Terminning o‘zbek tilidagi ma’nosi
|
Terminning rus tilidagi ma’nosi
|
Terminning inglizcha nomi
|
Terminning izohi
|
Xususiy va umumiy tilshunoslik
|
Mалая и большая лингвистика
|
Micro and macro linguistics
|
Xususiy tilshunoslikda ma’lum bir tilning grammatikasi masalan, o‘zbek, rus, nemis tilining grammatikasi tekshiriladi. Umumiy tilshunoslikda esa til va jamiyat munosabatlari, uning taraqqiy etishi kabi masalalar o`rganiladi.
|
Umumiy
|
Всеобщий
|
General
|
Bu termin tilning xususiyatiga xos bo‘lib, u umumiy hisoblanadi. Chunki til jamiyat tomonidan yaratilgan.
|
Turg‘unlik
|
Постоянство
|
Static
|
Til unsurlari, ya’ni fonema, morfema va so`z statik holatda bo‘lib, ular nutqqa ko`chgandan keyingina faollashadi, o`zgaruvchan bo`ladi.
|
Mavhumlik
|
Абстрактно
|
Virtual
|
Til unsurlari, ya’ni fonema, morfema va so‘z virtual holatda bo`lib, ular nutqiy jarayonda inson tomonidan aniq maqsadda qo`llanadi. Uni inson faollashtiradi.
|
Morf
|
Mорф
|
Morf
|
Nutqning eng kichik ma’noli birligi
|
Morfema
|
Moрфема
|
Morpheme
|
Tilning eng kichik manoli birligi
|
Allomorf
|
Aлломорф
|
Allomorph
|
Morfemaning variant
|
Allofon
|
Aллофон
|
Allophone
|
Fonemaning variant
|
Predikativlik
|
Предикативность
|
Predicative
|
So‘zlovchining voqelikka munosabati
|
Denotat
|
Денотат
|
Denotant
|
Narsa yoki hodisa
|
Signifikat
|
Сигнификат
|
Significant
|
Ma’no yoki tushuncha
|
Piktigrafiya
|
Пиктография
|
Picturegraphos
|
Rasmlarga asoslangan yozuv
|
Geneologik tasnif
|
Генеологическая классификация
|
Geneological classification
|
Tillarni oilalarga bo‘linishi (til oilalari tasnifi)
|
Segment
|
Сегмент
|
Segment
|
Ifoda materialiga ega bo‘lgan til unsurlari
|
Supersegment
|
Суперсегмент
|
Supersegment
|
Ifoda materialiga ega bo‘lmagan unsurlar (bo‘g‘in, urg‘u, ohang)
|
Agglyutinativ
|
Агглютинатив
|
Agglutination
|
Yopishtirilgan degan ma’noni bildiradi. O‘zakka qo‘shilayotgan har bir qo‘shimcha grammatik ma’no ifodalaydi
|
Distributsiya
|
Дистрибуция
|
Distrubation
|
Ma’no qurshovida kelgan tushunchalar
|
Jumla
|
Фраза
|
Phrase
|
Nutqning ikki pauzasi oralig‘idagi ohang butunligi
|
Takt
|
Такт
|
Tact
|
Jumla ichidagi ohang butunligi
|
Fleksiya
|
Флекция
|
Flection
|
O‘zak tarkibidagi tovushning o‘zgarishi
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kengashining 2020-yil “29” avgustda tasdiqlangan “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Ishchi fan dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2021-yil “___” avgustdagi “_” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
I.M.Pardayeva
|
- SamDCHTI “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, PhD.
|
M.A.Xalova
|
- SamDCHTI “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, PhD.
|
Taqrizchilar:
S.Umirova - SamDU O’zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi,(PhD).,
A.Turobov- SamDCHTI, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi f.f.n., dotsent
“O‘zbek tili va adabiyoti”
kafedrasi mudiri:
2021-yil “____” ___________ prof. X.Xayrullayev
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha
nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma
nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish,
talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda
o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llanadigan
terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning
rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va
rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini
takomillashtirish va savodxonlikni oshirish.
Fanning vazifasi - mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha
sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri
foydalanishga erishishni ta’minlash; egallanayotgan soha bo‘yicha
nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki
nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zlashtirishga va ularga
nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy normalariga muvofiq holda
ifodalashga erishishni ta’minlashdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- og‘zaki va yozma nutqni egallashlari uchun adabiy til va uning me'yorlariga amal qilish fanning asosini tashkil etishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- o‘zbek tilining so‘z boyligi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda gaplarni to‘g‘ri
tuzishi, uslubiy qo‘llanishlarni bilishi;
- o‘z fikrini og‘zaki va zma tarzda o‘zbek tilining grammatik qoidalari me'yorlariga amal qilgan holda mustaqil ifodalay olishi;
- davlat tilida yetarli darajada yozma savobxonlikka ega bo‘lishi, o‘zbek tilida rasmiy ish yurita olishi;
- o‘zbek tilini o‘z ona tili va o‘rganayotgan xorijiy tillarga qiyoslash va farqli jihatlarini aniqlay olishi, tilda to‘g‘ri va ravon so‘zlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |