4- mavzu O’lchash vositalarning sinovlari O'zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (528-son, 29.08.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan o'lchash vositalarini davlat sinovlaridan o'tkazish qoidalari tasdiqlandi.
Unga ko'ra, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada O'zbekistonning o'lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan tasdiqlangan turdagi o'lchash vositalarini qo'llashga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi mo'ljallangan o'lchash vositalari va O'zbekiston hududida to'p holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan o'lchash vositalari davlat sinovlaridan o'tkaziladi.
O'lchash vositalarini davlat sinovlaridan o'tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to'lanadi.
O'lchash vositalarini davlat sinovlaridan o'tkazish davomiyligi 25 ish kunidan oshmasligi kerak.
O'lchash vositalarini davlat sinovlaridan o'tkazish natijalari ijobiy bo'lganda ijrochi 2 ish kuni mobaynida o'lchash vositalarini sinovdan o'tkazish natijalariga ega bo'lgan hujjatlarni “O'zstandart” agentligiga yuboradi hamda Agentlik o'lchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda ro'yxatga oladi.
“O'zstandart” agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan o'tgan davlat metrologiya xizmati organi ijrochi hisoblanadi.
O'lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati 5 yilni tash etadi.
Ushbu qoidalar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada o'lchash vositalarini qo'llaydigan barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. ‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shuningdek, metrologiya xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalari 3-ilovaga muvofiq;
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 4-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.