4-amaliy mashg’ulot: so`z turkumlarini o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 1-4-sinflar uchun ot so’z turkumini o’rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. Mavzu: Shaxsni va narsani bildirgan so‘zlar Darsning maqsadi



Download 2,61 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2022
Hajmi2,61 Mb.
#597458
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Amaliy ona tili metodika


4-AMALIY MASHG’ULOT: SO`Z TURKUMLARINI O`RGANISH DARSLARI REJASI VA ISHLANMASINI TUZISH. 1-4-SINFLAR UCHUN OT SO’Z TURKUMINI O’RGANISH DARSLARI REJASI VA ISHLANMASINI TUZISH.
Mavzu: Shaxsni va narsani bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, so‘roqlar yordamida boshqa so‘zlardan farqlashga o‘rgatish, shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlami imloviy to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qilish; o‘quvchilar lug‘atini shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan boyitish, so‘zlarni o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish; O’zbekistonning hozirgi taraqqiyot yo‘li haqida qisqa ma’lumot berish orqali Vatanga muhabbat uyg‘otish.
Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –T.: Noshir 2009. – 163 b.
2. Uzviylashtirilgan oʻquv dasturi. –T.: Yangi yoʻl poligraf service, 2010. – 46-68 b.
3. Umumiy o‘rta ta’limning boshlangich ta`limdan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Toshkent- 2017
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: induktiv uslub.
Dars jihozi: gullar, daraxtlar, turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
1. O’quvchilarga shaxs va narsani bildirgan so‘zlar induktiv metodda tushuntiriladi. Daraxtning rasmi ko‘rsatilib, bu nima? savoli beriladi.
O’quvchilar:
— Bu — daraxt.
O’qituvchi:
— To‘g‘ri, shu daraxtning nomini ayting.
— Bu — terak.
Terak so‘zi doskaga yozib qo‘yiladi.
— Bu nima?
— Bu ham — daraxt.
— Daraxtning nomini ayting.
— Bu — majnuntol
Shu tarzda baqaterak, chinor, tol, oq terak kabi daraxt nomlari aniqlanadi. So‘ng shu so‘zlarning har biriga so‘roq beriladi va ustiga so‘rog‘ini yozishadi.
O’qituvchi:
— Xattaxtada daraxtlarning nomlari yozilgan. Ular 6 ta. Shularni birlashtirib nima deymiz? (Daraxt nomlari deymiz.) Bularni narsa nomini bildirgan so‘zlar deymiz, deb o‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Sinfni kuzating, nimalarni ko‘ryapsiz? Ularning nomi¬ni ayting (doska, parta, shkaf, deraza, par da, kitob, daftar...). Bu so‘zlarga so‘roq bering. Bu so‘zlarni nima deymiz? (Narsani bildirgan so‘zlar, deymiz.) Narsani bildirgan so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘ladi? (nima?)
O’quvchilarga shifokor, ishchi, to‘quvchi, payvandchi, komputerchi kabi kasb egalari tasvirlangan rasmlar ko‘rsatilib, «Bu kim?» savoli asosida o‘tgan darsdagi shaxs nomlari eslatiladi. Quyidagicha xulosa chiqariladi: Bular shaxsni bildirgan so‘zlardir. Bu so‘zlar insonlarni bildirgani uchun kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Sinfdagi bolalar ismi, ularning ota-onalari kasbi ayttirilib, ularga so‘roq beradilar.
Mantiqiy mashq. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar aytiladi. Xattaxtaning bir tomoniga kim?, ikkinchi tomoniga nima? so‘rog‘i yozib qo'yiladi. Sinf ikkiga bo‘linadi. O’quvchilar so‘zlarni so‘rog‘iga ko‘ra farqlab xattaxtaga yozadilar. Birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi xattaxtaga yozadi:

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish