Qiyoslash o’tkazishning turlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
O’lchash vositalarini qiyoslash (keyinchalik O’V) O’z DSt 8.007 bilan muvofiqlashgan holda, qonuniy talablarga muvofiq, tasdiqlangan, shuningdek O’z RST 8.001 bilan muvofiqlashgan O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini tahminlash davlat tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Qiyoslashlararo oraliq davomida qo’llash uchun yaroqli deb, shu O’V uchun belgilangan, qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan va metrologik va aniq texnik talablarga muvofiq qiyoslangan O’V tan olinadi.
O’zbekiston davlat e’taloniga qadar kuzatiladigan qiyoslash vositalari yordamida O’Vni qiyoslash o’tkazilishi kerak.
O’zbekistonda o’ta aniqlik bilan o’lchanadigan birlikni ishlab chiqishni ta’minlovchi, davlat e’talonlari mavjud bo’lmagan holda, dastlabki e’talonlardan qiyoslanayotgan O’V birlik hajmi o’tkazilishi yo’l qo’yiladi. Aks holda metrologik imkoniyatlari shu tashkilotlar tomonidan tan olingan kuzatish tizimiga ega metrologiya bo’yicha xududiy yoki xalqaro tashkilotlar yoki PMG 06 ga a’zo mamlakatlarda O’Vni qiyoslash o’tkaziladi.
O’z DSt 8.002 ga binoan davlat metrologik tekshiruv va nazorat qilish doirasida qo’llash uchun mo’ljallangan, ishlab chiqarish, ta’mirlash, import bo’yicha olib kirishda O’V qiyoslanadi.
O’z DSt 8.002 ga binoan davlat metrologik tekshiruv va nazoratida qo’llash uchun mo’ljallangan O’V ekspluatatsiya jarayonida davriy qiyoslashdan o’tishi kerak.
Xillarning nomenklaturali ro’yxati, shuningdek attestatlangan, O’V ni qiyoslash doimiyligi ko’rsatmasi bilan qiyoslashga oid (qiyoslashlararo intervallar), zarurlik darajasiga qarab, o’lchash vositalari reystri asosida tuziladi va “O’zstandart” Agentligi tomonidan ko’rib chiqiladi.
O’lchamlar o’zgarishini kuzatish uchun qo’llanadigan texnik vositalar indikatorlarga ta’luqli bo’lib, ular qiyoslanmaydilar. O’V ning indikatorlar turkumiga o’tkazilishi O’z Rx 00036951-006 muvofiqligida amalga oshiriladi.
«Y» belgisiga ega bo’lgan, o’qitish maqsadida qo’llaniladigan O’V qiyoslanmaydilar.
Majburiy qiyoslanmaydigan, davlat metrologik tekshiruv va nazoratini joriy etish doirasida qo’llanmaydigan O’V, shu O’V egasi hoxishi bilan majburiy qiyoslanadigan O’V uchun belgilangan tartibda o’tkazilishi mumkin.
O’V qiyoslashni O’z DSt 8.006 muvofiqligida shunday ishlarni bajarishga haqli akkreditlashtirilgan yuridik shaxslar yoki ularning bo’linmalari o’tkazadilar.
O’V qiyoslash, O’z RH 51-120 ga binoan atestatlangan (O’V konkret xillarini qiyoslashga haqli) va O’z Rx 00036951-008 ga muvofiq malakasini oshirgan, kerakli malakaga ega, akkreditlashgan yuridik shaxslar yoki uning bo’linmalari mutaxasislari tomonidan o’tkaziladi. Mutaxassislar (ishonib topshirilgan shaxslar) va tegishli tashkilotlar faqat qiyoslash davridagina natijalar aniqligiga kafolat bera oladilar.
Qiyoslashning ijobiy natijalari qiyoslash vositalari va usullari joriy qilingan hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi va A ilovaga muvofiq qiyoslash to’g’risidagi sertifikat va (yoki) ekspluatatsion hujjatga va (yoki) mahkamlanadigan plombaga O’V ga O’z DSt 8.008 bo’yicha bosib iz tushirilgan tamg’a bilan tasdiqlanadi (tasdiqlangan xili yoki attestatlashtirilayotgan tavsiyanomalarga muvofiq).
Agar O’V qiyoslash natijalari bo’yicha ishga yaroqsiz deb tan olingan bo’lsa, iz tushirilgan tamg’a O’z DSt 8.008 bo’yicha maxsus tamg’a bilan yopiladi va (yoki) ekspluatatsion hujjatda qayd qilinadi, qiyoslash haqidagi amaldagi sertifikat bekor qilinadi va O’V ishga B ilovaga muvofiq yaroqsiz ekanligi to’g’risida xabarnoma beriladi.
O’V qiyoslash bo’yicha bajarilgan ishlar uchun haq shartnoma asosida to’lanadi.
Qiyoslash uchun shartnoma tuzilayotganda o’tkazish sanasini ko’rsatish tavsiya etiladi, hamda O’V qiyoslash uchun barcha kerakli talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |