4 – sinf musiqa Mavzu Xalq qo’shiqlari Shaftoliga savolim sana



Download 17,84 Kb.
Sana01.05.2022
Hajmi17,84 Kb.
#601154
Bog'liq
4-sinf xalq qoshiqlari


Xovos tumani


12- maktabning musiqa madaniyati fani o’qituvchisi Fuzaylitdinov Islomjonning
1 soatlikdars ishlanmasi


4 – sinf musiqa
Mavzu Xalq qo’shiqlari
Shaftoliga savolim
SANA_11.11.2011
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O'quvchilarda ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni shakllantirish. TK1 mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob beradi, muloqotda muomala odobiga rioya qiladi.
Tarbiyaviy: «O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi»ning mualliflari haqida tushuncha berish. FK1: qo‘shiq haqida tushunchaga ega bo‘ladi, oddiy musiqa shakllarni biladi, band shaklini farqlay oladi,
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko'nikmalarini shakllantirish. FK2: turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatadi;
Darsning metodi: suhbat, «Klaster» usuli.
Darsning jihozi: Davlat ramzlari, M.Burhonov, A.Oripov portretlari, texnik vositalar, 4-sinf «Musiqa» darsligi.
Darsning blok-chizmasi

t/r



Dars bosqichlari

Vaqt







1

Tashkiliy qism

2 minut

2

Kirish suhbati

15 minut

3

Mavzu ustida ishlash

23 minut

4

Darsni yakunlash va uyga topshiriqlar

5 minut

Darsning borishi

O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish.
Musiqa tinglash. O'quvchilar «O'zbekiston Respnblikasining Davlat Madhiyasi»ni tinglaydilar.
Suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savollar berish bilan darsni boshlaydi:
1. Kecha yurtimizda qanday bayram nishonlandi?
2. Siz bu bayramni qanday o'tkazdingiz?
3. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
4. O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi mualliflari kimlar? Madhiya qanday yangraydi?
O'qituvch o'quvchilardan savollarga aniq javoblar olgach, ularning fikrlarini umumlashtirib, to'ldirib, Madhiyaning bastakori M.Burhonov va shoir A.Oripovlarning hayoti va ijodi haqida tushuncha beradi.
Yangi mavzuni boshlashdan avval «Klaster» usulini qo'llab, doskaga «Vatan» so'zi yozib qo'yiladi. O'qituvchi «Vatan deganda nimani tushunasiz?» deb savoi beradi. O'quvchilar birma-bir Vatan haqida bilganlarini doskaga chiqib yozadilar. Shu orqali o'quvchilarning Vatan haqidagi bilimlari aniqlanadi va mustahkamlanadi.
Shundan so'ng O'qituvchi ijrosida ona-Vatanni, mustaqil diyorimizni madh etuvchi qo'shiq ifodali ijro etiladi. Qo'shiq mazmuni o'qnvchilar bilan tahlil etiladi va O'qituvchi hamkorligida kuyhnadi. O'quvchilar qo'shiq harakatlariga mos raqs harakatlarini bajaradilar.
Musiqa fani orqali milliy urf- odat va an’analarimiz haqida ma’lumot berish.
O'zbek xalq og'zaki ijodiyotining ajralmas qismini qo'shiq- aytimlar tashkil etadi. Mavzu va mazmun jihatdan xilma-xil bu qo'shiqlar o'zida xalq hayoti, turmush tarzini ifoda etadi. Shu bilan birga qo'shiqlarda odamlarning ona-Vatanga, tabiatga, atrof-muhitga, oila va yor-u do'stlariga mehr tuyg'ulari badiiy aks etadi.
Xalq qo'shiqlari dastlab el orasidan chiqqan dehqonlar, hunarmandlar, xizmatchilar va ziyolilar tomonidan turli vaziyatlarda to'qilgan. Biroq ko'p hollarda ulaming nomlari bizga noma’lum bo'lib qolgan, chunki yangi to'qilgan qo'shiq, odatda, yozib olinmagan, balki og'zaki ravishda aytilgan va
shu asnoda (yo'sinda) bir aytuvehidan ikkinchisiga, otadan o'g'ilga, bobolardan nabiralarga o4ib, omma orasida yoyilgan. Shu tarzda o'zbek xalq qo'shiqlari ajdodlardan avlodlarga ma’naviy meros bo'lib, bizga qadar yetib kelgan.
Xalq qo'shiqlarini aytish vaziyati va mazmuniga ko'ra «Mehnat qo'shiqlari», «Oilaviy (to'y) marosim qo'shiqlari», «Mavsum aytimlari» va «Bolalar qo'shiqlari» kabi turlarga ajratish mumkin. Bulardan tashqari, madaniy hordiq chiqarish paytida aytishga moljallangan lapar, yalla va ashula kabi aytimlar xalq orasida keng tarqalgan.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash. Jamoa bo’lib kuylash: Shaftoliga savolim P. Mo’min she;rini o’quvchilar bilan yod oilsh va kuylashga tayyorlanish.
Jumladan, kompozitor Nadim Norxo4jayevning «Shaftoliga savolim» (Po'lat Mo'min she’ri) qo4shig4i xalq qo'shiqlari singari yetti bo'g'inli she’riy bandlar asosida kuylanadi. Shu bilan birga unda cholg'u jo'mavozligi ham qo‘llaniladi.
Musiqa savodi: Qo’shiqlar ko’poroq 7 yoki 8 bo’g’inli she’riy bandlar asosida aytiladi. Bunda bandlar orasida takrorlanib turuvchi maxsus naqarot misralari bo’lmaydi.
V Baholash Dars yakunida o'quvchilar darsdagi ishtiroki asosida baholanadilar va rajbatlantiriladilar.
Uyga vazifa. «Vatanimni madh etaman» mavzusida rasm chizib kelish.
Download 17,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish