Oqimli printerlarning ishlash usuli tasvir yoki harf qaerda shakllanishi kerak bo`lsa, shu yerda
bo`yoq sachratiladi. Sachratish printer kallagida joylashgan soch tolasiga o`xshash naycha, ya’ni sopla
orqali amalga oshiriladi. Bu kallakda mikrobo`lakchalar kabi sopla orqali o`tadigan siyohli idish–
rezervuar o`rnatilgan. Soplalar soni (16 dan 64 gacha) printer rusumi va ishlab chiqaruvchisiga bog`lik
bo`ladi. Ba’zi oxirgi rusumlarda soplaning ko`proq bo`ladi. Masalan, HP DESCJET 1600 kallagi qora
Oqimli printerlarning ishlash usullari. Oqimli printerlarning zamonaviy rusumi quyidagi usullarni
4
· Drop-on-demand usuli.
Pezoelektr usuli. Bu usulni amalga oshirish uchun xar bir soplaga diafragma bilan bog`lik yassi
pezokristall o`rnatiladi. Ma’lum bo`lishicha, elektr maydonni ta’siri ostida pezoelementlar deformatsiyasi
sodir bo`ladi. Bosma davomida trubkadagi pezoelement siyoh bilan kapillyar tizimni to`ldiradi. Orqaga
siqiladigan siyohlar rezervuarga qayta quyiladi, siqilgan siyoxlar esa qog`ozda o`z izini qoldiradi. Bunday
usullar EPSON, BROTHER kompaniyalari ishlab chikargan printerlarda qo`llanadi.
1- rasm. Pezoelementli oqimli printerning
ishlash prinsipi.
Gazli pufaklar usuli. Bu usul termik hisoblanadi va gazli pufakchalar(BubbleJet) deyiladi. Bu usulni
ishlatishda xar bir sopla qizdirish elementlari bilan jixozlangan, xar bir qizdirishda sopla bir necha
mikrosekund ichida 500
0
S gacha qiziydi. Qizdirilganda paydo bo`ladigan gazli pufakchalar sopla orqali
qog`ozga tushadigan suyuq siyoh tomchisini itarib tushiradi. (2-rasm). Tok o`chirilishi bilan qizdiradigan
element soviydi, parli pufak kichrayadi va kirish teshigidan siyohning yangi oqimi keladi. Bunday
texnologiyani CANON firmasi kashf qilgan.
2 – rasm. Printerning gazli pufak usuli bo`yicha
ishlash prinsipi.
Drop-on-demand. HEWLETT-PACKARD firmasi ishlab chiqqan usuli drop-on-demand deyiladi.
Gazli pufaklar usuli(3– rasm)kabi bu usulda ham qizdirilgan element ishlatiladi. Gazli pufaklar usulida
bunday funksiya faqat qizdiriladigan element zimmasiga yuklatilgan.
3 – rasm. Printer drop-on-demand usuli bo`yicha
ishlash prinsipi.
5
Gazli pufaklar usuli ishlatiladigan bosish mexanizmlarida konstruktiv elementlari kamrok, bunday
printerlar ishlatishda ishonchli va ishlatish muddati uzoqroq. Undan tashqari, bunday texnologiyani
ishlatish printerlarni kengaytma qobiliyatlarini yuqori darajasiga erishish imkonini beradi. Chiziqlarni
chizishda yuqori sifatga ega bo`lgan usul yaxlit to`ldirishli bosishda kamchilikka ega: ular biroz yoyilgan
bo`lib chiqadi. Gaz pufakli usulni grafik, gistogramma uchun ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi,
yarimtonli grafik tasvirlarni bosishda drop-on-demand usulini ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ignali printerlar yordamida rangli tasvirni bosmaga chiqarish, kerakli sifatni bermaydi. Turli rangli
siyohlarni ishlatish deyarli sifatli va qimmat bo`lmaganligi uchun oqimli printerlarni ishlatishga olib keldi.
Odatda rangli tasvirni bosmaga chiqarishda to`rtta asosiy ranglarni ustma-ust tushirishda
shakllanadigan CMYK rang sxemasi ishlatiladi: havo rang (cyan), to`q qizil (magenta), sariq (yellow) va
qora(Key - yetaklovchi black) rang. Murakkab ranglar tayanch ranglarni aralashtirish bilan hosil qilinadi.
Oqimli printerning afzalliklari.
bosma sifatining yuqoriligi;
bosma tezligining yuqoriligi —10 rrt gacha;
oddiy qog`ozning ishlatilishi – 60 – 135 g/m
2
gacha bo`lgan qog`ozda bosadi;
shovqinsiz ishlaydi. Shovqin 40 db ga yaqin darajani tashkil etadi, bu esa ignali printerlarnikiga
qaraganda 15 db ga kam.
Oqimli printerni asosiy kamchiligi soplo ichidagi siyohni qurib ketishi ehtimoli yuqori bo`ladi, bu
esa bosayotgan kallakni almashtirishga olib keladi. Ba’zi bir turdagi printerlarni ishlatish davomida
o`chirib bo`lmaydi, chunki bu holda kallak oraliq holatda qoladi, bunday hol esa soploni tez qurib
qolishiga olib keladi. Ko`p printerlarda printer ichida bosmalovchi kallakni boshlang`ich holatiga
qaytadigan to`xtash tartibi mavjud, bunday tartib siyohlarni qurib qolishidan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: