4-Laboratoriya ishi Mavzu: Internetdan ma’lumot qidirib topish va undan foydalanish Ishning maqsadi



Download 3,12 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#259417
Bog'liq
3-Internetdan ma’lumot qidirib topish va undan foydalanish


4-Laboratoriya ishi

Mavzu: Internetdan ma’lumot qidirib topish va undan foydalanish
Ishning maqsadi:

a) Talabalarda Internet Explorer dasturi haqida tushuncha hosil qilish hamda unda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.

b) Talabalarda Internet xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish hamda internetdan ma’lumotlar olishni o‘rgatish.

Masalaning qo‘yilishi: bеrilgan topshiriqlarga yozma javob yozing va amaliy bajaring.
Topshiriqlar:
1. Brauvzer nima. Qanday brauvzerlarini bilasiz. Internet Explorer brauvzeridan foydalanish.

2. Internet provayder nima. O‘zbekistondagi internet provayderlari nomi va web sahifa manzillarini ayting.

3. World Wide Web xizmati (WWW) nima?

4. Internetga bog‘lanishning qanday usullari bor.

5. Internet sahifalari (web sayt) deganda nimani tushunasiz?

6. Internet va intranet?

7. Internetda ishlatiladigan turli fayllar turi (kengaytmasi) ro‘yxati.

8. Internet qidiruv tizimlari (katalog-serverlar)?

9. ICQ – rambler, Agent – mail xizmati haqida ma’lumot bering.

10. Internetdan biror ma’lumotni qidirish va undan foydalanish.

11. Internetda topilgan ma’lumotdan nusxa olish.
Amaliy topshiriqlar

1. Internetdan sport haqida ma’lumot beruvchi saytlar topilsin.

2. Internetdan ob-havo haqida ma’lumot beruvchi saytlar topilsin.

3. Internetdan Yangiliklar haqida axborot beruvchi saytlar topilsin.

4. Internetdan moda-dizayn haqida ma’lumot beruvchi saytlar topilsin.

5. Internetdan ta’lim sohasiga bog‘liq bo‘lgan saytlar topilsin.

6. Internetdan davlat hokimiyati haqida ma’lumot beruvchi saytlar topilsin.

7. Internetdan ma’ruza matnlar, o‘quv darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar mavjud bo‘lgan saytlar yoki portallar topilsin.

8. Internetdan O‘zbekistondagi gazeta va jurnallarning web-manzillari topilsin.

9. Internetdan musiqa bilan bog‘liq ma’lumot beruvchi saytlar topilsin.

10. Internetdan elektron kutubxonalarning saytlari topilsin.

11. Internetdan provayder va uyali aloqa operatorlari sayti topilsin.

12. Internetdan televidenie va radio (FM) kanallarining sayti topilsin.

13. Internetdan ijtimoiy tarmoqlar saytlari topilsin.

14. Internetdan tijorat, savdo-sotiq bilan bog‘liq saytlari topilsin.

15. Internetdan konferensiyalar yoki kitoblar haqidagi saytlari topilsin.



2-amaliy topshiriq

1. Internetdan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish uchun topilgan ma’lumotlardan nusxa ko’chirish va undan foydalanish bo’yicha amaliy ishlar bajarilsin.

2. Talabalar o’rtasida topilgan saytlarni almashinib foydalanib ko’rish amalga oshirilsin.
Internetga kirish uchun dastlab ekrandagi Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Natijada Internet Explorer brouvzerining ishchi oynasi hosil bo‘ladi. Uning yuqori qismidagi Адрес: oynasiga biz kirmoqchi bo‘lgan sayt manzili yozilib, [Enter] tugmasini bosamiz.

Biron ma’lumot qidirmoqchi bo‘lsak, qidiruv tizimlaridan foydalanishimiz mumkin. Bular: www.ya.ru, www.rambler.ru, www.google.uz va boshqalar. Misol uchun, biz Yandex qidiruv tizimida ishlamoqchi bo‘lsak, ro‘yxatlar satridan http://www.yandex.ru yozuvini tanlaymiz yoki qisqa www.ya.ru qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosamiz.




Natijada Яндекс ning qidiruv sahifasi ochiladi.

Sahifa orqali bugungi kunga qadar to‘plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Яндекс ning qidiruv oynasiga Алишер Навоий so‘zini yozamiz va Найти yoki [Enter] tugmasi bosiladi.



Natijada shu jumla yoki so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (sahifalar) ro‘yxati kichik izohlari bilan paydo bo‘ladi. Biz kichik izohlar orqali o‘zimizga tegishli sahifani to‘liq ko‘rish uchun shu sahifa ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib borib, chap tugmasini bosamiz. Masalan, Alisher Navoiy haqida ma’lumot olmoqchimiz.

Yuqoridagi oynaga shu yozuvni kiritib, Найти! (yoki [Enter]) tugmasini bossak, quyidagilar paydo bo‘ladi:


Q idiruv natijasida 3238 sahifa aniqlangan, shundan dastlab, 1-15 gacha bo‘lganining ro‘yxati ekranda Sarlavhasi, kichik izohi, sayt manzili bilan keltirilgan. Biz kichik izohlarni o‘qigan holda o‘zimizga keraklisini tanlab, sichqonchaning tugmasini bosamiz. Aytaylik, 3- o‘rindagi ma’lumot kerak bo‘lsin, u holda yangi oynada shu ma’lumotni to‘liq sahifasi paydo bo‘ladi.

H ar qaysi qatordagi sahifalarni shu orqali ko‘rish va undan ma’lumot olish mumkin. Bunda tanlangan har bir sahifaning to‘liq matni alohida oynada hosil bo‘ladi. Topilgan sahifaning birontasiga kirish usuli. Kerakli yozuv tanlanadi yoki menyu chiqarilib Открыть bosiladi.

1. Alohida sahifada shu ma’lumotning to‘liq qismi namoyon bo‘ladi.

2. Topilgan sahifadan ma’lumot olish. Kerakli ma’lumot belgilanadi.




  1. Belgilangan soha ustida menyu chiqarilib, Копировать bosiladi.


4. Microsoft Word dasturiga kiriladi, kursor turgan joyda menyu chiqarilib, Вставить bosiladi


5. Word dasturida Алишер Навоий haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.






6. Rasmlarni olish usuli. Rasm tanlanadi, menyu chiqariladi, Копировать bosiladi.

8. Topilgan sahifalardan boshqalariga kirish. Masalan, Rasmlar bilan bog‘liq sahifalar.



Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish