O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i
Mustaqil O’zbekistonning ramzlari : bayrog’i , gerbi va madhiyasi muqaddasdir. Ularning har biri mamlakatimizni boshqa mamlakatlardan ajratib beruvchi belgilardir. Shu bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov juda to’g’ri aytganlariday “Ramzlarimizning har biri milliy g’ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi” . O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyada 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan arixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy – madaniy an’analarini mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang – Tinchlik mazmunini aks etgan mangu osmon va obi – hayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon – shuhrat va sadoqatni bildiradi.
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas Tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, soflik, beg’uborlik timsolidir.
3. Bayroqdagi yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, shodumonlik timsoli hisoblanadi .
4. Bayroqdagi qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir .
5. Bayroqdagi navqiron yarimoy tasviri – bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq .
6. Bayroqdagi yulduzlar – barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy, timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, o’z tuprog’ida xodatga intilishi ramzi sifatida tuzilishi lozim.
Vatan!
Vatan – har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota – ona, aka – uka, opa – singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi. Ona – Vatan shunday tushunchaki, u kishi qalbida hech qachon o’zgarmaydi. Vatanga muhabbat tuyg’usi ona suti bilan qonga kiradi. Bu aziz tuyg’uni ona allasi parvarish etadi, voyaga yetkazadi.
Inson o’z vatanida kamol topadi, qadrlanadi. Hayot maktabini o’taydi. Farovonlik va baxt – saodatga erishadi. Ayniqsa mustaqillik tufayli O’zbekistonning shon –shuhrati, moddiy va ma’naviy boyligi butun jahonga taraldi. O’zbekiston 100 dan ortiq G’arb va Sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy, ma’naviy jihatdan aloqalar o’rnatdi. Vatanimiz o’z bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga ega. Jahon bo’ylab hilpirab turgan O’zbekiston bayrog’ida xalqimizning ruhi, g’urur – iftixori, qudrati, orzu – intilishlari mujassamlashgan.
Vatan ham, Vatanga muhabbat tuyg’usi ham ilohiy bir ne’mat, shuning uchun ham u har bir kishiga aziz va muqaddasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |