4 – Mavzu Markaziy Osiyodagi o’rta asr falsafasi. G’arbiy Yevropa o’rta asr va yangi davr falsafasi. Reja: Markaziy Osiyodagi o’rta asr falsafasi


Ahmad Farg’oniy (taxminan 797 – 865 yillar)



Download 34,44 Kb.
bet4/5
Sana17.09.2021
Hajmi34,44 Kb.
#176514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ahmad Farg’oniy (taxminan 797 – 865 yillar) o’rta asrlarda yashagan o’rta osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf.

Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to’satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko’ra Bag’dodda taxtga katta o’g’li Muhammad al-Amin nomi bilan o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa Abdullohni taxtni qo’lga olishga da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o’rtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g’alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi. O’sha yili Abdulloh taxtga al-Ma’mun nomi bilan o’tiradi. Lekin u Bag’dodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo’lib turadi. 819 yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va ulamolari bilan birga Bag’dodga ko’chadi. Ular orasila al-Farg’oniy ham bor edi.

Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 yil bilan bog’lanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’milagan.

Ma’lumotga ko’ra, al-Farg’oniy Mirsda nasroniylar orasida yashab, ularning diniga o’tganligi va shuning uchun u qatl qilinganligi qayd etiladi.

Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro’po tillariga ham tarjima qilingandan so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi.

Hozirgi kunda al-Fa rg’oniyning sakkiz asari ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ullar quyidagilardir: yuqorida tilga olingan asar, odatda uni «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomi bilan ham atashadi - qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. «Asturlob yasash haqida kitob»-qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, «Asturlob bilan amal qilish haqida kitob»- birgina qo’lyozmasi Rampurda (Hindiston), «Al-Farg’oniy jadvallari»- qo’lyozmasi Patnada (Hindiston), «Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»-qo’lyozmasi Qohirada, «Yetti iqlimni hisoblash haqida»-qo’lyozmalari Gotada va Qohirada, «Quyosh soatini yasash haqida kitob»- qo’lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo’lyozmasi topilmagan.

Iqlimning al-Farg’oniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi.

Uning iqlimlar tavsifida 3,4,5,6 va 7-iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda Markaziy Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning uchun quyida o’sha tavsiflarni o’z ichiga olgan parchani keltiramiz.

«Uchinchi iqlim sharqda boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so’ng Hind mamlakatidan so’ngra Kobul va Kermon viloyatlaridan o’tadi.

To’rtinchi iqlim iqlim sharqdan boshlanadi va Tibatdan, so’ngra Xurosondan o’tadiki, bunda Xo’jand, Usrshona, Farg’ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tus, Nishopur shaharlari bor. Undan so’ng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Daylam, Ray, Isfahondan o’tadi.

Beshinchi iqlim sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so’ng Xurosonning shimolidan o’tadi, unda Toroz shahri-savdogarlar shahri bor. Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turaband (O’tror-hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Arminiya (Armaniston) viloyati, Barda’a (Barda), Nashava (Naxchivon) shaharlari bor.

Oltinchi iqlim sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan o’tadi, so’ng Xazar mamlakatidan (Shimoliy Kavkaz va Quyi Volgabo’yi), Jurjon (Kaspiy) dengizining o’rtasidan kesib o’tadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi.

Yettinchi iqlim sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so’ng turkiy mamlakatlardan (Markaziy Osiyo) o’tadi, so’ng Jurjon dengizining shimolidan o’tadi, so’ng Rum dengizini (Qora dengiz) kesib o’tadi va saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan o’tadi va G’arb dengizida (Atlantika) tugaydi».
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Ja lil al-Farg’oniy ar- Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tug’ilgan, 1197 yilda vafot etgan. U Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, fikx-islom huquqshunosligi borasida bilmga ega bo’lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burxon ud-din va-l-milla (Milla deganda xalq, ya’ni musulmonlar tushuniladi. Bu yerda olimni ulug’lab, uni islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti leyilmoqchi) va Burhonuddin al-Marg’inoniy (Marg’inon-Marg’ilon shahrini o’rta asrlarda arablar Marg’inon deb atashgan) nomlari bilan mashhurdir.

1149 yili Burhonuddin al-Marg’inoniy haj safariga bordi.

Burhonuddin al-Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to’rta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o’rganish bilan birga o’zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim») «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Manosik ul-haj («Haj marosimlari»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo’lgan narsalar to’plami»), «Kitob ul-faroiz» (« Farzlar kitobi») va boshqalar ma’lum.

«Hidoya»da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fikh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo’shilishlarini izhor etish yo’li bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlab olish yo’liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltirladi.

«Hidoya» to’rt juzdan iborat bo’lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro’za, zakot va xaj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolani nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.

Uchinchi juzda esa: oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulx, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan.

To’rtinchi juzda esa: shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yorlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.

«Hidoya» bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyoda ham huquqshunoslik bo’yicha eng asosiy qo’llanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda bo’lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi.

Quldorlik iqtisodiy - ijtimoiy formatsiyasining feodal ijtimoiy iktisodiy farmatsiyasi bilan almashinuvi - jamiyat tarakkiyotida katta tarixiy progressdir. Feodalizm davrining sinflari va sotsial guruxlari o’rtasidagi kurash ideologiya soxasida xam, jumladan falsafada xam o’z ifodasini topdi. Iktisodiy, siyosiy soxalarida xukmron feodal sinf ideologiya soxasida xam xukmdorlik kiladi. Din feodalizm davri ideologiyasining asosiy formasi edi. Yer, suv, va shunga o’xshagan boyliklarning katta kismi ruxoniylar qo’lida edi. Ruhoniylar aholining birdan-biri ma’lumotli qismi edi. Kishilik fikrining hamma sohalari –falsafa, huquqshunoslik, san’at va tabiatshunoslik fanlari dinga, cherkovning diniy – dogmatik sistemasiga moslashtirilgan edi. Falsafa amaliyotdan ajralib soxlastikaga, ilohiyotga aylandi. Feodalizm davrida tabiatni o’rganish gunoh xisoblandi, tabiatni o’rganishga intilgan tabiatshunoslar esa xudosizlikda ayblanib, quvg’in kilinar, xatto o’ldirilar edi.

Feodalizm davrida din va idealizm cheksiz hukmronlik kilishiga karamay, ularga qarshi materialistik, ateistik tendensiyalar din va idealizmga karshi tabiat fanlari rivoji davom etdi.

Feodalizm va cherkovning rasmiy dunyokarashi sifatida mafkura (iloxiyot) sxolastik falsafa butun o’rta asr davomida hukmronlk kildi. Bu falsafaning nazariy manbai Platon ob’yektiv idealizmi Aristotelь falsafasining idealistik va metafizik tomonlari edi. Endi biz o’rta asrlar davomida ikki asosiy okim-nominalizm va realizm o’rtasidagi keskin kurashning moxiyati nimadan iborat ekanligini qarab chikamiz.

Nominalizm shaxar savdogarlari va hunarmandlari manfaatlari, ularning cherkov hokimiyatiga karshi kurashini ifoda etuvchi, o’z davrining ilg’or falsafiy oqimi hisoblanadi. Realizm cherkov va feodallar manfaatlarini ifoda etuvchi, sxolastik falsafiy okimdir. Realizmning dastlabki asoschisi Platon xisoblanadi. Asosiy vakillari Anselьm, Dun Skott, Eriguen, Foma Akvinskiylardir. Ularning nuktai nazaricha, umumiy tushunchalar – universal real mavjud bo’lib, ular mustaqil goyaviy mohiyat sifatida birlamchidir. Moddiy olamnng predmetlari esa ikkilamchidir.

Umumiy tushunchalar, realistlar fikricha, mangu bo’lib, tabiatdagi predmetlar o’tkinchidir.

Nominilizm shaxar savdogarlari va xunarmandlari manfaatini, ularning cherkov xokimiyatiga uarshi kurashini ifoda etuvchi, o’z davrining ilg’or falsafiy oqimi hisoblanadi. Realizm cherkov va feodallar manfaatlarini ifoda etuvchi eng reaksion, sxolastik-falsafiy oqimdir. Realizmning dastlabki asoschisi Platon hisoblanadi. Asosiy vakillari Anselьm, Dun Skott, Eriguen, Foma Akvinskiydir. Ularning nuktai nazaricha, umumiy tushunchalar –«universal» real mavjud b°lib, ular mustaqil g’oyaviy mohiyat sifatida birlamchidir. Moddiy olamning predmetlari esa ikkilamchidir.

Umumiy tushunchalar, realistlar fikricha, mangu b°lib, tabiatdagi predmetlar o’tkinchidir. ´rta asr realizmi idealizming yorqin ifodasi va o’rta asr katolitsizmi va sxolastikasining falsafiy asosi edi. F. Akvinskiyning bu reaksion idealistik va metafizik qarashlari cherkovini nazariy jixatdan mustaxkamlashga xizmat qildi

XIX- asrning 70-yillarida Akvinskiyning falsafiy nazariyasi katolik cherkovning rasmiy nazariyasi deb e’lon qilindi, uni bilish xar bir dindor-katolik uchun majburiydir.

Nominalistlar Berengariy Turskiy, Ioann Rosselin, Uilyam Okkam kabilar nuktai nazaricha, tabiatdagi yakka-yakka predmet, xodisalar, ularning xususiyatlari ob’yektiv ravishdv mavjuddir, umumiy tushunchalar ikkilamchidir.

Nominalizm o’rta asr sxolastik falsafasidagi materializm kurtaklarining ifodasi, sxolastik falsafaning ikki oqimga-materialistik va idealistik oqimlarga bo’linish alomati edi. Predmetlar, narsalar birlamchi va tushunchalarni ikkilamchi deyish o’sha davr sxolastikasi va dinga qarshi qattiq zarba bo’ldi.

XIV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida asosan Italiyada, so’ngra boshqa mamlakatlarda feodalizm ichida kapitalistik ishlab chikarish munosabatlari vujudga kela boshladi.

Ilg’or olimlar birgalikda fanni din ta’siridan ozod qilish uchun, din va sxolastikaga, cherkovning g’oyaviy diktaturasiga qarshi isyon ko’taradilar. Natijada feodal reaksiyasi bilan burjuaziya, fan bilan din, materializm bilan sxolastik falsafa o’rtasida kurash keskinlashdi. Ana shunday tarixiy sharoitda feodal madaniyatga, din va idealizmga qarshi o’z asarlari va kashfiyotlari bilan karshi turgan fan novatorlari, gumanistlari maydonga keldi.

Ana shunday kishilardan biri N. Kopernik (1473-1543 yillar) dir. Kopernik 1543 yilda nashr etilgan ‘’ Osmon jismlarining gir aylanishi ’’ nomli kitobida Aristotel va Ptolemeyning cherkov rasmiy kabul qilgan geotsentrik nazariyasini rad etdi va o’zining geliotsentrik sistemasini maydonga tashladi. Uning talimoticha, yer, bir tomondan, o’z o’qi atrofida xarakat kiladi, ikkinchidan, olamning markazi quyosh bo’lib, uning atrofida boshqa planetalar bilan bir qatorda yer xam aylanib turadi.

Bu kashfiyot butun dinga va sxolastik falsafiy sistemaga kakshatkich zarba bo’lib tushdi. Kopernikning kashfiyoti tabiat fanlari rivoji yo’lini ko’rsatib berdi. Kopernik falsafa va fan tarixida ulug’ materialistfaylaso’f o’rnini egalladi.

O’tmish davrining yana bir fan novatori, falsafada chukur iz qoldirgan olim Jordano Bruno edi. Bruno ta’limoticha, xakikiy falsafa sxolastikaga emas, balki ilmiy tajribaga tayanishi kerak. Uning dunyokarashi materialistik xarakterga ega bo’lib, shakl jixatdan panteistikdir Bruno nuktai nazaricha, moddiy olam mangu, u xech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi, u so’ngsiz va cheksizdir. Kuyosh sistemasidan tashqari yana sanoksiz dunyolar, kuyoshlar, yerlar mavjud; Dunyo - bepoyon moddiy olam, uning kichik bir qismidir, Yer esa- bepoyon olamning zarrachasidir. Uningcha, xamma narsa xarakatda, birining xarakati ikkinchisini vujudga keltiradi. Uyg’onish davrining yirik materialisti, ensiklopedist olim Galileo Galiley (1564-1642 yillar) edi. U Italiyaning Pize shaxrida dvoryan oilasida tug’ildi.

Galiley sifatlarni ikkiga bo’ladi, ya’ni ob’yektiv va sub’yektiv sifatlarga bo’ladi.

Uning ta’limoticha, tabiatdagi predmetlar xajm, miqdor, shakl va mexanik xarakatgagina ega, bular ob’yektiv sifatlardir. Xid, ta’m, rang, tovush kabi sifat xususiyatlari esa kishilarga sub’yektiv sifatlardir. Shunday qilib, Galiley ikkinchi darajali sifatlarning ob’yektiv xarakterini inkor etdi. U matematik metodlarga asoslanib, predmetlardagi o’zgarishlar faqat miqdoriy o’zgarish deb, sifat o’zgarishlarini inkor etdi.

Moddiy olamni bilish sezgidan boshlanadi va aql bilan tugaydi deydi. Bilish jarayonida sezgilarimiz orkali to’plangan dalillar aql orkali tahlil kilinib, vokealar o’rtasidagi sifatiy bog’lanishlarini ochib beradi.

Galileyning bilish nazariyasi fan rivoji uchun muxim rol o’ynadi.

Galiley tabiat fanlari soxasida metafizik va mexanistik metodlarga asos soldi. Bruno va Galiley materializmdagi kamchiliklar ular yashagan davrning xarakteridan kelib chiqdi. Metafizik, mexanistik materializmning dastabki yirik vakili ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626 yillar ) edi. U o’zining asosiy asari ‘’ Yangi organon ’’da o’z falsafasini o’rta asr sxolastlarining uydirmalariga karama-karshi kuyib, tabiatni materialistik tushunishini asoslab berdi. Uningcha, tabiatni o’rganishning birdan-bir yo’li tajriba, tahlil, predmet va xodisalarni mayda qismlarga bo’lish, ularni solishtirish, induksiyadir. Kishi bilimining manbai xissiy tajriba deydi, kishining aqli o’z xulosa-muloxozalarida sezgilarimiz bergan faktlarga asoslanmog’i lozim deydi. Bekon falsafasida induktiv metodni asoslash muxim erinni egallaydi. Induksiya - deydi Bekon sezgilardan, faktlardan ko’tarilib, sekin-asta eng umumiy koidalarigacha boradi. Birok u deduktiv metodga to’g’ri baxo bera olmadi. Empirizmga (tajribaga) ortiqcha e’tibor berib ratsionalizm (akliy bilish)ning rolini pasaytirib yuboradi. F.Bekonning falsafa va fan tarixidagi xizmati katta. U yangi davr Angliya materializmi va umuman, tajribaviy metod asoschisidir.

Endi biz Bekon materializmi sistemalashtirgan faylaso’f Tomas Gobbs (1588-1679 yillar) faoliyati bilan tanishamiz.

Gobbs ‘’ Tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratish mumkin emas’’ degan fikrni olg’a surgan edi. Materiya abadiy, ayrim jismlar yesa vaqtinchalik xarakterga ega, ular vujudga keladi va yo’q bo’ladi.

U matematik va geometrik bo’lgani uchun xamma narsa, xodisalarni geometriya qonun-qoidalari asosida tushuntirishga xarakat qilgan edi. Sezuvchanlik o’zining ochiq ranglarini yo’qotadi va geometriyaning abstrakt sezuvchanligiga aylanadi. Fizik xarakat mexanik yoki matematik xarakatga qurbon qilinadi: geometriya asosiy fan deb e’lon qilinadi.’’

XVII- asrning yirik mutafakkirlaridan biri fransuz Rene Dekart (1590-1650 yillar) edi. Bilish nazariyasidan Dekart ratsionalizmning asoschisi edi. U bilishda tajriba emas, balki tafakkur akl asosiy rol o’ynaydi deb xisoblar edi. O’zining ‘’ Metod xakida muloxazalar ’’ asarida bilishning deduktiv metodini ishlab chikishga xarakat kiladi. Uningcha, koinot eng avval materiyaning olovsimon xavosimon va tuproksimon elementlarining ko’shilmasidan paydo bo’lgan. Sekin-asta birinchi elementdan quyosh ikkinchisidan xavo va uchinchisidan - Yer va Quyosh sistemasining boshka elementlari vujudga kelgan.

Angliyadagi idealistik okimning namoyandasi Jorj Berkli (1685-1753 yillar) o’zining “Kishi bilimining boshlangichi xakida risola” asarida materialistik fikrlarni rad etishga urinadi. Uningcha, birlamchi-sub’yektdir. Butun narsalar ong xolatidan, turli sezgilarning kombinatsiyasidan iborat.

Masalan, materialist uchun anor moddiy predmet bo’lsa, Berkli anor ma’lum sezgi va tasavvurlarning kombinatsiyasidan iboratdir. Uningcha, shu anorni ma’lum shaxs ko’rib turganligi uchun anor real mavjuddir. Agar u yeki bu jismni kishi ko’rmasa, xis etmasa, bu jism yo’k, deydi.

Berkli sub’yektiv idealistik fikrlarini David Yum (1711-1776) davom ettirdi. U Berkli falsafasiga agnostitsizmni qo’shdi.

Kishi bilimining manbai deb Yum xissiy tajribani, sezgilar yig’indisini tushunar edi. Yumning fikricha, bizning sezgilarimizning tashki manbai bormi, yo’kmi, bu savolga javob berib bo’lmaydi. Chunki kishi o’z sezgilaridan bo’lak narsalarning bor-yo’kligini bila olmaydi.

XVIII asr Fransuz materialistlarning asosiy vakillari: J.O. Lametri, K.A. Gelvedskiy, L.A. Golbax, D. Didro edi. materialistlari materiyani bizdan tashqari mavjud bo’lib, bizning sezgilarimizga ta’sir etadi va sezgi uyg’otadigan narsa deb tushunganlar. Ular nuktai nazaricha, xarakatni materiyadan ajratib mumkin emas.

Bilish masalasida fransuz materialistlari sensualist bo’lgan. Lekin fransuz materialistlari xam dinning xakikiy ildizlarini ocha olmaganlar. Jamiyatga karashda idealistik pozitsiyada turib qoldilar.

Nemis klassik falsafasining asosiy vakillari I. Kant, I.G. Fixte, F.R. Shelling, G.F. Gegelь va L. Feyyerbaxlardir. Ular falsafadagi turli okimlarga mansubdirlar.

Falsafiy fikr tarakkiyotiga katta xissa qo’shgan nemis klassik falsafasining vakillari I. Kant, G. Gegelь va L. Feyyerbax xisoblanadi. Shuning uchun ularning dunyoqarashiga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.

Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant (1724-1804) o’z zamonasining dolzarb nazariy muammolari bilan shug’ullangan olimdir. Kant dialektika goyalarini kayta tiklagan mutafakkirdir. Kant fakat falsafaga emas, balki umuman fan tarakkiyotiga ulkan xissa kushdi. Kantning Kuyosh sistemasi katta gaz tumanligidan kelib chikkanligi to’g’risidagi gipotezasi xozirgi paytgacha falakiyot fanidagi fundamental ilmiy goyalardan xisoblanadi. Kant o’z zamonidagi tabiyotshunoslikning prinsiplarini fakat koinotning tuzilishiga emas, balki uning tarixiga, ya’ni kelib chikishi va rivojlanishiga tatbik etishga xam urindi. Bu uning «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» kitobida o’zining yakkol ifodasini topdi. Kant o’zining tabiiy-ilmiy karashlari bilan tabiatni metafizik tarzda tushunishga chek kuydi.

Kant fikricha, falsafaning borlik, axlok va din kabi muammolari bilan shugullanishdan avval insonning bilish imkoniyatlari va uning chegaralarini aniklab olish lozim. Shundan kelib chikkan xolda Kant kishini o’rab turgan tashki dunyodagi narsalarni ikkiga buladi. Biri – uz – uzicha mavjud bulgan narsalar dunyosi, ikkinchisi – bizning sezgilarimiz aks ettirgan narsalar, xodisalardir. Kant ta’limoticha, biz dunyoni kanday mavjud bulsa, shundayligicha bila olmaymiz, balki uning ifodalanishini bilamiz xolos. Kishilar «narsa uzida» ning moxiyatini bila olmaydi, ular xodisalarnigina biladi. Kant fikricha, xodisalar dunyosi tartibsiz, u xech kanday konuniyat va zaruriyatga buysunmaydi. Inson bilish jarayonida xodisalar dunyosiga tartib kiritadi, uni ma’lum bir vakt va makon bilan boglab urganadi.

Kantning falsafadagi xizmati shundaki, u dialektik goyalar masalasini kundalang qilib qo’ydi, okilona fikrga dialektika xos ekanligini yaxshi tushundi.

Nemis klassik falsafasining eng yirik vakili G.F.Gegelь edi. Gegelь ta’limoticha, barcha mavjud narsalarning asosida «mutlok goya»ning (u mutlok rux xam deb ataladi) rivoji yotadi. Dastlabki paytda mutlok goya «sof borlik» sifatida mavjud buladi. Keyinchalik u rivojlanib mazmun jixatdan biridan biri boy bulgan tushunchalarni vujudga keltiradi. Mutlok goya uzining butun mazmunini ifoda etmaguncha rivojlanib boraveradi. Mana shu rivojlanish jarayonida mutlok goya tabiatni keltirib chikaradi va moddiy narsalar tarzida namoyon buladi. Mutlok goyaning tabiat tarzida kurinishidan avval mexanik xodisalar vujudga keladi, keyin kimyoviy birikmalar va nixoyat inson, jamiyat paydo buladi. Shundan keyin mutlok goya uzi uchun begona bulgan moddiy kobikdan chikib yana uzining avvalgi shaklida, ya’ni kishilarning ongi, tafakkuri shaklida yashaydi. Inson ongi rivojlangan sari goya tobora moddiylikdan kutulib boradi. Pirovard natijada mutlok goya uzining oldingi xolatiga kaytadi. Endi u sof borlik xolatida emas, balki uzining butun mazmunini ifoda etgan va anglagan borlik sifatida kurinadi.

Gegelь uz falsafiy tizimini sistemasini) yaratib mutlok goya uzining boy mazmunini moddiy olam – tabiat va jamiyat sifatida ifoda etishini kursatar ekan, avvalo dunyo uzluksiz tarakkiyotda ekanligini kayd etadi. Ikkinchidan, mutlok goyaning tarakkiyot jarayonini ochib berar ekan, mana shu jarayon karama - karshi tomonlarning kurashi orkali sodir bulishini, bunda bir tushuncha ikkinchi tushuncha tomonidan inkor etilishini, utilgan boskich yanada yukori darajada takrorlanishini kursatib beradi. Albatta, Gegelь xar doim xam uz dialektik tamoyillarini izchil ifoda eta olmadi. Bu ayniksa Gegelь dialektikani moddiy olamga kullaganida yakkol kurniadi. Dialektik tafakkur uslubini va uning asosiy konunlarini tadkik etish bilan Gegelь falsafiy fikr tarakkiyotiga bebaxo xissa kushdi.

Nemis klassik falsafasining sunggi vakili L.Feyyerbax xisoblanadi (1804-1872) U falsafadagi boshka yunalishga-materialistik yunalishga mansubdir. Feyyerbax Gegelning mutlok goyasiga keskin karshi chikdi. U Gegelning mutlok goyasi inson miyasidan yulib olingan va tabiatdan tashkari kuchga aylantirilgan inson aklidan uzga narsa emasligini kayd etadi. Gegelь falsafasi, Feyyerbax fikricha, din bilan uzviy boglikdir. Feyyerbax fikricha, tafakkur insondan tashkarida, unga boglik bulmagan xolda mavjud bulishi mumkin emas, chunki u moddiy narsa-inson miyasi faoliyati bilan boglikdir. Shuning uchun, Feyyerbax, tafakkur, ong, ikkilamchidir. Materiyaning, tabiatning maxsulidir.

Gegeldan farkli ularok, Feyyerbax dunyoning asosiga tabiatni va insonni kuyadi. Feyyerbax ta’limoti antropologik tabiatga ega. Yangi falsafa shu jumladan, tabiatni falsafaning birdan – bir universal va oliy predmetiga aylantiradi, deydi Feyyerbax (Feyyerbax L. Izbr. proizv. V 2-x tomax. M. 1955, T.1, S. 2002)

Antropologik prinsipga sodik bulgan Feyyerbax borlik va tafakkur maslasini xal kilishda inson tabiatning bir kismi bulishi bilan birga, u avvalom bor, ijtimoiy mavjudot, tarixiy tarakkiyotning mevasi ekanligini, insonning onggi ijtimoiy muьnosabatlar bilan, xayot sharoiti bilan belgilanishini unutib kuydi. Bu Feyyerbaxning eng katta kamchiligi shuki, u Gegelь falsafasini tankid kilar ekan, uning dialektikasini kura olmadi. Lekin shunga karamay, Feyyerbax ta’limoti falsafaning keyingi tarakkiyotiga sezilarli darajada ta’sir kursatdi.

3-savol. Turkiston xalklarining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy – axlokiy, madaniy tarakkiyotida XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr birinchi choragidagi davr uzining nixoyatda sermazmun va inkilobiy suronliligi, goyaviy – nazariy va mafkuraviy xarakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu xolat ijtimoiy tarakkiyotning uziga xos yunalishi edi. Ayni chogda Turkiston xalklari Chor Rossiyasining mustamlaka zulmidan kutulish, milliy davlatchiligini kurish, uz milliy-iktisodiy, siyosiy va madaniy tarakkiyotiga yul ochishga kat’iy kirishgandilar. Bu jarayonlarning yetakchi kuchi – milliy savdo va sanoat burjuaziyasi xisoblanib, u juda katta kiyinchiliklar bilan bulsada, xalkimizning tub iktisodiy – siyosiy va ma’naviy manfaatlarini ximoya kiladigan nazariy asos – jadidlar ma’rifatchiligini shakllantirib, uni xar tomonlama kullab - kuvvatlamokda edi.

XX asr boshlarida jadidchilik xarakati Turkistonda, Buxoro va Xivada yana keng kulamda rivojlandi. Jadidchilik xarakati asosan kuyidagi boskichlardan utdi:

I. 1885-1895 yillarda Gaspirali Ismoilbey «Tarjumon» gazetining tarkalishi munosabati bilan Kukonda yangi jadid usulidagi maktablar tuzish xarakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan rakobatlasha boshladi.

II. Gaspirali Ismoilbeyning Turkistonga tashrifi. Buxoro amiri bilan uchrashishi va jadid usulidagi maktablar tashkil etishi okibatida 1893 – 95 yillardan 1901-05 yillar ichida usuli jadid maktablarini tashkil etish ommaviy tus oldi deb aytish mumkin. Eng mashxur jadid maktablaridan Buxoroda «Juraboy ochgan maktab», Samarkandda Abdulkodir Shakuriy, Saidrasul Aziziy, Abduvoxid Munzim, Mulla Kilich, Toshkentda Munavvar kori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Kukonda Xamza, Namaganda Isxokxon Ibrat, Sufizoda va boshka jadid ma’rifatchilari ochgan maktablarni kursatish mumkin.

Bu davrda jadid ma’rifatchiligi, maktabdorligining bosh yunalishi asosan yangi usulda tezkor ta’lim-tarbiya berish, savod chikarish, xalkni ma’rifatli kilish, ziyo tarkatish yuli bilan xurofotlar, koloklik va urta asrchilik bilan kurashishdan iborat buldi.

III. 1905 yildan 1914 yilgacha bulgan davrda jadidchilik endi maktabdorlikdan kengrok gazetchilik-matbaani yulga kuyish, ilm – fan, madaniyat, adabiyotni milliylashtirish doirasiga chikib oldi. Fukarolarning milliy manfaatlarini Chor Rossiyasi konunchiligi chegarasida bulsa-da ta’minlanishi zarurligi, saylov tizimida faol ishtirok etish, savdo – sotik, tijorat, umuman ishlab chikarishda milliy manfaatlarni ximoya kilish yetakchi davlatga aylana boshladi. Jadid matbuoti, adabiyoti va teatru-san’ati ana shu yunalishda juda faollashdi, katta ijtimoiy – siyosiy ta’sir kuchiga ega buldi. Ayni mana shu davrda keyinchalik siyosiy partiyalar, uyushmalarga aylanib ketgan kambagal bolalarga yordam xayriya jamiyatlari, ularni ilgor mamlakatlarga borib ukishiga yordam bera oladigan turli jamgarmalar, yashirin tugaraklar tuzila boshladi.

IU boskichda jadidlarning xarakatlari siyosiy xarakat, partiya tuzish, milliy matbuotni yanada jangovor kilish bilan xarakterlanadi. Endi asosiy shior yoki goya – «Turkiston Muxtoriyati» talabi ilgari surildi. Muxtoriyatga erishish yullari kuyidagicha bulishi mumkin edi: a) Rossiyadan tula ajralib chikish; b) Rossiya davlatidagi konstitutsiyaviy federatsiya tarkibida «Milliy-xududiy Muxtoriyat»ga ega bulish; v) Rossiyaning unitar federatsiyasi tarkibida fakat milliy ma’naviy – muxtoriyatga ega bulish, ya’ni islom, shariati talablari, an’analari, urf – odatlari va marosimlarini rioyat kilinishi talabi bilan cheklanish.

Bu davr 1914 – 1918 yillar uz ichiga olib, «Shuroi islomiya», «Shuroi ulamo», «Mirvaj-ul-islom», «Miftox – ul – islom», «Miftox-ul-maorif», «Ravnak-ul-islom», «Ittifok-ul-muslimin, «Turon», «Izchilar tudasi», «Temur tudasi», «Erk sotsialistik partiyasi», «Jadid tarakkiyparvar partiyasi», «Birlik» uyushmasi, «Chigatoy gurungi» kabi firka, jamiyat va uyushmalar tuzilgan. Fakat Toshkent shaxrining uzida 200 dan ortikrok shunday tashkilotlar mavjud edi. Shu jixatdan mana shu davrni jadidchilik xarakati va mafkurasining eng yukori tarakkiyot boskichi, deb aytish mumkin. Bu davr «Turkiston Muxtoriyatini» tugatish, jadidlarni katagon kilish, TASSR e’lon kilinishi bilan yakunlanadi.

U boskich 1918 yil fevralidan 1924 yilgacha, ya’ni Turkiston bulinib, parchalanib tashlanguncha bulgan davrni uz ichiga oladi. Bu davr jadidlar bolьsheviklarning zuravonligiga karamay, bir tomondan Shuro xukumati va kommunistlar firkasi buginlariga kirib olish, ikkinchidan esa «Chigatoy gurungi» uyushmasini tuzish orkali butun ta’lim-tarbiya, maorif va madaniyat ishlarini uz kullariga olishga intilishi bilan xarakteralanadi. Bolьsheviklar jadidchilik mafkurasi goya va kadriyatlari uchun kurashuvchilarni jismonan yuk kilish yuliga utgach, milliy-ozodlik kurashining yorkin saxifalarini tashkil etgan, tarixda «bosmachilik», deb nomlangan kurolli milliy ozodlik kurashi boshlandi. Uz-uzidan tushunarliki, usha yillarda kuchlar nisbati mutlako teng emas edi.

UI boskich 1924 yildan keyin «milliy jumxuriyatlar» doirasida bulib, bu davrda jadidchilik goyalari xali ulmagan, ular maktab-maorif va matbaachilik va jurnalistikada ancha-muncha faol bulsalarda, lekin ularni zimdan ta’kib kilish boshlangan edi. Anikrogi, bu davrda jadidlar faoliyatining nixoyasi kurinib kolgan edi. Shunga karamay, jadidlar yashirin tarzda bulsada «Chigatoy gurungi» akidalari, usul va vositalaridan kelib chikib, milliy ongni ustirish soxasida, ayniksa uzbek tili va adabiyoti soxasida, alifbo masalalarida katta faollik kursatdilar. Xuddi usha davr jadidlari orasidan Abdulla Kodiriy, Oybek, Gafur Gulom, Abdulla Kaxxor, Usmon Nosir, Amin Umariy, Ziyo Said, Yetim Bobojon, Mannon Uygur va boshka siymolar yetishib chikdi. Bu davr 1931-yilda Ibroxim Lakay Kurboshining shaxid ketishidan keyin uz nixoyasiga yetdi.

UII boskich 1931 yildan 1937-38 yillargacha bulgan davrni, okovalari bilan xisoblaganda 50 yillar urtalaridagi ta’kib va surgunlar davrlarini uz ichiga oladi. Bu davrda Munavvar Koridan boshlab, Fayzulla Xujayev, Akmal Ikromov, Usmon Nosir va boshka sanoksiz millat fidoyilari katagon kurbonlari buldilar.

Turkistondagi millatparvarlar F.Xujayev, Turor Riskulov, Akmal Ikromov, S.Xojanovlar xam milliy mustakillik bilan boglik bulgan ilgor goyalarni urtaga kuydilar. Ularning merosi, ijtimoiy – siyosiy faoliyati Turkistonda yuksalayotgan Milliy Uygonish jarayoni bilan bevosita boglikdir.

T.Riskulov va uning xammaslaklari maxalliy turkiy xalklarning tili Davlat tili makomini olishi lozimligi xakidagi taklifni xam ilgari surganlar va buni Turkiston Konstitutsiyasiga kiritganlar.

Xulosa kilib aytganda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston Ijtimoiy – falsafiy fikri kuyidagi yunalishda bulgan: a) mavxum ma’rifatchilik, kuzatuvchanlik, karaxtlik va maddoxlikdan uygonib, faollasha boshladi, xayotga alokador mazmun, moxiyat va yunalish kasb etdi; b) Turkiston ijtimoiy – falsafiy fikri uz milliy davlatchiligimizni tiklash, til, din, an’anaviy birligimizni saklab kolish, tilimizni yuksak ilm-fan, falsafa va nafis san’at tiliga aylantirish, zamonaviy va demokratik tarakkiyot yuliga tushib olishga intildi; v) ta’lim – tarbiyada yangi yullarni izlash, yangi usul maktablarini joriy etish orkali xalkning savodxonliligi darajasini kutarish, milliy ongni uygotishga kumaklashish zarurligi tushunildi; g) mazkur goya, maksad va ustuvor vazifalarning nazariy jixatini kursatib bera oladigan yetuk Turkiston milliy mustakillik mafkurasi yuksak falsafiy darajada asoslab berildi va u xalk ongini birlashtiruvchi, irodasini tarbiyalovchi safarbar kuchga aylandi.






Download 34,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish