4 – mavzu Savollar



Download 21,92 Kb.
bet1/5
Sana27.08.2021
Hajmi21,92 Kb.
#157225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Til 4-Mavzuga oid savol va topshiriqlar


4 – mavzu

Savollar:

1. So‘z nima? Uning qanday muhim belgilari bor?

2. Leksikologiyada so‘z qaysi jhatdan o‘rganiladi?

3. So‘zning lug‘aviy va Grammatik ma’nosi deganda nimani tushunasiz?

4. Leksema nima?

5. Leksemaning nutqiy yasama so‘zdan farqi nimada?

6. Nima uchun izohli lug‘atda faqat leksemalar izohlanishi kerak?

7. Leksemaning shakl tomoni qanday ataladi?

8. Leksemaning mazmun tomoni qanday ataladi?

Javoblar:

1. Leksikologiya leksikani o’rganadi, leksika esa so’zlardan iborat. Har bir so’z ma’lum bir ma’no anglatuvchi nutq tovushi yoki tovushlar yig’indisidan iborat. Masalan: arpa so’zi a, r, p, a kabi nutq tovushlaridan tarkib topgan. Bir tovushdan iborat so’zlar kam miqdorni tashkil etadi (-a,-ya,-yu kabi yuklamalar; a, o, e kabi his-hayajon bildiruvchi undovlar). Har qanday tovush yoki tovushlar yig’indisi so’zni hosil qilmaydi, buning uchun tovush va ma’no birligi bo’lishi kerak. So’z tilning alohida va mustaqil birligi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega:

a) So’zlar nomlash xususiyatiga ega, ya’ni predmet belgi, miqdor, harakat, holat kabi tushunchalarni nomlab, ularga atama bo’ladi. masalan: kitob, davtar, qalam, stol so’zlari predmetlarning nomi; qizil, nordon, katta, chiroyli belgi tushunchasining; yurmoq, o’tirmoq, yozmoq, uzlamoq harakat va holat kabi tushunchalarning nomi va hokazo.

b) So’z xotiramizda tayyor holda saqlanadi. Nutq mobaynida fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zni eslash orqali qo’llaymiz.

d) So’z gap ichida va gapdan tashqari holda qo’llanadi. So’z gap ichida fikr ifoda etuvchi vosita sifatida, gapdan tashqarida esa leksik ma’no bildiruvchi nom (atama) tarzida tushuniladi. Masalan: «Yaxshi so’z jon ozig’i, yomon so’z bosh qozig’i (maqol) – gap, uning tarkibidagi yaxshi, so’z, jon, oziq, yomon, bosh, qoziq kabi so’zlar leksik ma’no bildiruvchi so’zlarning nomi.

e) Leksik ma’no ifodalovchi so’zlar turli grammatik shakllarni qabul qila oladi. Masalan: kitob so’zi son egalik, kelishik shakllarini qabul qiladi: kitoblar, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitobim, kitobing, kitobi kabi.

f) Har bir mustaqil so’z o’z urg’usiga ega: maktab, oila, beshta, katta, lekin, yozmoq kabi.

g) So’zlar ma’no va grammatik belgilar o’xshashligiga ko’ra ayrim-ayrim guruhlarga – turkumlarga bo’linadi.
2. Leksikologiya o’zbek tili kursining bo’limlaridan biri bo’lib, bu bo’limda tilning lug’at tarkibi (leksikasi) o’rganiladi. Tilning lug’at tarkibi (leksikasi) deyilganda tilda mavjud bo’lgan so’z iboralar yig’indisi tushuniladi. Leksikologiyada tilning so’z boyligi, so’zlarning paydo bo’lishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (asosiy va ko’chma ma’nolari), so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari, eskirgan va yangi so’zlar kabi masalalar o’rganiladi. Shuning uchun ham lug’at tarkibidagi so’zlar shu tilda gaplashuvchi xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi bilan chambarchas bog’liq.

3. So’zning ikki xil ma’nosi mavjud, ya’ni leksik ma’no va grammatik ma’no. So’zning leksik ma’nosi tushunchaga asoslanadi. Tushuncha so’z ma’nosining asosini tashkil etadi; so’z esa tushunchaning nomidir. Masalan: er, osmon, daraxt, chiroyli, olmoq so’zlarining ma’nosi boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi: er-predmet, daraxt boshqa bir predmet, chiroyli – belgi; olmoq harakat kabi tushunchalarni ifodalaydi. Demak, shu so’zlarning ma’nosi boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi, keltirilgan so’zlar esa shu tushunchalarning nomidir. Tushuncha kishining borliqni bilishi, uni ongida aks ettirish orqali yuzaga keladi. So’zning leksik ma’nosi uning predmet, belgi, miqdor, harakat, holat kabi tushunchalarni ifoda etishidir. So’zning grammatik ma’nosi leksik ma’no ustiga qo’shiladigan qo’shimcha ma’nolar bo’lib, shu so’zning ma’lum shakl o’zgarishi bilan bog’liq. Tildagi barcha leksik ma’nosi predmet bildiruvchi so’zlar bir turkumga oid (ya’ni ot so’z turkumiga). Masalan: tog’, osmon, tol, daryo, sevgi, iroda so’zlarining har biri alohida predmetlarni ifodalaydi, bu ularning leksik ma’nosi. Lekin shu so’zlarning hammasi predmetlik tushunchasini ifodalovchi bir turkumni, ot turkumini tashkil etadi. Bu esa shu so’zlarning grammatik ma’nosidir. SHuningdek, predmet ma’nosini bildiruvchi bu so’zlar son, egalik, kelishik kabi shakllarni ifoda etuvchi qo’shimchalarni ham oladi. Masalan: daftarlar, osmonim, osmoning, osmoni, qalamning, qalamni, qalamga, qalamda, qalamdan kabi. Demak, predmet ma’nosini bildiruvchi so’zlarning bir turkumga – ot so’z turkumiga oidligi hamda ularning son, egalik, kelishik kabi ma’nolarni ifoda etishi grammatik ma’no sanaladi. Grammatik ma’no so’zlarning birinchidan qaysi so’z turkumiga oidligini bildirsa, ikkinchidan shu so’zning leksik ma’nosi ustiga qo’shiladigan qo’shimcha ma’nolarni ham bildiradi.

4. Leksema (yun.)- tilning lug‘at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi birligi. Leksik ma’no- so‘zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no; lug‘aviy ma’no. Xar qanday leksema o’zining tovushlari ifodalagan ma’nosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat bunday birlik so’z va iboralarda mavjud.Ularga nisbatan gllosema,lug’aviy morfema atamalari xam ishlatiladi.Masalan:uy leksemasining leksik ma’nosi kishi yashaydigan bino, yugurmoq leksemasining leksik ma’nosi bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan xarakatlanmoq va boshqa shunga ko’ra,ular lug'aviy semantic ma’no jixatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham o’rganiladi.

5. Leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqeayalangan ko’rinishi so’z hisoblanadi. Tilshunoslikda so’z atamasi leksemaga nisbatan ham qo’llanadi va leksik so’z deb yuritiladi. Masalan: ,,so’z yasalishi”, ,,yasama so’z” birliklarida so’z xuddi shu ma’noda qo’llanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqeylangan xolati tilshunoslikda so’z shakl, leksema shakl yoki morfologik so’z deb ham yuritiladi. Yasama so’zlarning leksemadan farqi u so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida yasaladi. Nutqiy yasama so’zlar tarkibini asos va qo’shimchalarga ajratish mumkin.




Download 21,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish