AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
23. Ish bajarganda bosim ostida ishlaydigan idishda nosozliklarni aniqlaganda yoki avariya holati vujudga kelganda ishchi quyidagilarga majbur:
23.1. Barcha ishni to'xtatish.
23.2. Ishchilarni xavf haqida ogohlantirish.
23.3. Darhol uchastka mexanigiga (master, brigadir), bo'linma boshlig'iga xabar berish va avariya holatini bartaraf etishga ko'maklashish.
23.4. Mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan xavfsizlik talablariga amal qilgan holda kechiktirib bo'lmaydigan nosozliklarni bartaraf etish.
24. Idishning barcha avariya to'xtatish sabablari smena jurnaliga yozib borilishi kerak.
ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
25. Ishchi quyidagilarga majbur:
25.1. Ish joyini tartibga keltirish.
25.2. Mahalliy yorug'likni va ventilyasiyani uzish.
25.3. Ish jarayonida aniqlangan nosozliklar haqida mexanikni xabardor qilish.
25.4. Detal, asbob va moslamalarni olib qo'yish.
25.5. Yuz, qo'llarni iliq suvda sovun bilan yuvish va dush qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |