4-amaliy dars atomdagi elektronlarning energetik pog’ona va pog’onachalarda joylanishi



Download 27,15 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2022
Hajmi27,15 Kb.
#859125
  1   2   3   4
Bog'liq
4 - amaliy dars

4-amaliy dars

ATOMDAGI ELEKTRONLARNING ENERGETIK POG’ONA VA POG’ONACHALARDA JOYLANISHI




Reja:


1. Elektronlarning kvant sonlari.

2. Pauli prinsipi. Gund qoidasi.

3. Klechkovskiy qoidalari.

4. Ko’p elektronli atomlarda elektronlarning joylanishi.

5. Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar.

6. Radioaktivlik.




Muammoli savollar:

  1. Kelajakda davriy sistema rivojlanib borgan sari bosh kvant soni qanday qiymatlarga ega bo’ladi?

  2. s-, p-, d-, f - elektronlardan tashqari yana qanday tuzilishli elektronlar bo’lishi mumkin?



Elektronlarning kvant sonlari. Hozirgi vaqtdagi tasavvurlarga ko’ra, elektronning harakati to’rtta kvant son bilan xarakterlanadi.
1. Bosh kvant son n — elektron energiyasining kattaligini ko’rsatadi. n ning son qiymati 1,2,3,4,... ga teng butun sonlar bo’la oladi. Bosh kvant sonlari o’zaro teng bo’lgan bir necha elektron atomda elektron qavatlarni yoki ma’lum energetik pog’onalarni hosil qiladi. Atomning energetik pog’onalari K, L, M, N, O, P, Q xarflari bilan belgilanadi. K-qavat yadroga eng yaqin joylashgan bo’lib, uning uchun nq1 dir. L – n=2; M – n=3,... ular energiyalari bilan farq qiladi.
Energetik pog’onadagi elektronlarning maksimal soni:

N = 2n2 ga teng.


2. Orbital kvant son l — elektron orbitalning shaklini ko’rsatadi.


Elektron orbitallar soni n2 ga teng.
l = 0, 1, 2, 3, 4, 5,........
s, p, d, f, g, h,........
Orbital kvant sonlari bilan farq qiladigan elektronlar energiyalari bilan ham o’zaro farq qiladi, chunki elektronning energiyasi n va l qiymatlariga bog’liq. l qanchalik katta bo’lsa energiyasi ham katta bo’ladi.
3. Magnit kvant son m — elektronning fazodagi vaziyatini xarakterlaydi.Uning qiymatlari -l dan +l gacha bo’la oladi, 0 ham bo’lishi mumkin. m ayni energetik pog’onada nechta orbital borligini, orbitallarning shaklini ko’rsatadi.
Masalan: Birinchi qavatda faqat bitta s-orbital (m=0) bo’ladi. Ikkinchi qavatda bitta s-orbital (m=0) va uchta p-orbital (m=+1; 0; -1) bo’ladi. Uchinchi qavatda bitta s-orbital (m=0) uchta p-orbital (m=+1; 0; -1) va 5 ta d-orbital (m=+2; +1; 0; -1; -2) bo’ladi.
n va l o’zgarmas bo’lsa, m ning energiyasi ham o’zgarmasdir. Masalan: 5d orbitallarning fazoda joylashishi (turli o’qlarda) o’zgarsa ham, energiyasi bir xildir.
4. Spin kvant soni ms — maxsus mexanik miqdor bo’lib, elektronlarning o’z o’qi atrofida aylanishini ko’rsatadi. Uning son qiymatlari +1/2 va -1/2 bo’lishi mumkin.

Pauli prinsipi. Gund va Klechkovskiy qoidalari.


Pauli prinsipi:


Bir atomda to’rtala kvant sonlari bir-biriga teng bo’lgan ikkita elekron bo’la olmaydi.


Klechkovskiyning 1-qoidasi :
Ikki holatdan qaysi biri uchun n+l yig’indisi kichik bo’lsa, shu holatda turgan elektronning energiyasi minimal qiymatga ega bo’ladi.


Klechkovskiyning 2-qoidasi:
Agar berilgan ikki holat uchun n+l yig’indisi bir xil bo’lsa, bosh kvant soni kichik bo’lgan holat minimal qiymatga ega bo’ladi.
Atomda elektronlarni pog’onachalarga joylashtirishda quyidagi uch qoidani nazoratda tutish kerak:
1. Har qaysi elektron minimal energiyaga muvofiq keladigan holatni olishga intiladi.

Download 27,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish