1. Passiv va faol metodlarning xususiyatlari. 1. Passiv va faol metodlarning xususiyatlari. Ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligiga ko‘ra metodlarni uchta guruhga ajratiladi: passiv, faol, interfaol. Passiv metod – bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro ta’sirining shunday ko‘rinishi-ki, bunda o‘qituvchi darsning borishini boshqaruvchi va asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs, o‘quvchilar nofaol (passiv) tinglovchilar va ular o‘qituvchi ko‘rsatmasinigina bajarishadi, xolos. Faol metod – o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining shakli, bunda o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki o‘qituvchi bilan birday faollikka ega. Passiv metodda o‘qituvchi avtoritar, faol metodda esa o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari demokratik ko‘rinishda bo‘ladi. Faol metod – o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining shakli, bunda o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki o‘qituvchi bilan birday faollikka ega. Passiv metodda o‘qituvchi avtoritar, faol metodda esa o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari demokratik ko‘rinishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |