1 8.1-chizma. Kesma ostovli shriftlarning namunalari
Yarim qalin kesma shrift bilan yirik o’lchamdagi so’zlarni yozishda avval harflar ikki chiziqqa chiziladi. Kichik o’lchamdagi so’zlarni yozishda harflarni ostovli shriftda yoziladi, so’ng uzaytirish usulida elementlarning qalinligini kerakli o’lchamga etkaziladi.Bunda gorizontal elementlarnivertikal elementlarganisbatan0,1 mmgaingichkaroqchiziladi.
18.3-chizma. Topografik yarim qalin shriftlar
Aholipunktlarinomlarivaba`ziizohlovchiyozuvlartopografikyarimqalinshriftdabajarilishikerak. Asosiy elementning qalinligi harf balandligining 1/8 ga teng. Oddiy harf kengligining balandlikka nisbati 1:2 teng. D, M, Sh harflarining kengligi oddiy harflardan yarim barobar ortiq. a, b, e, r, u, f kichik harflarining yozilishi shu harflarning bosh (katta) ko’rinishidan farqqiladi. Harf va so’zlarni topografik yarim qalin shriftda yozganda kesma va kesma yarim qalin shriftdagi talablarga amal qilinadi.
O stovli kursiv
18.4-chizma. Ostovli kursiv
Shrift 1:3 qiyalikka ega, barcha harflarning qalinligi bir xil bo’lib, 0,1- 0,2 mmgateng. Kenglikning balandlikka nisbati oddiy harflarda 4:7 ga teng. D, M, Sh kabi bosh harflar kengligi oddiy harflarga nisbatan 1,5 barobarkatta. Barcha kichik harflarning yozilishi (Odan tashqari) ko’rinishi bo’yicha bosh harflaridan farq qiladi.
Shrift oyoqchaga ega bo’lib, uning o’lchami harfning 1/7 balandligini tashkil qiladi va ular bosh harflarda ikki tomonlama, kichik harflarda esa bir tomonlama (yuqoridan, to’g’ri elementdan chapga) bo’ladi. Yumaloq harflar asosi oval shakliga ega va kichik harflar elementlari quyi qismidan ovalqulfak bilan tugallanadi. Shriftni yozish uchun qiya to’r chiziladi. To’rning chiziqlari orasidagi masofa 1 yoki2 mm ni tashkil qiladi. Harflarni ostovli kursiv shrifti bilan yozishda asosiy e`tibor qiyaligining to’g’riligi va oyyoqchaning chizilishiga qaratiladi. Yumaloq elementlarni yonidagi to’g’ri harflardan kichik ko’rinmasligi uchun ularga qaraganda qatordan tepaga hamda pastga elementning qalinligicha chizish kerak.
Oddiy shrift to’g’ri, kontrastli (keskin farq qiladigan), oyoqchasi bor. Asosiy element qalinligining birlashtiruvchi elementiga nisbati 5:1 ga teng.
Asosiy elementning qalinligi harf balandligining 1/6qismini tashkil qiladi. Oddiy harf kengligining balandlikka nisbati 4:6 ga teng. Xarfning kengligi bo’yicha“Bir yarimli” harflar mavjud: masalan: Sh, M, D.Bushrift asosiy element qalinligining yarmiga har ikki tomonga qaratilgan chiziqli oyoqchaga ega. İngichka elementlar uchburchak yoki tomchiga o’xshagan nuqta shaklidagi oyoqcha bilan tugallanadi. G, T, B, e harflari uchun o’ziga xos qulfak, S, D harflari uchun taqa, S, e, Z harflari uchun esa o’qsimon elementning mavjudligi xarakterlidir. Kichik harflar a, b, e, r, f ko’rinishlari bo’yicha o’zlarining bosh harflaridan farqlanadi. b, r, u, f harflarining chetga chiqib turgan elementlari qator balandligining taxminan yarmini tashkil qiladi. Harflar oralig’i oddiy harf kengligining yarmidan kam bo’lmasligi zarur.
Shriftning chizilishi.Shriftni chizish ketma ketligi kesma yarim qalin shrifti bilan bir xil. Asosiy e`tiborni oval va yarim oval shakllarning, shuningdek, xarakterli elementlar (oyoqcha, qulfak va boshqalar)ning puxta bajarilishiga qaratish lozim. Ovallarni chizishni yordamchi nuqtalarni quyish va ular bo’yicha harflarning tashqi konturini chizishdan boshlash kerak; keyin ovalning ichiga vertikal chiziqlar chiziladi. Ularning oralig’i tush bilan to’ldirilib, hosil bo’lgan burchaklar ozroq yumshatiladi. Harflarning kengligi va asosiy elementning qalinligi chizmalarda ko’rsatilgan.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |