Ishni bajarish tartibi: STAB metodi yordamida o’simlik to’qimalaridan genom DNK ajratish Genom DNK sini ajratish: Barg suyuq azotda muzlatilib, gomogenizatsiya qilinadi (16-rasm).
600 mkl 2xSTAB solinadi va 600 C avtoblotga 20 minutga qo’yiladi (har 5 minutda aralashtiriladi).
Ustiga 600 mkl xloroform:izoamil (24:1) solinib, 2 minut qattiq aralashtiriladi.
5 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatantning yuqorisidan 600 mkl boshqa probirkaga olinadi.
Ustiga 60 mkl 10x STAB solinib aralashtiriladi.
Keyin ustiga 600 mkl xloroform:izoamil (24:1) solinib, 2 minut qattiq aralashtiriladi.
5 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatantning yuqorisidan 600 mkl boshqa probirkaga olinadi.
Ustiga 1:1 nisbatda STAB precipitation solinadi va 600 C avtoblotga 30 minutga qo’yiladi.
3 minut/14 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatant to’kiladi.
Cho’kma ustiga 300 mkl High salt solinadi va 5 minut vorteks qilinib, so’ng 15 minut xona haroratida saqlanadi.
Ustiga 180-200 mkl izopropanol solinadi va 2 minut sekin aralashtiriladi. Keyin -200 C ga 20 minut qo’yiladi.
15 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatant to’kiladi.
Cho’kma ustiga 600 mkl 70 % li spirt solinib, 5 minut aralashtiriladi.
3 minut/14 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va spirt to’kiladi. (cho’kma spirt bilan 2 marta yuviladi).
Cho’kma, ya’ni DNK kontsentratorda 10-15 minut quritiladi.