4-AMALİY. R-152 SHRİFTİNİ MAShQ QİLİSh.
R - 152 shrifti 1 250001: 100000 masshtabli kartalarda 20 dan kam xonadon bo’lgan aholi joylari, qo’rg’onlarni yozishda foydalaniladi.
R - 152 shrifti belgisi quyidagi ma`noni bildiradi
R - kesilgan - kesilgan, birinchi son nashr harfida yoki qo’lda kursivda yozilganligini bildiradi. Toq sonlar nashrda, juft sonlar esa qo’lda kursivda yozilganligini bildiradi, 1 -nashr harf.2- harf ko’rinishini bildiradi. 1-tor, 2-qisilgan, toraytirilgan, 3-o’rtacha, 4-kengaytirilgan, 5-keng. Demak R-152 shrifti keng shrift ekan. Uchinchi son asosiy elementning qalinligini bildiradi. 1-yorug’, 2-yarim qalin, 3-qalin, 4-shaffof. Harfni yozishdan oldin uning o’rnini belgilab chizish kerak, balandligini, enini xarflar orasidagi masofani pastga va tepaga chiqadigan elementlar uchun joy qoldiriladi. Harfning eni uning balandligi va ko’rinishiga bog’liq V = 1/2 N; V =2/3 N ;
Harflar D, J, Sh, H, Yu, F, İ, W harflarning eni balandligiga nisbatan 1,5 barobar keng bo’ladi. Bosh harflarni yozma harflarga nisbatan 1/2 balandroq yozish kerak. B, V, E, N, Z, o’, K, J, E, Yu, Ya xarflarida birlashtiruvchi ele-mentlar geometrik o’rtadan yuqori qilib, R, Ch, U xarflarda esa geometrik o’rtadan past qilib yoziladi. J, X, K, B, V, Z, kabi harflarni yuqori qismi pastki qismiga nisbatan bir muncha torroq yoziladi.
Harflar orasidagi masofani to’g’ri belgilash kerak. Bunda to’g’ri chiziq bo’yicha masofani o’lchamasdan harflar orasidagi ochiq maydonni hisobga olish kerak. So’zlar orasidagi masofa harfning enidan 2 marta ko’p bo’lishi kerak.
R - 152 1:10000 dan mayda masshtabdagi topografik kartadan foydalaniladi. Hamma harflar qalinligi bir xil 1/8•N.
Bosh harflarda, yozma harflarda 1/6 •N. harfning eni qalinligidan 6 marta ko’p. Bosh harflar yozma harflardan 1,5 barovar ko’p.
T-132 shrifti. Topografik yarim qalin shrift 1: 500 dan 1: 5000 planlardan foydalaniladi. Shahar nomlari uchun bosh harflar 6 mm, qishloq aholi joylari 200 dan ortiq uyi borlari bosh harflar 5 mm, 100 - 200 gacha 4,5 mm, 20-100 4 mm, 20 dan kam xonadon bori 3mm balandlikda yoziladi. T-132 shrifti o’ziga xos bo’lib boshqa shriftlardan kartani o’qishni engillashtiradi. Asosan hamma harflar to’g’ri burchakli to’g’ri elementlardan tashkil topgan. B, V, E, Z, İ, N, E, Yu, Ya va yozma harflardan v, e, z, n, h, e, yu, ya da o’rtadagi gorizontal element harf o’rtasidan yuqoriroq yoziladi. Dumaloq bosh harflarda tashqi tomondan aylantirish radiusi 2 yarim oval harflarda 1,5 barobar harf qalinligiga tengdir. Bosh harfda yozilgan P harfida chap tomondagi egilishi harf balandligini yarmidan boshlanadi, s, o, u, r, f harflarini pastga va tepaga chiqqan elementlari harf balandligini yarmiday qilib yoziladi.
Hamma bosh harflar qalinligi 1/8•N, yozma harflar esa 1/6 • N balandlikda yoziladi. Bosh harflar eni asosiy harf elementidan 5 marta ko’p ya`ni 5/8 bo’ladi.
Aholi joylari nomlari kartaning shimoliy yoki janubiy ramkasiga parallel qilib iloji bo’lsa o’ng tomoniga joylashtiriladi. Joy nomlarini o’ng tomonga, tepa yoki pastga ham joylashtirish mumkin. Faqat yozuv boshqa tafsilot shartli belgilarini bosib qolmasligi kerak.
Gidrografiya tarmoqlari nomlari oqim bo’ylab egri-bugri joylarda 0,5 - 1 mm masofada yoziladi. Agar daryo kema qatnoviga ega bo’lsa katta harflar bilan o’rtasiga yoziladi. Daryoning boshlanishida yozuv maydaroq o’rta va quyi oqimlari yirikroq shriftlarda yoziladi. Daryo. dengiz, okean nomlarini yozganda harflar orasidagi masofa bir xil bo’lishi kerak. Rel`ef shakllari va elementlari nomlari aholi joy nomlari kabi yoziladi. Balandliklar nuqta qo’yilib yoniga raqami yoziladi, uzunasiga ketgan tog’ tizmalari nomlari ham cho’zib yoziladi.
Siyosiy - ma`muriy ahamiyatga ega nomlar xudud bo’ylab cho’zib yoziladi. Harflar va so’zlar orasidagi masofa bir xil bo’lishi kerak.
Shriftlardanbirnechaxilko’rinishiniqo’llabbajarilganushbuyozuvlarnafaqatmiqdoriy, balkisifatlima`lumotlarnihamo’zichigaoladi. Ko’p qo’llaniladigan shriftlarga: topografik, kesma va kursiv shriftlar kiradi. Er tuzish, o’rmon tuzish va kadastr sohalariga tegishli loyiha va planlarda ko’pincha oddiy, kesma va standart shriftlardan foydalaniladi.Harflar orasida esa harf kengligining 1/2 qismiga teng joy koldiriladi. Qiya elementlari bo’lgan harflarni (GA, TA, GU, UA va boshqalar) yozganda bu oraliq kamaytirilishi zarur. Bunday holatlarda intervallar o’zgarishi harflar orasidagi bo’sh joybir xil bo’lishiga qarab belgilanadi. Shriftning 3 mm va undan kam balandligida yaxshi o’qilishi uchun so’zlardagi harflar orasiga 1mm oraliqqo’yiladi.
Harflarningyozilishshakli, qiyaligixar xil ma`lumotlarni aks ettirishdafoydalaniladi. Grafik materiallarni komp`yuterda rasmiylashtirishda maxsus shriftdan foydalaniladi.
Alfavitdagiharflaralohidaelementlardan tashkil topib, quyidagibeshko’rsatkichga ega bo’ladi: Shriftning balandligi (N), kengligi (V), qalinligi (T), burilish radiusi (R) va qiyalik. Ular har bir shriftga xos bo’lgan ma`lum proporcional o’zaro bog’lanish bilan bog’liq. Harflarning kengligi va balandligining o’lchamlari nisbatiga ko’ra shriftlar tor, normal va keng shriftlarga bo’linadi.
Elementlarining qalinligiga ko’ra ular ostovli (ingichka) va silliq bo’ladi; silliq shriftlar guruhi yorug’, yarim qora va qora yozilish ko’rinishlariga ega. Shuningdek, shriftlar qiyaligiga ko’ra ham farqlanadi: to’g’ri va qiya (o’ng va chapga qiya) shrift.
So’zlarni yozishda odatda bosh harflar kichik harflardan 1/3-1/2 kattaroq yoziladi. So’zlar orasidagi hamda so’zlar va harflar oralig’iga qat`iy amal qilish kerak.
Kesma ostovli shrift to’g’ri bo’lib, harflar va raqamlarning barcha elementlari bir xil qalinlikka ega (0,1-0,2 mm). P, J, İ kabi harflar kengligining balandlikka nisbati 1:2 ga teng. M, Sh, D, Ch kabi harflar oddiy harflardan 1,5 baravar kengroq yoziladi. a, b, e, r, u, f, kabi kichik harflarning yozilishi ularning bosh harflaridan farqqiladi. b, u, r, f harflarining chiqarish chiziqlari (tirkaladigan qismi) o’lchami qator balandligining yarmini tashkil qiladi.
Millimetrli qog’ozgaalfavit guruhlar bo’yicha yoziladi. Harflar va raqamlarni format qog’ozi o’qiga simmetrik tarzda joylashtirib, qalam bilan chiziladi, so’ng uzaytirish usulida peroda tush bilan chizib chiqiladi. Bosh harflardan hamda bosh va kichik harflardan tuzilgan so’zlarni ham xuddi shu tartibda chiziladi. 5 mm va undan katta o’lchamdagi so’zlarni yozganda qatorda harflar kengligi va oralig’iga belgi qo’yiladi. 5 mm dan kichik o’lchamdagi so’zlar yozilgandaharfning kengligi va intervalga teng bo’lgan masofada bajariladi.
Yarim qalin kesma shriftning ostovli shriftdan farqi harflar balandligining 1/8 teng bo’lgan harflar elementlarining qalinligidan iborat. Bu shriftlarning boshqa barcha tavsifiy belgilari kesma ostovli shrift bilan bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |