4-amaliy mashg’ulot. Excel dasturida matematik masalalarni yechish usullari va grafiklarini qurish.
Ishdan maqsad: Talabalarda Excel elektron jadvalining vazifasi, asosiy ko`rinishi va ularning boshqa amaliy dasturlarga xos umumiy xususiyatlari, imkoniyatlari hamda jadvalga qiymat kiritish, matematik masalalarni yechish va grafiklar qurish haqida bilim va malakalarni hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi:
Avvalo ishni MS Excel dasturini ishga tushirishdan boshlaymiz. Buning uchun quyidagi amallar ketma ketligini bajaramiz. PUSK Vse programmi MS Office MS Excel.
MS Excel muhiti quyidagicha ko’rinishga ega bo’lib doim biz ishlashimiz uchun jadval ko’rinishidagi ishchi varaq tayyor turadi. Mazkur ishchi varaqda standart holatda 16834 ta satr va 256 ta ustun mavjud bo’ladi.
Biz SamDU talabalari misolida stipendiya daromadlarini hisoblashimiz kerak. Buning uchun quyidagi strukturani tuzib olamiz.
Bir talaba misolida stipendiya ushlanmalari va boshqa hisob kitoblarni bajarib olamiz.
S ichqonchaning chap tugmasini bosish orqali boshqa talabalar to’g’risidagi y acheykalarni belgilab olamiz.
Bajargan hisob-kitob amallarimizni boshqa talabalar uchun ham slaydda
ko’rsatilgani kabi nusxalab olamiz
Endi summalarni talabalarga mos ravishda o’zgatirib chiqamiz:
Endi hisob-kitob uchun diagramma qo’yishimiz kerak. Buning uchun hisob-kitob amalga oshirilgan yuza to’liq belgilab olinadi.
Navbatdagi ish Vstavka menyusining Diagramma qismidan mos diagramma qo’yiladi.
Natijada quyidagi ko’rinishdagi diagramma hisob-kitob ishlarimizni quyi qismida paydo bo’ladi.
Bajargan ishimizni CTRL+S yoki SHIFT+F12 tugmalaridan foydalangan holda kompyuter xotirasiga saqlaymiz.
AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI
MS Excel dasturida quyidagi shakldagi jadval tayyorlang va u quyida keltirilgan talablarga javob bersin:
“Kamolot tash. badali” ustuni “Stipendiya olish miqdori” ustunining 1% ni tashkil etadi va bu ustunni formula asosida hisoblab to`ldiring;
“Kasaba uyush. badali” ustuni “Stipendiya olish miqdori” ustuning 2,5% ni tashkil etadi va bu ustunni formula asisida hisoblab to`ldiring;
Kitobning quyidagi saxifa parametrlarini o’rnating:
A) Saxifa albomli ko’rinish olsin
B) Ko’rsatish foizi 120% bo’lsin
V) Yuqori va pastdan 2 sm, chap va o’ngdan 1 sm joy qoldiring
G) Saxifa gorizontal tekislangan bo’lsin
D) Saxifa pastki kolontitulida joriy sana va vaqt ko’rinsin
E) Har bir yangi saxifa boshida 1 qatordagi sarlavxa takrorlansin
Joriy listingizdagi jadvalingizga «Stipendiya olish miqdori» ustunidagi ma’lumotlar formatini verguldan keyin ikki xona qilib ko’rsating;
“Talabaning F.I.O.” maydonidagi talabalar familiyasini,ismi va otasining ismlarini aloxida-aloxida ustunlarga joylashtiring;
Jadvalingizda “Stipendiya olish miqdori” ustuni ma’lumotlarini o’zgartirib bo’ladigan qolgan ustun ma’lumotlarini esa o’zgartirib bo’lmasin. “Stipendiya olish miqdori” ustuniga faqat butun va musbat son qiymatlarni kiritib bo’lsin qolgan tipdagi ma’lumotlarni kiritib bo’lmasin. “Stipendiya olish miqdori” ustuniga ma’lumot kiritilayotganda quyidagi yordamchi xabar chiqishini amalga oshiring:”Faqat noldan katta bo’lgan qiymatlar kiritilishi talab etiladi!”. “Stipendiya olish miqdori” ustuniga noto’g’ri ma’lumot kiritilayotganda quyidagi xabar chiqsin “Siz 0 dan kichik yoki noto’g’ri qiymat kiritdingiz” va undagi ma’lumotlar o’z holiga qaytsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |