4-amaliy. Farhod va Shirin dostoni. Dostondagi yetakchi timsollar tizimi. Tasavvuf masalalari
1-topshiriq. Aqliy hujum
Xamsadagi ikkinchi doston Navoiygacha qanday shaklda qaysi manbalard uchrar edi?
Javob: Xusrav va Shirin munosabati haqida badiiy adabiyotda 1-bòlib Firdavsiy òzining "Shohnoma" dostonida yozib bildiradi. Nizomiy uni ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiy "Xusrav va Shirin " dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilda tarjima qilingan. Navoiy bu nomni òzgartirib Farhod va Shirin" nomi bn ataydi.
Navoiy Farhod va Shirinning kirish qismida ishqqa aloqador hayajonlarni tasvirlar ekan, qazoni, aqlni va hokazolarni dostondagi qaysi qahramonlarga qiyoslaydi?
Javob: Navoiy qazoni-osmonni Farhodga aloqador Behustun toğiga, aqlni-Chin xoqoni Vaziri Mulkoroga va donishmand Suqrotga tunni- Xusrav Parvizning Oti Shaddezga, qadarni Farhodning dòsti Shopurga,ajalni - otasini òldirgan Parvizning òģli Sheruyaga,zamonni-Parvizning sozandan Nakisoga òxshatadi.
Dostondagi ramziy timsollarga ta'rif bering.
Javob: Ajdarho-nafs timsoli.
Dev-saltanat timsoli
Samandar yoği-ishq timosli
Farhod qo`lga kiritishi kerak bo`lgan: Jamshid jomi, Iskandar ko`zgusi va bu yo`lda unga to`siq bo`lgan ajdaho, sher, temir paykar qanday ma'nolarni ifodalaydi?
Javob: Sher-ğazab timosli
Temir paykar-ròyo, yolģon dunyo Ramirez
Jamshid jomi-kòngilni ochish kaliti
Iskandar kòzgusi-kòngil
Dostondagi Suhaylo hakim va Suqrot obrazlari Farhod faoliyatida qanday o`rin tutadi?
Javob: Suhaylo-Haqqa yetishda yòl kòrsatuvchi murshidni topishga kòmaklashgan ustoz Farhodning 1-piri
Suqrot
-Haqqa yetish va kòngil sirlarini yechish yòlini kòrsatgan pir
Doston xotimasi necha bobdan iborat va uning mazmuni nimalarni ifodalaydi?
Javob: Doston xotimasi ikki Bob (53-54) dan iborat bòlib, 53-Bob Husayn Boyqaroning òğli shahzoda Abdulfoviz shoh ğarib Mirzo madhi va unga baģishlangan bir necha nasihatlarni òz ichiga oladi.
Yakuniy bobda Navoiy Farhod timsolini òz zamonasidagi barcha shahzodalarga ibrat hamda òrnak qilib kòrsatadi.
2-topshiriq.
Farhod va Shirinda keltirilgan timsollarga tavsif bering.
-
Timsollar nomi
|
Ularning manosi
|
Farhod
|
Haqqa yetishishni maqsad qilgan solik
|
Shirin
|
Mahzar,ya'ni haq jamolini òzida zohir qilgan timsol
|
Moniy, Boniy, Qoran
|
Farhodga,ya'ni solikka dunyoviy ilmlarni òrgatgan ustozlar
|
Suhaylo
|
Farhodga haqqa yetishda yòl kòrsatuvchi murshidni topishga kòmaklashgan ustoz,Farhodning tariqatdagi 1-piri
|
Xizr
|
Tariqatdagi 2-pir, haqqa yetish va kòngil sirlarini yechish yòlini kòrsatgan
|
Suqrot
|
Piri,murshid, komil inson timsoli
|
Ajdarho
|
Nafs
|
Dev
|
Saltanat
|
Samandar yogi
|
Ishq
|
Sher
|
Ģazab
|
Temir paykar
|
Ròyo,yolģon dunyo
|
Jamshid jomi
|
Kòngilni ochish kaliti
|
Oyinai jahonnamo
|
Kòngil
|
Xusrav, Sheruya, Yosuman
|
Nafsga qul bòlgan shayton izmidagi bandalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |