44
Yirik hajmdagi bunday mavzularning oxirgi darsini zamonaviy ta`lim
texnologiyalariga tayangan holdayakunlovchimashg‘ulot yoki konferentsiya
darslarini tashkil qilib yakunlash o‘ziga xos mazmun-mohiyatga, pedagogik
maqsadga tayanadi. Bunday darslarda pedagogik muhit ham, o‘quvchilarning
qiziqish va intilishlari ham faol tusga kiradi, ta`lim samaradorligi oshadi.
“Keyingi yillarda tashabbuskor, izlanuvchan o‘qituvchilar tomonidan
qo‘llanilayotgan bahs-munozara, sinov, matn yaratish, yozma ishlar, nazm,
konferentsiya, sayohat, stsenariyli dars kabi noan`anaviylik juda foydali bo‘lib,
dars jarayonida o‘quvchi o‘quvchilar ham faol ishtirok etishga muvaffaq
bo‘lmoqdalar.
Konferentsiya darslari yakuniy mashg‘ulotning bir shakli bo‘lib, bunday
darslar maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.
Konferentsiya darslarida o‘quvchilarning mavzu yuzasidan ma`ruzalari
tinglanadi, shoir va yozuvchilarning asarlaridan yod olinadi, dramatik asarlardan
parchalar sahnalashtiriladi, gramplastinka va magnit lentalaridan kuy tinglanadi,
adabiy o`yinlardan va texnik vositalardan foydalaniladi.
Konferentsiya tarzda o‘tkaziladigan darsda o‘quvchilar o‘rganilgan asarning
tarbiyaviy ahamiyatini dasturdagi an`anaviy darslardan ko‘ra chuqur anglab
etadilar. Ma`ruzalarni tayyorlash jarayonida ularda qo‘shimcha manbalardan
foydalanish malaka va ko‘nikmasi shakllanadi”
16
.
Shunga ko‘ra, maktabda gap bo‘laklarining grammatik xususiyatlari o‘rganib
bo‘lingach, oxirgi darsni konferentsiya tarzida tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga gapning ikkinchi darajali bo‘laklari bilan bog‘liq
mavzular yuzsasidan ma`ruza tayyorlab kelishni topshiradi. Shuningdek, gapning
ikkinchi darajali bo‘laklari faol ishtirok etgan ayrim g‘azallar, she`rlardan tanlab
yod oldiradi va dars jarayonida mazkur she`rlarni ifodali ayttirib, ular matnidagi
gap bo‘laklarini aniqlash mashqlarini bajartiradi. Darsda integratsiyani ta`minlash
uchun esa ayrim g‘azallarning qo‘shiq qilib kuylangan variantidan ham
16
B.Тo‘хliyev, М.Shamsiyeva, Т.Ziyadova. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. –Т.: “Yangi asr avlodi”, 2010, 49-b.
45
foydalanish mumkin. Bunday shaklda tashkil qilingan darslarda o‘quvchilar
mustaqil ma`ruza tayyorlash jarayonida qo‘shimcha ilmiy-badiiy adabiyotlardan
foydalanishadi, sintaktik tahlil malakalarini rivojlantirishadi, bir-birilarining
tayyorlagan ma`ruzalarini tinglab, o‘z munosabatlarini bildirishadi, bahs-
munozaraga kirishishadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rganilgan mavzularning
mustahkamlanishiga, ona tili darslarining qiziqarlilik darajasini oshirishga munosib
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: