4-ma’ruza Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo. Virtual laboratoriyalar va ular bilan ishlash



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana27.06.2022
Hajmi1,46 Mb.
#711046
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
4-maruza

 


 
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?
Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish 
chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari 
ham topshiriladi. 
Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi 
bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “
Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli 
imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish
” 
xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu 
havola
ga kirib, shu yerdan xizmat 
ko‘rsatuvchini tanlang. 
Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
1.
O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti 
sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza; 
2.
Arizachining pasport nusxasi; 
3.
Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z 
qo‘li bilan imzolagan shartnoma; 
4.
Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi 
kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi. 
Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar 
ham talab qilinishi mumkin. 
ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish 
haqining 10 foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. Buni Click, 
MBANK, UPAY to‘lov tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish 
mumkin. 
Natija
Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat 
ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari 
kalitlari sertifikatlari beriladi. 


 
 
O’zbekiston Respublikasida raqamli imzo haqida qonun
 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron 
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda 
maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash 
va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beradigan imzo. 
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo 
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning 
o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish 
uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. 
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo 
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq 
kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana 
oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash 
uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. 
Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini 
davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni 
ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita 
tizimidagi «
UNICON.UZ
» – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi 
Davlat unitar korxonasi qoshidagi Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga 
olish markazi tomonidan amalga oshiriladi. 


Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli 
imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda 
foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan: 
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining 
butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat 
qilish; 
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli 
elektron identifikatsiyalash tizimini yaratish; 
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana 
olishning ajratilishini ta’minlash; 
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini 
boshqarish tizimini yaratish. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi 
Qonun talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni bajaradi. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron 
raqamli imzo kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro 
tavsiyalarida belgilangan formatdan foydalanadi. 
Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy 
boshqaruvni oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini 
ro‘yxatga olish markazi funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq 
kalitlari sertifikatlarining muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy 
boshqaruvning dasturiy ta’minoti o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni 
ro‘yxatga olish markazini uzoqdan turib boshqarilishini ta’minlaydi. 
Elektron raqamli imzoning e-biznesdagi ahamiyati, O‘zbekistonda joriy 
etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari. 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish