Kogerent to‘lqinlar deb chastotalari bir xil, fazalar farqi vaqt davomida o‘zgarishsiz qoladigan garmonik to‘lqinlarga aytiladi.
Interferensiya - chekli sohadagi diskret kogerent to‘lqin manbalaridan chiqayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik (yorug‘lik oqimi)ning qayta taqsimlanishidir. Difraksiya - uzluksiz (ketma-ket) joylashgan kogerent to‘lqin manbalari yuzaga keltirayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik(yorug`lik oqimi)ning qayta taqsimlanishidir. Difraksiya to`lqinlarining geometrik soya sohasiga tarqalishi, ya`ni
yorug`lik nuri tushmaydigan sohaga tarqalishi orqali namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |