4 d a r s I s h L a n m a s I


Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I



Download 0,6 Mb.
bet34/35
Sana13.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#548972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
6-leksiya

Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Hujjatni qog’ozga chop etish mushkil ish emas. Buning uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usuli. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga bujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.
Hujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напе­чатать) bandlaridan iborat. Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (нумера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'hb, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi.





Barchasi ko'rsatmasi tanlansa, hujjat to'Iig'icha (barcha sahifasi) chop etiladi. Joriy ko'rsatmasida joriy sahifa (yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko'rsatmasi tanlansa, unga tegishli oyna faollashadi. Bu oynaga chop etilishi lozim bo'lgan sahifalarning tartib raqamlari yoziladi. Masalan, unga 1,3,5—12 yozilgan bo'lsa, birinchi, uchinchi hamda beshinchidan o'n ikkinchigacha sahifalar chop etiladi. Ajratilgan qism ko'rsatmasini faqatgina matnning biror qismi belgilangandagina tanlash mumkin. Bu holda hujjatning belgilangan qismi chop etiladi.
Nusxalar bandida nusxalar soni (число копий) va nusxalar bo'yicha ajratish (разобрать по копиям) ko'rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qay tartibda chop etilishini ko'rsatadi. Biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo'lsin. U holda nusxalar soni oynasiga 3 raqami yoziladi. Nusxalar bo'yicha ajratish ko'rsatmasi belgilangan bo'lsa, awal hujjatning birinchi nusxasi to'Iig'icha chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so'ngra uchinchi nusxasi chop etiladi. Agar bu ko'rsatma belgilanmagan bo'lsa, awal hujjatning birinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi, keyin ikkinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi va hokazo.
Masshtab bandida qog'ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko'rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni (число страниц на листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 страница), 2 sahifa (2 страницы), 4 sahifa (4 страницы) va hokazo ko'rsatmalardan biri tanlanadi.
Qamrov bandida barcha sahifalar (Все страницы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные
страницы) ko'rsatmalaridan biri tanlanadi. Barcha sahifalar ko'r­satmasi tanlansa, hujjat yoki uning belgilangan qismi to'Iig'icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalari chop etiladi.
Printer bandida printer ha-qida ma'lumot hamda Xususiyatlar (Свойства) tugmasi bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar tugmasi bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni aytish lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil bo'ladi. Shunga ko'ra xususiyatlar lavhasining ko'rinishi va undagi axborotlar ham turlicha bo'ladi.
Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo'lib, quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta'kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas, Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xustisiyatini „HP LaserJet 1300" rusumli printer misolida ko'ramiz. Mazkur printerning xususiyatlari lavhasi yuqoridagi rasmda keltirilgan. Lavha bir nechta bo'limdan iborat bo'Iib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov (Оконч. обработка) bo'limiga kiriladi. Undagi Hujjat parametrlari (Параметры документа) bandidan Ikkala tomoniga chop etish (Печать на обоих сторонах) ko'rsatmasini tanlanadi. Buklet maketida (Макет буклета) taklif etilgan ko'rsatmalardan Chap tomondan muqovalash (Переплет по левому краю) ko'rsatmasi tanlanadi. OK tugmasi bosilsa, yana Chop etish lavhasiga qaytiladi. Bu lavhadagi OK tugmasi bosilsa hujjat chop etila boshlaydi. Avval hujjatning bir qismi (yarmi) qog'ozning bir tarafiga chop etiladi. Chop etilgan qog'ozlarning tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning qolgan qismi qog'ozning orqa tomoniga chop etiladi. Chop etib bo'lingan qog'oz varaqlarini tekislab, ikkiga buklasangiz kitobcha hosil bo'ladi.
Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o'ng tomondan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet maketida tegishli ko'rsatma tanlanadi.






Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish