1 – masala. Reaktiv pog'onada gaz boshlang'ich parametrlari p0 = 0,48 MPa bosim va t0 = 800 ºS haroratdan p2 = 0,26 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina soplosining tezlik koeffitsiyenti φ = 0,96, ishchi kuraklarining tezlik koeffitsiyenti ψ = 0,95, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 22º, gazning ishchi kuragidan chiqish burchagi β2 = 24º, pog’onaning o’rtacha diametri d = 0,71 m, turbina valining aylanishlar chastotasi n = 6000 ayl/min, pog’onaning parsiallik darajasi ε = 1, kuraklar balandligi l1 = 0,06 m, gazning solishtirma hajmi v = 1,51 m3/kg, pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,35, pog’ona orqali gaz sarfi Mg = 20 kg/s va silqib oqishda gaz sarfi Mg.s. = 0,2 kg/s, adiabata ko’rsatkichi k = 1,4 va gaz doimiysi R = 287 J/(kgK)ga teng bo'lsa, ushbu reaktiv pog’onaning ichki nisbiy f.i.k.ini aniqlang.
Yechish: Turbina pog’onasida ko’zda tutilgan issiqlik tushishini (2.1) – formuladan aniqlaymiz:
Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning haqiqiy tezligini (2.2) formuladan aniqlaymiz:
Turbina soplosida gazning issiqlik energiyasi isrofini (2.12) formuladan aniqlaymiz:
Kuraklar oralig‘idagi aylanma tezlik ko‘rsatkichi (2.4) formulaga ko’ra:
Ishchi kurak kanallariga kirishdagi gazning nisbiy tezligi (2.5) formulaga ko’ra aniqlaymiz:
Reaktiv pog‘ona ishchi kurak kanallari orasidan chiqishdagi gazning nisbiy tezligi (2.7) formulaga ko’ra aniqlanadi:
Pog‘ona ishchi kuraklarida issiqlik energiyasining isrofi (2.14) formulaga ko’ra aniqlanadi:
Ishchi kurak kanallari oralig’idan chiqayotgan gazning absolyut tezligi (2.8) formuladan:
Absolyut chiqish tezligi bilan issiqlik energiyasi isrofini (2.15) formuladan aniqlaymiz:
Turbina diski aylanganda ishqalanish va ventilyatsiya tufayli issiqlik energiyasi isrofi (2.17) formuladan aniqlanadi:
Zichlama tirqishlari orqali gaz sarfi tufayli issiqlik energiyasi isrofi esa (2.18) formulaga asosan:
Pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.ini (2.19) formuladan aniqlaymiz:
2 – masala. Turbinaning ish sharoitida gazning boshlang'ich parametrlari p0 = 0,32 MPa bosim va t0 = 827 ºS haroratdan p2 = 0,15 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina orqali gaz sarfi Gg = 28 kg/s, turbinaning nisbiy effektiv f.i.k.i ηn.e = 0,74, adiabata ko’rsatkichi k = 1,34 va gaz doimiysi R = 288 J/(kgK)ga teng bo'lsa, ushbu turbinaning effektiv quvvatini va solishtirma effektiv gaz sarfini aniqlang.
Yechish: Turbinada ko’zda tutilgan issiqlik tushishini (2.1) formuladan aniqlaymiz:
Turbinaning effektiv quvvatini (2.23) formuladan topamiz:
Gazning turbinaga effektiv solishtirma sarfini (2.25) formuladan aniqlaymiz:
3 – masala. Turbinaning ish sharoitida gazning boshlang'ich parametrlari p0 = 0,48 MPa bosim va t0 = 727 ºS haroratdan p2 = 0,26 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina orqali gaz sarfi Gg = 26 kg/s, turbinaning nisbiy effektiv f.i.k.i ηn.e = 0,75, turbinaning mexanik f.i.k.i ηm = 0,98, adiabata ko’rsatkichi k = 1,4 va gaz doimiysi R = 287 J/(kgK)ga teng bo'lsa, ushbu turbinaning ichki quvvatini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |