2.2.Turizm klassifikatsiyasi
Hozirgi zamon turizmini klassifikatsiya qilish uchun eng avvalo uning asl mohiyatini ochib
beradigan belgilarni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, turizmning asl
mohiyatini geografik belgilar, turistik oqimlarning yo„nalishi, maqsadi, mablag„ bilan
ta‟minlanganligi, harakatlanishi, joylashishi, turistlar soni, tashkiliy va huquqiy asoslari ochib
beradi. Ushbu belgilarga ko„ra turizm quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. (1-jadval).
1-jadval
Turizm klassifikatsiyasi
Klassifikatsiya belgilari
Turizm turlari
1. Geografik belgilar
Ichki, xalqaro
2. Turistik oqimlar yo„nalishi
Kelishi, ketishi
3. Maqsadi
Rekratsiya, davolanish va dam olish, ko„rish
(ekskursiya), tadbirkorlik (ish yuzasidan), ilmiy,
sport va dam olish, shop-turizmi, qiziqish, ziyorat
qilish, ekoturizm, ekzotik va boshqalar.
4. Mablag„ bilan ta‟minlanish
manbai
Ijtimoiy, savdo
5. Harakatlanishi
Piyoda, samalyotda, dengizda, daryoda, avtomatika
bilda, poezda, velosipeda, aralash
6. Joylashish joyi
Mehmonxonada, motelda, pansionotda, kemping,
palatkada
7. Turizmda qatnashuvchilar
Yolg„iz, oilaviy, guruh
8. Tashkiliy shakli
Tashkiliy, ixtiyoriy
Bizningcha turizm klassifikatsiyasi yana boshqa bir qancha ko„rinishlarga ham egadir.
Jumladan buni 2-jadvalda quyidagicha ko`rinadi.
2-jadval
Turizm klassifikatsiyasi
Sayohatda ishtirok etuvchilar va
qatnashadiganlar soniga ko‘ra
Individual (yakka), guruh, oilaviy
Dam olish regioniga ko‘ra
Milliy, xalqaro
Turizm bozori
Ichki, xalqaro
Tashkil etish xususiyatiga ko‘ra
Tashkillashtirilgan, tashkillashtirilmagan, mustaqil
Maqsadiga ko‘ra
Dam olish, sog„liqni tiklash (sanatorniya), rekreatsiya,
sog„lomlashtirish, ishbilarmonlik, ta‟limiy, diniy, ziyorat,
shopturizm, sog„inish-qumsash (nostalgicheskiy) va
boshqalar.
Yoshiga ko‘ra
Bolalar, yoshlar, o„rta yoshdagilar, keksa yoshdagilar,
qarilar
Xarakatlanish vositasiga ko‘ra
Avtomobil, avtobus, suv (kruiz), piyoda, temiryo„l, xavo,
velosiped va boshqalarda
Faoliyat turiga ko‘ra
Ishbilarmonlik, tanishuv, sport, ekologik, kongress,
ekstremal, qishloq (agroturizm) va boshqalar
Tabiiy resurslardan
foydalanishga ko‘ra
Tog„, dengiz, o„rmon, daryo, plyaj, davolanish
Hududiy xarakteriga ko‘ra
Kontinental, dengizbo„yi, orol
Moliyaviy manbasiga ko‘ra
Tijorat, ijtimoiy (sotsial)
Turistlarni joylashtirish
vositasiga ko‘ra
Mexmonxona tipi, mexmonxona bo„lmagan tipi
Sayohatning uzoq-yaqinligi
Yaqin, uzoq
Sayohatning davomiyligi
Qisqa, o„rta, uzoq
Turistik potoklarning intensivligi
Mavsumiy, yil davomida (doimiy)
Ichki turizm yoki ko`p hollarda mahalliy turizm sifatida ham ishlatiladi. Agar turist o„z
yashab turgan mamlakat hududdan chiqmasdan sayohat qilsa, turizmning bunday shakliga ichki
turizm deb ataladi. Bunday turistlar uchun viza kerak emas, o„zining milliy pulidan foydalanadi.
Ayrim ma‟lumotlarga qaraganda turistik sayohatlarga chiqishning asosiy qismi ichki turizmga
to„g„ri keladi. Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik resurslardan foydalanish,
turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, turizm bo„yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash
imkoniyatini beradi.
Keyingi yillarda xalqaro turizm bilan ichki turizm orasida bir-biriga yaqinlashuv yuz
bermoqda. 1985 yil 14-iyun oyida Yevropa davlatlarining bir guruhi Gollandiya, Belgiya,
Germaniya, Fransiya, Lyuksenburg, Italiya kabi davlatlarning hukumat boshliqlari Shengel
hamkorligiga imzo chekdilar. (2019 yilda 22 ta davlatda shingen shrtnomasi amal qiladi).
Keyingi yillarda Yevropa davlatlarining ko`pchiligi yagona pul muomalasi «Yevro»ga
o`tmoqdalar. Bu esa ushbu mamlakatlarning barchasida pul, tovar va turistlarning erkin harakat
qilish imkoniyatini beradi. Ushbu davlatlarda yagona viza siyosati amalga oshirildi. Bu esa
Yevropaga turistlar oqimining ko„plab kelishi va ularning viza uchun ortiqcha mablag„ va vaqt
sarflanmasligiga olib keldi.
Xalqaro turizm. Turistlarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga borib, undagi tarixiy,
madaniy ob`ektlari bilan tanishish, ko„rish, dam olishga, davolanish va h.k. maqsadlargagi
tashrifidir. Xorijiy mamlakatlarga pul ishlab kelish uchun borish turizmga kirmaydi.
Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqishdan oldin sayohatga chiqayotgan kishilar uchun viza
ochiladi, ular tibbiyot ko„rigidan o„tkaziladi, milliy pul, xorijiy mamlkat puliga almashtiriladi.
Bunday ishlarning amalga oshirilishi eng avvalo aholini noqonuniy migratsiyasiga, narkotik
moda va fohishabozlikka qarshi kurash va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Xalqaro
turizmning ikkinchi o„ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, xalqaro turizm mamlakat
iqtisodiyotiga katta ta‟sir ko„rsatadi. Chet ellik turistlarning turizm xizmatlaridan foydalanishi
turist qabul qilgan mamlakatga valyuta tushumining ortishiga olib keladi. Shu sababli xalqaro
turizm faol turizm deyiladi. Shu bilan birga turistlarni eksport qiluvchi mamlakatlarda pulning
bir qismi turistlar bilan chiqib ketadi. Shu sababli faqat turistlarni eksport qiluvchi
mamlakatlardagi turizm passiv turizm deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |