4- mavzu: Nutq va adabiy me’yor



Download 28,62 Kb.
bet4/8
Sana10.08.2021
Hajmi28,62 Kb.
#144440
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu.Nutq va adabiy meyor

Nutqning sofligi insonlarning madaniy va ma’naviy saviyasini koʻrsatuvchi muhim omildir. Nutqning kommunikativ sifati faqat adabiy til doirasida boʻlgandagina shakllanadi, toʻlaqonli boʻladi. Nutqning tozaligi deyilganda ham nutqning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi tushuniladi. Nutqning tozaligi uning keraksiz soʽzlardan xoli boʻlishi soʽzlovchi va tinglovchi uchun ham, oʻqituvchi va oʻquvchi uchun ham zarur. Nutqning sofligini buzuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

DIALEKTIZMLAR

VARVARIZMLAR

VULGARIZMLAR

PARAZIT SOʻZLAR

KANSELYARIZMLAR

JARGON VA ARGOLAR
Dialektizmlar – adabiy tilning leksik me’yori emas. U soflikni buzadi, nutqning to‘gʻri tushunilishiga xalaqit beradi. Shevalar asosan, soʽzlashuv va badiiy uslubda keng ishlatiladi.

Varvarizmlar − oʻzbek adabiy tiliga oʽzlashmagan xorijiy soʻzlardir. Nutqda oʻzbek tilida muqobili boʻla turib oʻzlashmagan xorijiy soʻzlarni, ya’ni varvarizmlarni qoʻllash nutqning tozaligini, sofligini buzadi Masalan, voobshche, obshchitada yashaydi, zaynit, tak (xo‘sh deyish o‘rniga), obsujdat qilish kerak, prelest, uchebniy chast, zayavlenie, akt... Bu holat birinchidan, nutqning tozaligiga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, ziyolining madaniy saviyasini, ma’naviy qiyofasini pasaytiradi.

Vulgarizmlar - qo‘pol, haqorat mazmunidagi soʽzlar. Vulgarizmlar badiiy asarlarda salbiy qahramonlarning dagʻalligi, qo‘polligi va madaniyatsizligini koʻrsatish uchun ishlatiladi. Lekin bunday soʽzlarning nutqda qoʻllanilishi salbiy hodisadir. Umumtilda dagʻal, haqorat soʽz va iboralar ham mavjud, ammo vulgarizmlar jamiyatda barqarorlashgan ma’naviy-axloqiy qoidalarga ziddir.

Parazit soʽzlar − ortiqcha qaytariqlar, bekorchi soʽzlardir. Soʽzlovchining tilga e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladi va doimiy qoʻllanilib borilsa, odatga aylanib qolishi mumkin. Masalan, ya’ni, demak, xo‘sh, tak va b. Bunday lugʻaviy birliklarni me’yoridan ortiq qoʻllash nutqning saviyasini pasaytiradi. Tilshunoslikda parazit soʽzlar deb ataladigan bunday birliklar koʻproq ogʻzaki nutqda koʽzatiladi. Aytilmoqchi boʻlgan fikrni yyetarli darajada aniq tasavvur qilmaslik, fikrlar oʻrtasidagi tizimli munosabat idrokining etishmasligi, fikr­ning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida e- e-e, xm-m-m, he-e-e kabi tovush "oqim"lari, xo‘-o‘-o‘sh, haligi, anaqa, masalan, demak, shu, innaykeyin, ya’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi lugʻatlarda aniq ma’nosi mavjud soʽz va iboralar ayni ma’nosidan begona qilingan tarzda qoʻllanadi. Bun­day qoʻllashlar bora-bora nutq tuzuvchida oʽziga xos odatga aylanib qolishi ham mumkin, masalan, kimdir haligi, kimdir demak yana boshqa birov bildingizmi soʽzini ogʻzaki nutqida parazit soʽz sifatida doimiy ishlatadi.

Kanselyarizmlar − rasmiy uslubga xos soʽz va birikmalar. Masalan, yuqorida qayd etilgan, quyida bayon qilingan, ...unvoni berilsin, zimmasiga yuklansin, topshirilsin, tadbirlarni ishlab chiqsin... Qat’iy shaklga kirgan bunday tayyor soʽz va birikmalar hujjatlar matniga alohida rasmiylik ma’nosini beradi. Ammo kantselyarizmlar soʽzlashuv, publitsistik va badiiy nutqda ishlatilsa, nutqning sofligi anchagina zarar koʻradi. Rasmiy uslubdan tashqari boshqa uslublarda qoʻllangan tayyor nutqiy qoliplar oʻquvchining ijodiy tafakkur koʻnikmalarining tarkib topishi, barqarorlashishiga xalaqit beradi.


Download 28,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish