralashmani alangalanishining quyi chegarasida yonadi. Bundan aralashma hosil bo`lish tezligi dvigatel tsilindriga purkalgan yonilg`ining to`la bug`lanishi quyidagi omillarga bog`liq bo`lishi ko`rinadi: harorat, bosim, havoning yonish kamerasidagi uyurma harakati, purkash sifati va yonilg`ining bug`lanuvchanligi.
Yonilg`ining purkalishi qanchalik yaxshi bo`lsa (yonilg`i qanchalik mayda purkalsa), bug`lanish sirti shuncha ortadi. Bundan tashqari yonilg`ini to`zitilishidagi tomchilar diametrini kichiklashishi ularni qizish tezligini oshiradi. Buning natijasida purkash sifati ortishi bilan birga purkalayotgan yonilg`ining bug`lanish tezligi ortadi.
Bug`lanuvchanligi yomon bo`lgan va yuqori haroratda qaynaydigan yonilg`i ishlatilganda, bug`lanish tezligi shu darajada sust bo`lishi mumkinki, bunda yonilg`i gaz holatiga o`tishga ulgurmaydi va buning oqibatida to`la yonmaydi. Natijada yonilg`i sarfi ortadi, gilza devorlaridan moy pardasini suyuq yonilg`i bilan yuvilishi tufayli tsilindr-porshen guruhi detallarini yeyilishi ortadi.
Dizel yonilg`isining bug`lanuvchanligi uning fraktsion tarkibi bilan baholanadi. Bu tarkib dizel yonilg`isining bug`lanishini ko`rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg`i hajmi (umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida) bilan yonilg`i (yonilg`i haydaladigan) harorati orasidagi bog`liqlikni belgilab beradi. Bu haroratlar yonilg`ining yurgazib yuborish xususiyatlariga ta`sir ko`rsatadi: yonilg`i tarkibida nisbatan yengil fraktsiyalar qanchalik ko`p bo`lsa, yonilg`i purkalgandan so`ng shuncha tez bug`lanadi; bunda yonilg`ining to`liq yonishi, kam tutun chiqarishi va dizelning oson yurgazib yuborilishi ta`minlanadi.
Shunga qaramasdan yonilg`ida oson bug`lanadigan fraktsiyalarning juda ko`p bo`lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg`i kuchli yonadi, buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o`ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba`zan to`xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgazib yuborish mumkin bo`lmaydi). Shuning uchun ham yengil fraktsiyalarning miqdori cheklanadi.
Shu bilan birga yonilg`ida og`ir fraktsiyalar bo`lishi yonilg`ini ancha yuqori haroratlarda haydalishiga olib keladi, natijada yonilg`i aralashma hosil bo`lish jarayonini yomonlashtiradi, yonilg`i ko`p sarf bo`ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va kuyundi ko`p hosil bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlarga ko`ra dvigatel oson ishga tushishi uchun yonilg`i shunday bug`lanuvchanlikka ega bo`lishi kerakki, bunda o`z-o`zidan alangalanish sodir bo`ladigan paytda alangalanish hosil bo`ladigan chegarada zarur yonilg`i-havo aralashmasi hosil qilinishi lozim.
Dizel yonilg`isining o`t olish xususiyati yonilg`ining 50 foizini qaynash harorati bilan baholanadi.
Dizellar uchun t50%q255-2800C va t96%q330-3400C bo`lgan qishki yonilg`ilar, hamda t50%q2800C va t96%q3600C bo`lgan yozgi yonilg`ilar ishlab chiqariladi. Bunday fraktsion tarkibli dizel yonilg`isi yonilg`ini to`la yonishini va dvigatellarni yumshoq ishlashini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |