4. BUDJET TASHK1LOTLARIDA QO‘LLANILADIGAN
SINTETIK VA ANALITIK HISOB REGISTRLARI
Buxgalteriya hisobining registrlari bo‘lib ikki yoqlama yozish
usullariga muvofiq yuritiladigan jumallar, vedomostlar, kitoblar,
kartoehkalar va tasdiqlangan blank(shakl)lar xizmat qiladi.
Operatsiyalarning hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi.
Sintetik hisob registri bo'lib faqat ≪Bosh-jumal≫ kitobi (308- shakl)
hisoblanadi.
Analitik hisob registrlari bo‘lib:
1. Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi) (292-shakl);
2. Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari (294-shakl);
3. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar
kartochka (binolar, inshootlar, uzatkich qurilmalari, mashinalar va uskunalar,
asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarian
hamda transport vositalari hisobi uchun) (AV-6-budjet- shakl);
126
4. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisob bo‘yicha inventar
kartochka (chorva mollari, ko‘p yillik daraxtlar va yerlami yaxshilashga
doir kapital xarajatlar uchun) (AV-8-shakl);
5. Asosiy vositalar guruhini hisobga olish bo‘yicha inventar kartochka
(kutubxona fondlari va sahnalashtirish vositalari hisobi uchun) (AV-9-
shakl);
6. Asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar katochkalar ro‘yxati
(AV-10 -shakl);
7. Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati (AV-13- shakl);
8. Asosiy vositalar bo‘yicha aylanma vcdomost (326-shakl);
9. Chorva mollarini hisobga olish daftari (395-shakl);
10. Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo‘yicha yig‘ma vedomost
(300-shakl);
11. Oziq-ovqat mahsulotlari xarajati bo‘yicha yig'ma vedomost
(399-shakl);
12. Materiallarning ombordagi hisobi daftari (M-17-shakl);
13. Moddiy qiymatliklarning miqdoriy-summali hisobi daftari
(kartochkasi) (296-shakl);
14. Singan idishlarni ro'yxatga olish bo‘yicha kitob (325-shakl);
15. Deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi
bo‘yicha kitob (441-shakl);
16. Bolalar muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning otaonalari
bilan hisob-kitoblar vedomosti (327-shakl);
17. Ish haqi va stipendiya berish uchun tarqatuvchilarga berilgan
pullami hisobga olish daftari (f. 320);
18. Qat’iy hisobotdagi blanklami hisobga olish daftari (448-shakl);
19. Aylanma vedomost (285-shakl);
20. Material zaxiralar bo‘yicha aylanma vedomost (M-44-shakl);
21. Kassadan hisobdor shaxslarga pul berish vedomosti (317-shakl);
22. ≪Kassa≫ kitobi (ko-4-shakl);
23. Kartochka-ma’lumotnoma (417-shakl) va boshqalar hisoblanadi.
Agar analitik hisob kitoblarda emas, balki kartochkalarda tashkil
qilingan bo‘lsa, u holda kartochkalar har bir birinchi tartibli schyot
bo'yicha olib boriladigan kartochkalar reestrida ro'yxatga olinadi.
Memorial-orderlar ≪Bosh-jumal≫ kitobida (308-shakl) ro‘yxatga
olinadi. ≪Bosh-jumal≫ kitobi o‘tgan yilning yakuniy provodkalari
yozilgan va qoldiqlar chiqarilgan ≪Bosh-jumal≫ kitobiga muvofiq yil
boshiga qoldiqlami ko'chirib yozish bilan ochiladi. Unga yozuvlar
memorial-orderlar tuzilishi bilanoq, memorial-orderlar-yig‘uvchi
vcdomostlar tuzilganda esa oyiga bir marotaba yoziladi. Memorialordeming
summasi dastlab ≪Order bo'yieha≫ ustuniga, keyin esa tegishli
subsehyotlarning debetiga va kreditiga yoziladi. Bareha subschyotlar
bo‘yicha oylik aylanma summasi debet bo'yieha ham, kredit bo'yieha
ham ≪Order bo'yieha summa≫ ustunning jamiga teng bo'lishi kerak.
Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorga har bir subschyot bo'yieha
kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |