4 – sinf Darsning mavzusi: Navro`z bayrami qo`shiqlari Darsning maqsadi



Download 53,5 Kb.
Sana16.12.2019
Hajmi53,5 Kb.
#30423
Bog'liq
Bayjanov Rasbergen 4-klass qosiq



4 – sinf

Darsning mavzusi: Navro`z bayrami qo`shiqlari
Darsning maqsadi :

  1. Ta`limiy maqsad:

Mavzu yuzasidan keng qarovli tushuncha berish. “Navro`z qo`shig`i” deb nomlangan qo`shiqni musiqasini va aytish ohangi haqida ma`lumot berish, musiqiy idrok ko`nikmalarini shakillantirish.

  1. Tarbiyaviy maqsad:

a) Ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, xalq qo`shiqlarini sevish tuyg`usi tarkib toptirish.

b) Ekalogok tarbiya berish, bolalarning tabiatni sevish va asrashga uning barsha unsurlarini muhofaza qilishga o`rgatish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad:

Mustaqil fikirlash, tinglagan hamda kuylagan asarlarga nisbatan

o`z fikirini erkin bayon eta olish ko`nikmlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: kompyuter, vultimedia, musiqa asboblari, ko`rgazmali qurollar, test savollari, magnitafon, audio kasetalar .
Dars turi: Noananaviy. “O`yin sayohat”
Darsning borishi.

1-o`quvchi: 2-o`quvchi:

Salom odobning boshi Odob elining sirdoshi

Intizomning quyoshi Dostlikning ko`zi qoshi

Yahshilikning yo`ldoshi Tartib intizom boshi

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum!

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, bugun biz sizlar bilan darsimiz davomida “Navroz vodiysi”da sayrga chiqamiz. Sayr qila turib gullar teramiz, qo`shiqlar kuylaymiz, yangi qo`shiq o`rganamiz, musiqaning biz bilmagan ayrim qirralari bilan tanishamiz. “Navroz vodiysi” uzoq bo`lganligi uchun uch guruhga bo`linib, yo`limizda duch keladigan turli topshiriqlarni bajaramiz. Siz qancha tez topshiriqni bajarsangiz, shuncha tez manzilga yetib borasiz. Sizlarga Bahoroy yol boshchilik qiladi.


Bahoroy:

Gullar sadosi bilan,

Bulbul navosi bilan.

Yetib keldim siz tomon,

Daraxtlar taqdi marjon.
Tog`lar bag`rida lola,

Xuddi yoqut payola.

Suvlar shildirab oqar,

Qo`shig`i dilga yoqar.


O`quvchilar: Assalomu alaykum Bahoroy,

Xush kelibsiz, biz tomon.



Bahoroy: Salom aziz bolalar!

Sho`x-shodon durdonalar,

Salom keltirdim sizga

Tabiatim onamdan.



O`qituvchi: Bolalar, guruhingizni bahoriy nom bilan nomlab, unga ta’rif bering.

  1. guruh: “Boychechak” Boychechak bahor darakchisi, har bir xonadonga shodlik olib keladi.

  2. guruh: “Qaldirg`och” Qaldirg`och bahor elchisi. U in qurgan xonadon qut-barakali, dasturxoni to`kin-sochin bo`ladi.

  3. guruh: “Sumalak” Sumalak bahor taomi bo`lib, uni tanovul qilgan insonning kuchiga kuch, quvvatiga quvvat qo`shiladi.

O`qituvchi: Go`zal bahor fasli, gullarning ochilishi, sayroqi qushlarning sayrashi kishiga zavq-shavq va huzur bag`ishlaydi. Xalqimiz azaldan o`zining tabiatga bo`lgan boz mehrini, his-tuyg`ularini, quvonchini go`zal qo`shiqlarda kuylab kelgan. Ularni tinglagan kishiga ko`tarinki ruh paydo bo`ladi. Beixtiyor qo`shiqqa jo`r bo`lganini ham sezmay qoladi. Kuy va q`oshiqning orombaxshligidan dillar huzur topadi. “Navro`zoy vodiysi”ga borishdan oldin ovozingizni sozlab olamiz.

Bahoroy: Bolalar! Mashq kuylab, suhbat qurib “Bobodehqon dalasi”ga yetib keldingiz.

O`quvchilar: Assalomu alaykum Dehqonbobo

Dehqonbobo: Va-alykum assalom, jajji nabiralarim. Xush kelibsiz. Yurtimizda mehnat pallasi, jo`shqin hayot vaqti boshlanadi. Bir ona yerga mehr qo`yib, halol mehnat qilsak, ona yer bizdan o`z sahovatini mo`l hosilni ayamaydi. Azizlarim, sizga bir savolim bor, bahorda qanday ishlar bajariladi? To`gri javoblarni Bahoroy munosib taqdirlaydi.

1-guruh. Don, chigit, dataxt, gullar, sbazavotlar ekildi.

2-guruh. Bog`larda daraxt shohlari butoq qilinib oqlanadi. Taglari yumshatilib sug`oriladi.

3-guruh. Ko`chalar, ariqlar, maydonlar tozalanadi. Hamma joylarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Bobodehqon: Balli bilimdonlar! Safarlaringiz qiziqarli o`tsin. Yahshi boring.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, sayohatimiz davomida biz sizlar bilan “Navrozim” qo`shig`ini o`rganamiz qo`shiqnig muallifi noma`lum bo`lganligi uchun u xalq qo`shg`i deb yuritiladi. Chunki, qo`shiq bizlarga yillar davomida og`izdan-og`izga o`tib kelgan. Qo`shiqda maftunkor Navro`z, chor-atrof, tabiatning betakror go`zalligi kuylanadi.

(Qo`shiq magnitafon orqali eshtiladi). O`qtuvchi uning ohangi, aytilish uslubi bo`yicha tushuncha beradi.

Bohoroy: Bolajonlar sizlar bilan “Kamalak” darsiga yetib keldik.

Kamalak:

Men kamalak, kamalak

Navro`zdan bergum darak

Yetti hil rang jilosidan

Tovlanar har libosim.


Kelinglar azizlarim! Sizlar mana bu ranglar ostida yashiringan testlarni yechishingiz kerak.


  1. Bahor faslida qanday marosim bayramlari o`tkazilgan?

    1. Choy momo.

    2. Shamol chaqirish.

    3. Navro`z bayrami, “Shox moylar”, “Sust xotin”.




  1. Qaysi biri bolalar qo`shig`i?

    1. Ramazon.

    2. Dilhiroj.

    3. Bo`g`macha bilagim.

  2. Qaysi biri o`yin bilan aytiladigan qo`shiq?

    1. Oftob chiqdi olamga.

    2. Laylak keldi.

    3. Oq terakmi, ko`k terak.

    4. Chitti gul.

Bahoroy to`g`ri javoblarni taqdirlaydi.

O`qituvchi: Sizlar bilan sayohatimiz davomida birgalikda qo`shiq kuylaymiz. (Qo`shiq avval birgalikda, so`ng alohida kuylanadi. Qo`shiq matni ekranda katta tasvirda ko`rsatildi)
Navro`zim” xalq qo`shig`i

Chekkasida gul taqib

Daraxtlarga gur taqib

Kulib kelar Navro`zim

Kulib kelar Navro`zim
Elga rizq-ro`z ulashib

Tandir nonni ushatib

Yashnab kelar Navro`zim

Yayrab kelar Navro`zim


Eng sevimli hush ayyom

Ko`ngillarni yayratgan

Yashnab kelar Navro`zim

Yayrab kelar Navro`zim


O`qituvchi: Aziz o`quvchilar! Qo`shiq kuylab, sizlar bilan “Musiqa savodlari” davoniga keldik. Bu davonda binafshalar juda ko`p ochilgan.

Hozir biz sizlar bilan notaga qarab “Binafsha” qo`shig`ini kuylaymiz. Avval barchamiz kuylaymiz. So`ngra guruhlar aro kuylaymiz. Bahoroy to`g`ri va aniq kuylagan guruhni munosib taqdirlaydi.



O`qituvchi: Qoshiq kuylab “Navro`z oy vodiysi”ga yetib keldik bu vodiyda birinchi bo`lib boychehcak ochilgan. Hozir xalq qo`shig`i “Boychehcak” qo`shig`ini tinglaymiz.

1-o`quvchi: Salom, Navro`zoy! Yangi kun, yangi olam! Biz seni qanchalar orziqib – orziqib kutdik. Hush kelibsan, Navro`zoy!

Chug`urlashib qushlarjon

Shamoldayin yeladi,

Har yil shunday Navro`zoy,

Quvonch olib keladi.

Navro`zoy: Salom aziz bolajonlar! O`zbekiston kelajagi, o`zbek xalqining gulchechaklari. Sizning donayu-zukkolaringizni sexirli ko`zgudan kuzatib turdim. Men haqimda aytgan qo`shig`ingiz juda chiroyli va yoqimli. Yana bir bor shu qo`shiqni kuylab bering (qo`shiq kuylanadi).
Navro`zoy topshirig`i:


  1. Bahor taomi.

  2. Bahorda uchib keladigan qush.

  3. Yetti xil rangda tovlanadi.

  4. Bahor elchisi.

  5. Tog`larda eriydi.

  6. Qizil gul.

  7. Bahorning yana bir nomi.

  8. O`zbek milliy sport turi


O`qituvchi: Bahoroy sayohat davomida sizlarni har bir ishingizni munosib taqdirladi. Qani bilaylikchi qaysi guruh go`lib bo`ldi. (Go`lib guruhni Navro`zoy taqdirlaydi)

Navro`zoy:

Bizga ruhsat endi bolalar

O`z ishimiz tomon yetaylik

Kutmoqdadir bizni keng dala.



Vazifamiz ado etaylik.
Bolalar xayrlashadilar
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish