Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OS ning muxim vazifasi- tizimli programma taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli programma taminoti (TPT) apparat vositalari ustiga qurilgan usqurtma bo`lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o`ng`ay qiladi. EXM samaradorligini oshirish uchun OS EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.
OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan:
OS bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat malum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OS ning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis programmalariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida o`qish-yozishni amalga oshirishni OS o`z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi programmalar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham, amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan .
OS turlari. OSlar foydalanuvchiga ko`rsatilgan interfeys turlari bo`yicha sinflarga ajratiladi. Lekin bu ajratish (qatiy) emas va sinflar o`zaro kesishishi mumkin. quyida malum bir shartlar (kriteriyalar) bo`yicha operatsion tizimlari sinflarga ajratish keltirilgan.
|
Kriteriya
|
1-sinf
|
2-sinf
|
1
|
Muloqat turi bo`yicha
|
Paketli qayta ishlash tizimi
|
Diologli tizim
|
2
|
Foydalanuvchilar soni bo`yicha
|
Bir programmali tizim
|
Multiprogrammalik tizim
Multiprotsessorlik tizim
|
Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi. Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi. Multiprotsessorli tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan (disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va disklarni almashtirish kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va bojarish OS o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali taminlanadi. OSda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan foydalaniladi.
|