4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kriptografiyaga kirish
Ishdan maqsad: kriptografiya haqida ma’lumotga ega bo’lish, simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar bilan tanishish.
Nazariy qism
Axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari, usullari va formalari murakkablashuvi va rivojlanishi bo’yicha ularni axborot texnologiyalarida ularni qo’llanilish xavfsizlik darajasidan oshib bormoqda.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Kodlashtirish - esa axborotni ikkilik sanoq sistemasidagi “0” va “1” lardan iborat raqamli ko’rinishidir.Agar axborotni shifrlash va uni qayta tiklash uchun bir xil kalitdan foydalanilsa bunday shifrlash usuli simmetrik shifrlash usuli deyiladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Simmetrik shifrlash algoritmlarining turlari
Simmetrik shifrlash algoritmi to’rtta turga bo’linib, ular quyidagilar:
O’rin almashtirish shifri.
Siljitish shifri.
Gammalashtirish shifri.
Shifrlash asosida shifrlashning analitik ifodasi.
Sehrli kvadrat usulida shifrlash
Sehrli kvadrat deb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi har bir ustun, satr va diagonal bo’yicha sonlar yig’indisi bitga songa teng bo’lgan kvadrat shaklidagi jadvalga aytiladi.
Sehrli kvadratga sonlar tartibi bo’yicha belgilar kiritiladi va bu belgilar satrlar bo’yicha o’qilganda matn hosil bo’ladi.
Ishni bajarish tartibi
4x4 o’lchovli sehrli kvadratni olamiz. Bunday kvadratning 880 ta har xil kombinatsiyasi mavjud.
4
|
14
|
15
|
1
|
9
|
7
|
6
|
12
|
5
|
11
|
10
|
8
|
16
|
2
|
3
|
13
|
Qiyshiq novdaning soyasi ham qiyshiq
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 1 2 3 4 5 6 7 8 9
Q i y s h i q _ n o v d a n i n g _ s o y a s i _
10 11 12 13 14 15 16 1 2 3 4
h a m _ q i y s h i q
amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Krixtografiyaga kirish.
Tayyorladi: 611-20
Axmedova Sarvinoz.
Qabul qiluvchi murabbiy: Sh.G’aniyeva.
Xulosa:
Matn elementlarini tartiblash va kalitga ega jadval
(sehrli kvadrat) ga joylashtirish orqali Matnni shifrlashni
o’rgandim .
Do'stlaringiz bilan baham: |