Ishning maqsadi:
Kogerent elektromagnit to‘lqinlarning qo‘shilish jarayonini modellashtirish bilan tanishish.
Ikkita manba(tirqish)dan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining o‘zaro ta'sirlashishi qonuniyatlarini tajribada tekshirish.
Qisqacha nazariya:
Difraksiya va interferensiya hodisalari bir-biridan fizikaviy jihatdan katta farq qilmaydi. Ikkala hodisa ham to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida yorug‘lik oqimi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi tufayli yuzaga keladi.
Kogerentlik - bir nechta tebranma yoki to‘lqin jarayonlarning o‘zaro muvofiqlashgan holda kechishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |