4- mavzu: Nutq va adabiy me’yor



Download 44,59 Kb.
bet5/9
Sana26.03.2022
Hajmi44,59 Kb.
#511204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu.Nutq va adabiy me\'yor

Varvarizmlar − oʻzbek adabiy tiliga oʽzlashmagan xorijiy soʻzlardir. Nutqda oʻzbek tilida muqobili boʻla turib oʻzlashmagan xorijiy soʻzlarni, ya’ni varvarizmlarni qoʻllash nutqning tozaligini, sofligini buzadi. E’tiborsizlik tufayli, asossiz va oʻrinsiz ravishda, ayrim oʻqituvchilarning nutqida bu holatni kuzatish mumkin. Masalan, voobshche, obshchitada yashaydi, zaynit, tak (xo‘sh deyish o‘rniga), obsujdat qilish kerak, prelest, uchebniy chast, zayavlenie, akt... Bu holat birinchidan, nutqning tozaligiga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, ziyolining madaniy saviyasini, ma’naviy qiyofasini pasaytiradi. Varvarizmlarni oʽzbek tiliga oʽzlashgan, adabiy tilning lek­sik me’yorlari sirasidan oʻrin olgan chet soʽzlardan farqlash lozim. Har qanday chet soʻz emas, balki faqat varvarizmlar nutqning sofligini buzadi. Rus, ingliz, arab, fors va boshqa tillarning soʽz va birikmalarini nutqda ishlatish, avvalo, nutqning sofli­gini tamoman yo‘qotadi, qolaversa, bunday qilish oʽzbek tiligagina emas, balki ayni paytda mazkur xorijiy tillarga ham hurmatsizlikni koʻrsatadi. Ba’zi oʻqituvchilar oʽz nutqlarida varvarizmlarni qoʻllab, bu bilan oʽzlarining boshqa tillarni ham bilishlarini, madaniy saviyalarining yuqoriligini koʻrsatmoqchi boʻladilar. Aslida esa bu past madaniy-ma’rifiy saviya, tor tafakkur, qashshoq ma’naviyatdan dalolatdir. Masalan, zvonok chalindi (qo‘ngʻiroq chalindi), pererivga chiqdik (tanaffusga chiqdik), zvonit qildi (qoʻngʻiroq qildi), voobshche (umuman), koroche (qisqasi), tak (xo‘sh) kabi bir qancha soʽz va birikmalarning oʻqituvchining nutqida uchrashi salbiy hodisa sanaladi. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarda misol yoki dalil uchun olingan, iqtibos qilingan xorijiy tildagi soʽz, birikma va jumlalar varva­rizm deb baholanmaydi. Bu bayon qilinayotgan ilmiy fikr­ning asosliligini, manbaga yondashuvning xolisligini kursatishga xizmat qiladigan maqbul usul sanaladi. Varvarizmlar badiiy nutqda oʽziga xos estetik vazifani bajaradi. Badiiy asardagi personajlarning milliy mansubligi, xarakteri, ichki dunyosi, madaniy-ma’rifiy saviyasi kabi bir qator jihatlarni ifodalashda varvarizmlardan foydalanish mumkin. Varvarizmlar, asosan, ayni shu personajlarning nutqida qoʻllanadi. Koʻpincha varvarizm qahramonning u yoki bu millatga mansubligini ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Ba’zan badiiy nutqdagi varvarizmlar qahramonning milliy mansubligini, ichki dunyosini, xarakterini bir chimdim achchiq kulgi bilan ochish uchun ham xizmat qiladi.

Download 44,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish