4 – sinf
Darsning mavzusi: Navro`z bayrami qo`shiqlari
Darsning maqsadi :
Ta`limiy maqsad:
Mavzu yuzasidan keng qarovli tushuncha berish. “Navro`z qo`shig`i” deb nomlangan qo`shiqni musiqasini va aytish ohangi haqida ma`lumot berish, musiqiy idrok ko`nikmalarini shakillantirish.
Tarbiyaviy maqsad:
a) Ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, xalq qo`shiqlarini sevish tuyg`usi tarkib toptirish.
b) Ekalogok tarbiya berish, bolalarning tabiatni sevish va asrashga uning barsha unsurlarini muhofaza qilishga o`rgatish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:
Mustaqil fikirlash, tinglagan hamda kuylagan asarlarga nisbatan
o`z fikirini erkin bayon eta olish ko`nikmlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: kompyuter, vultimedia, musiqa asboblari, ko`rgazmali qurollar, test savollari, magnitafon, audio kasetalar .
Dars turi: Noananaviy. “O`yin sayohat”
Darsning borishi.
1-o`quvchi: 2-o`quvchi:
Salom odobning boshi Odob elining sirdoshi
Intizomning quyoshi Dostlikning ko`zi qoshi
Yahshilikning yo`ldoshi Tartib intizom boshi
Assalomu alaykum! Assalomu alaykum!
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, bugun biz sizlar bilan darsimiz davomida “Navroz vodiysi”da sayrga chiqamiz. Sayr qila turib gullar teramiz, qo`shiqlar kuylaymiz, yangi qo`shiq o`rganamiz, musiqaning biz bilmagan ayrim qirralari bilan tanishamiz. “Navroz vodiysi” uzoq bo`lganligi uchun uch guruhga bo`linib, yo`limizda duch keladigan turli topshiriqlarni bajaramiz. Siz qancha tez topshiriqni bajarsangiz, shuncha tez manzilga yetib borasiz. Sizlarga Bahoroy yol boshchilik qiladi.
Bahoroy:
Gullar sadosi bilan,
Bulbul navosi bilan.
Yetib keldim siz tomon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Tog`lar bag`rida lola,
Xuddi yoqut payola.
Suvlar shildirab oqar,
Qo`shig`i dilga yoqar.
O`quvchilar: Assalomu alaykum Bahoroy,
Xush kelibsiz, biz tomon.
Bahoroy: Salom aziz bolalar!
Sho`x-shodon durdonalar,
Salom keltirdim sizga
Tabiatim onamdan.
O`qituvchi: Bolalar, guruhingizni bahoriy nom bilan nomlab, unga ta’rif bering.
guruh: “Boychechak” Boychechak bahor darakchisi, har bir xonadonga shodlik olib keladi.
guruh: “Qaldirg`och” Qaldirg`och bahor elchisi. U in qurgan xonadon qut-barakali, dasturxoni to`kin-sochin bo`ladi.
guruh: “Sumalak” Sumalak bahor taomi bo`lib, uni tanovul qilgan insonning kuchiga kuch, quvvatiga quvvat qo`shiladi.
O`qituvchi: Go`zal bahor fasli, gullarning ochilishi, sayroqi qushlarning sayrashi kishiga zavq-shavq va huzur bag`ishlaydi. Xalqimiz azaldan o`zining tabiatga bo`lgan boz mehrini, his-tuyg`ularini, quvonchini go`zal qo`shiqlarda kuylab kelgan. Ularni tinglagan kishiga ko`tarinki ruh paydo bo`ladi. Beixtiyor qo`shiqqa jo`r bo`lganini ham sezmay qoladi. Kuy va q`oshiqning orombaxshligidan dillar huzur topadi. “Navro`zoy vodiysi”ga borishdan oldin ovozingizni sozlab olamiz.
Bahoroy: Bolalar! Mashq kuylab, suhbat qurib “Bobodehqon dalasi”ga yetib keldingiz.
O`quvchilar: Assalomu alaykum Dehqonbobo
Dehqonbobo: Va-alykum assalom, jajji nabiralarim. Xush kelibsiz. Yurtimizda mehnat pallasi, jo`shqin hayot vaqti boshlanadi. Bir ona yerga mehr qo`yib, halol mehnat qilsak, ona yer bizdan o`z sahovatini mo`l hosilni ayamaydi. Azizlarim, sizga bir savolim bor, bahorda qanday ishlar bajariladi? To`gri javoblarni Bahoroy munosib taqdirlaydi.
1-guruh. Don, chigit, dataxt, gullar, sbazavotlar ekildi.
2-guruh. Bog`larda daraxt shohlari butoq qilinib oqlanadi. Taglari yumshatilib sug`oriladi.
3-guruh. Ko`chalar, ariqlar, maydonlar tozalanadi. Hamma joylarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Bobodehqon: Balli bilimdonlar! Safarlaringiz qiziqarli o`tsin. Yahshi boring.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, sayohatimiz davomida biz sizlar bilan “Navrozim” qo`shig`ini o`rganamiz qo`shiqnig muallifi noma`lum bo`lganligi uchun u xalq qo`shg`i deb yuritiladi. Chunki, qo`shiq bizlarga yillar davomida og`izdan-og`izga o`tib kelgan. Qo`shiqda maftunkor Navro`z, chor-atrof, tabiatning betakror go`zalligi kuylanadi.
(Qo`shiq magnitafon orqali eshtiladi). O`qtuvchi uning ohangi, aytilish uslubi bo`yicha tushuncha beradi.
Bohoroy: Bolajonlar sizlar bilan “Kamalak” darsiga yetib keldik.
Kamalak:
Men kamalak, kamalak
Navro`zdan bergum darak
Yetti hil rang jilosidan
Tovlanar har libosim.
Kelinglar azizlarim! Sizlar mana bu ranglar ostida yashiringan testlarni yechishingiz kerak.
Bahor faslida qanday marosim bayramlari o`tkazilgan?
Choy momo.
Shamol chaqirish.
Navro`z bayrami, “Shox moylar”, “Sust xotin”.
Qaysi biri bolalar qo`shig`i?
Ramazon.
Dilhiroj.
Bo`g`macha bilagim.
Qaysi biri o`yin bilan aytiladigan qo`shiq?
Oftob chiqdi olamga.
Laylak keldi.
Oq terakmi, ko`k terak.
Chitti gul.
Bahoroy to`g`ri javoblarni taqdirlaydi.
O`qituvchi: Sizlar bilan sayohatimiz davomida birgalikda qo`shiq kuylaymiz. (Qo`shiq avval birgalikda, so`ng alohida kuylanadi. Qo`shiq matni ekranda katta tasvirda ko`rsatildi)
“Navro`zim” xalq qo`shig`i
Chekkasida gul taqib
Daraxtlarga gur taqib
Kulib kelar Navro`zim
Kulib kelar Navro`zim
Elga rizq-ro`z ulashib
Tandir nonni ushatib
Yashnab kelar Navro`zim
Yayrab kelar Navro`zim
Eng sevimli hush ayyom
Ko`ngillarni yayratgan
Yashnab kelar Navro`zim
Yayrab kelar Navro`zim
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar! Qo`shiq kuylab, sizlar bilan “Musiqa savodlari” davoniga keldik. Bu davonda binafshalar juda ko`p ochilgan.
Hozir biz sizlar bilan notaga qarab “Binafsha” qo`shig`ini kuylaymiz. Avval barchamiz kuylaymiz. So`ngra guruhlar aro kuylaymiz. Bahoroy to`g`ri va aniq kuylagan guruhni munosib taqdirlaydi.
O`qituvchi: Qoshiq kuylab “Navro`z oy vodiysi”ga yetib keldik bu vodiyda birinchi bo`lib boychehcak ochilgan. Hozir xalq qo`shig`i “Boychehcak” qo`shig`ini tinglaymiz.
1-o`quvchi: Salom, Navro`zoy! Yangi kun, yangi olam! Biz seni qanchalar orziqib – orziqib kutdik. Hush kelibsan, Navro`zoy!
Chug`urlashib qushlarjon
Shamoldayin yeladi,
Har yil shunday Navro`zoy,
Quvonch olib keladi.
Navro`zoy: Salom aziz bolajonlar! O`zbekiston kelajagi, o`zbek xalqining gulchechaklari. Sizning donayu-zukkolaringizni sexirli ko`zgudan kuzatib turdim. Men haqimda aytgan qo`shig`ingiz juda chiroyli va yoqimli. Yana bir bor shu qo`shiqni kuylab bering (qo`shiq kuylanadi).
Navro`zoy topshirig`i:
Bahor taomi.
Bahorda uchib keladigan qush.
Yetti xil rangda tovlanadi.
Bahor elchisi.
Tog`larda eriydi.
Qizil gul.
Bahorning yana bir nomi.
O`zbek milliy sport turi
O`qituvchi: Bahoroy sayohat davomida sizlarni har bir ishingizni munosib taqdirladi. Qani bilaylikchi qaysi guruh go`lib bo`ldi. (Go`lib guruhni Navro`zoy taqdirlaydi)
Navro`zoy:
Bizga ruhsat endi bolalar
O`z ishimiz tomon yetaylik
Kutmoqdadir bizni keng dala.
Vazifamiz ado etaylik.
Bolalar xayrlashadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |